O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 240.22 Kb.
|
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat gerbi
Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII- sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi. (Vakolatlarni ajratish, mahalliy xususiyatlar, umumiy qonuniyatlar) Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tub¬dan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezi¬denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezi¬denti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala¬talari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. (Hokimiyatning 3 tarmog'i: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud) O‘zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‘lim «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb nomlangan bo‘lib, bunga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqidagi asosiy masala joy olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis 2 palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi bayon etilgan. Oliy Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar o‘z ifodasini topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21 ta bo‘lib ular alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. (XDP, Vatan taraqqiyoti, Milliy tiklanish, sotsial demokratiya va boshqalar) . O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi(MTDP) 1995- yilning 3- iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy qadriyatlarni milliy qadriyatlar bilan uzviy bog’langan holda Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan haq-huquqlar asosida o’z siyosatini yuritadi va mamlakatda yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini va fuqarolik erkinliklarni hurmat qiladi. Mustaqil O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. (Ochiqlik, teng imkoniyatlar, milliy manfaat) Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal- demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Mustaqil O‘zbekistonda parlament tizimi. (Oliy Kengash, Oliy Majlis, Senat, Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi Download 240.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling