O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


savol: Mustaqil O‘zbekistonda sud tizimidagi o‘zgarishlar. (Sudyaning mustaqilligini


Download 240.22 Kb.
bet9/40
Sana08.01.2022
Hajmi240.22 Kb.
#236022
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

savol: Mustaqil O‘zbekistonda sud tizimidagi o‘zgarishlar. (Sudyaning mustaqilligini


ta'minlash, Oliy sud, Oliy kengash)

Janur Ergashboyev, [11.02.21 21:52]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida"gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi:

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va

nazorat organlarining muhim vazifalari etib:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini

ta’minlash;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari

yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik;

tegishli axborotni o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va

shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish; huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonunbuzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

Hoz. davrda koʻpchilik davlatlar uchun xalqaro terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishi, xalqaro narkobiznes, xalqaro uyushgan jinoyatchilik, diniy radikal ekstremizm, etnik guruhlar va konfessiyalar oʻrtasidagi mojarolar, atrof-muhitning ifloslanishi kabilar xavfsizlikka tahdid manbai boʻlib qoldi. 21-asrga kelib bu tahdidlar bir yoʻla bir necha davlatlarga taʼsir eta boshladi. Shuning uchun har bir davlatning xavfsizligini taʼminlash xalqaro xavfsizlikni

taʼminlashdan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligiga erishgach, oʻzining davlat xavfsizligini taʼminlash uchun respublikaga nisbatan mavjud xavf-xatar va tahdidlarni aniqlab oldi. Mamlakat, shaxs, jamiyatning milliy manfaatlari belgilandi va ularni himoya qilish mexanizmi yaratildi. Xavfsizlikni taʼminlashning siyosiy, metodologik asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom

Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida (1997) bayon etilgan. Davlat xavfsizligini taʼminlashga, ichki va tashqi tahdidlarni oldini olishga qaratilgan choratadbirlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi "Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi" (1997) qabul qilindi.

Ushbu konsepsiya asosida shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy asoslarini bosqichma-bosqich shakllantirishga kirishildi. Xavfsizlikni taʼminlashning tashkiliy jihatlariga davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat

kiradi. Bu faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita,

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi olib boradi. Xavfsizlikni taʼminlashning asosiy garanti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyat yuritadi.


  1. savol: Vazirlar mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning muhim bo‘g‘ini. (Vazirlar Mahkamasini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat, o'zgartirishlar)

Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro

etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi.

OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning , ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari OʻzR qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e.

H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi



  1. savol: O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruv tizimining shakllanishi va undagi o‘zgarishlar. (1990 yil mart, I. Karimov, Prezident ma'muriyati

Davlat va jamiyat. 1990 yil

24 mart. Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Soveta birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiyada ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston SSR Prezidenti

lavozimini joriy etish haqida qaror qabul qilindi. Sessiya I.A. Karimovni O‘zbekiston SSRning

birinchi Prezidenti etib sayladi.

27 mart. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov matbuot konferensiyasi o‘tkazdi. U

jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

25 aprel. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 45

yilligi munosabati bilan bir guruh urush va mehnat faxriylari bilan uchrashdi.

2 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 iyun. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR

Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Kommunistik partiyasining XXII syezdida ma’ruza qildi.

20 iyun. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida Mustaqillik deklaratsiyasi qabul

qilindi. Deklaratsiyada huquqiy va demokratik davlat mustaqilligining ustuvorligi,

O‘zbekistonning ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlari shartnomalar asosida belgilanishi va davlat belgilari (gerb, bayroq, madhiya)ni o‘zi ta’sis etishi qayd etildi.

26 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenta Islom Karimov «O‘zbekiston SSR xalq hofizi» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 iyul. KPSS XXVIII syezdi O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidentia Islom Karimov raisligida o‘tdi. Shu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov syezdda ma’ruza qildi.

17 iyul. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika partiya faollari bilan uchrashdi va nutq so‘zladi.


  1. savol: O‘zbekistonda hokimlik institutining shakllanishi. (mahalliy hokimiyat, tayinlash va tasdiqlash, huquq va majburiyatlar)

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (OʻzRda) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-

gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil, 8 dek.), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil, 2 sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994 yil, 5 may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99— 104moddalar).



  1. savol: O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlarining shakllantirilishi va bu tizimdagi o‘zgarishlar. (Hokim, xalq deputatlari Kengashi, ularning vakolatlari)

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (OʻzRda) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-

gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati

organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil, 8 dek.), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil, 2 sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994 yil, 5 may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99— 104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimi, mavqei,

vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya

mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari

— quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning

xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan

tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni

muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi.

Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994 yil 25 dek.da va 1999 yil 5 dek.da

Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari

— hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik

prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hok

imiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid

boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat

birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.


  1. savol: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. (Mahalla, o'zini o'zi boshqarish, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari)

Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yonalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda oziga xos alohida mazmun- mano kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va manaviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.

Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning taminlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va istedodining bevosita royobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan olchanadi. Jamiyatning

«fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran mano bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning choqqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bolgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, malum huquqiy tizim mavjud bolgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb etirof etilavermaydi.

Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning ozini ozi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda ozini ozi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bolib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini toldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy ozini ozi boshqarish ustun mavqega ega bolib, jamiyatning ozi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining kolami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin).

Fuqarolik jamiyatidagi ozini ozi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); manaviy-axloqiy soha (manaviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bolib, ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon boladi.

Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yanada aniqlashtirishga urinib korish mumkin. Yani: fuqarolik jamiyati insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va manaviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon boladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati oz faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bolgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mamlakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yigindisi sifatida tariflash mumkin»

Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bolishining quyidagi umumiy goya va prinsiplarini takidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini sozsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, yani huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va

mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) soz va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning ozaro burch va masuliyat (javobgarlik) orqali bogliqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning taminlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi.

Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bolinishi muhim orin tutadi. Ushbu qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda kop falsafiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlar chop etilgan.

Fuqarolik jamiyati qurish jarayonida demokratik huquqiy davlat ijtimoiy tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funksiyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlariga otkazishida muayyan ozgarishlar bolishi tabiiydir. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular davlatdan chekkada, hatto unga qarshi turadi deb qarash notogridir. Huquqning umumiy ijtimoiy meyorga aylanishini, qonun ustuvorligini taminlashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bolmaydi.



  1. savol: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari mustaqillik yillarida(Matbuot mustaqilligi, ochiqlik, elektron ommaviy axborot vositalari)

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:

  • «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007-yil 15-yanvar’);

  • «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’);

  • «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’);

  • «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002-yil 12-dekabr);

  • «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996-yil 30-avgust);

  • «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006-yil 20-iyul’);

  • «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr);

  • «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil 7-may);

  • «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust).

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67- moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular

axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.

Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.

Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi umumiy soni 1366tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan

elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini tashkil etadi.

Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7ta tilida va siyosiy-

ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.

Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va

«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni

takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari

to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va

«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.

Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining

«Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va

«Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011-yil noyabr oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda ekspert guruhining

muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012-yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritiladi.

Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo

qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samarali foydalanish, matbuot erkinligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini

to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib, bu qonunlarni yana ko‘p yillarga xizmat qilishi

uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.

Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa, sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berildi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot

vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi

konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.



  1. savol: O‘zbekistonda elektron axborot vositalari tizimining rivojlanishi. (Elektron gazetalar, raqamlashtirish, internet)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda telekommunikatsiya yo‘nalishi rivojlanishi muhimligi bugungi pandemiya sharoiti ham yana bir bor isbotladi.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatishning hammasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya

xizmatlari bilan bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Yillar davomida masofadan ko‘rsatilmagan xizmatlar sanoqli kunlarda “onlayn” shaklga o‘tkazildi.

Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rinlari Internet va zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratiladi.

Shu bois joriy yil 28 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.

Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko‘rsatilgan.

“Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT parklar bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2020 yil davomida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi, 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.

Joriy yil boshidan bugungi kungacha:

Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida

telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Bugungi kunda telekommunikatsiya qurilmalari bosqichma bosqich keltirilmoqda. Hozirda 300 ming sig‘imli keng polosali abonent portli telekommunikatsiya qurilmalari keltirildi va hududlarga taqsimlanib mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;

optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar joriy yilda 1 405 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi va ishlar davom etmoqda. Bu orqali

ko‘plab olis xududlarda joylashgan qishloqlarda ko‘p tarmoqli telekommunikatsiya xizmatlarini, jumladan Internet xizmatini ashkil etish imkoni ham yaratilmoqda;

bundan tashqari ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish maqsadida 40 ta server qurilmasi va 5 komplekt ma’lumotlarni saqlash qurilmalari o‘rnatilib, hozirda mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;

2020 yil davomida 104 ta ob’ektda 284 ta baza stansiyalari qurilib ishga tushirildi. Mavjud 460 ta ob’ektlar 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi. Bu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11 may kuni raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

2020 yilda optik tolali aloqa liniyalari qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limi yo‘nalishida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan.

Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash, shuningdek 2 200 ta yangi mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatilib, keng polasali mobil Internet qamrovini joriy yil yakuniga qadar 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab barcha operatorlar tomonidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga uydan bemalol fanlarni

o‘zlashtirish uchun ta’lim manbalarining veb-saytlarga, asosiy yangiliklar va rasmiy ma’lumotlar veb-saytlariga bepul kirish (dostup) ta’minlandi.

Jumladan:

Halq ta’limi vazirligi portali va manbalariga (eduportal.uz, edumarket.uz, online- maktab.uz, talim.uzedu.uz), Respublika bolalar kutubxonasi veb-saytiga (kitob.uz), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab veb-portaliga (itschool.uz), mahalliy videomanbaga ( “ZiyoNET” ta’lim portaliga eng ko‘p o‘qiladigan ommaviy axborot vositalarining manbalariga (uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz);

Oliy ta’lim vazirligiga qarashli saytlarga (tube.edu.uz, dist.edu.uz, mt.edu.uz, pf.bimm.uz, lib.bimm.uz va mt.bimm.uz);

koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida xabardor qilish, kasallik tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-saytga (coronavirus.uz).

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligiga ta’til kunlari talaba va o‘quvchilarning videodars mashg‘ulotlari joylashtiriluvchi ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari va rasmiy veb-saytlari (UZ-domen), elektron axborot portallari xosting imkoniyatlarini kengaytirishda va foydalanuvchilar tomonidan talab ortib ketgan holatlarda ushbu portallar

uzluksiz ishlashini ta’minlashda texnik ko‘maklashish ta’minlandi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal orqali «online-maktab» rukni bilan tashkil

etilayotgan televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha yer usti raqamli televideniye, kabel televideniye, IP televideniye, internet tarmoqlari orqali hamda yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali ochiq holda (bepul) tarqatish ta’minlandi.Bunda abonentlar xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan hollarda ham videodars telekanallari o‘chirilmasligi ta’minlandi



  1. savol: O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar. (Jamoat tashkilotlari, fondlar, xayriya)

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari milliy qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini

ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkam huquqiy asos va noyob mexanizm bunda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Termizda o‘tkazilgan “Fuqarolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Surxondaryo viloyati misolida” mavzusidagi anjumanda shular haqida so‘z yuritildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qobulova, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi rahbari R.Norliyev va boshqalar nodavlat notijorat tashkilotlari inson huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim bo‘g‘inga aylanganini ta’kidladi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat idoralari va mahalliy hokimiyat faoliyati ustidan

ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi nufuzi ortib, roli mustahkamlanayotgani buning yorqin isbotidir.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan demokratik islohot va o‘zgarishlarning borishi, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rivojlanishi, jamiyatning

demokratlashuv jarayonlarini chuqur o‘rganish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, joylardagi ijtimoiy

ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal etishdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashga, dinlararo va millatlararo hamjihatlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani viloyatda sohani izchil rivojlantirish, NNTlar sonining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 2012-yili viloyatda 286 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 552 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant

tanlovlari viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab- quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011-yil viloyatdagi beshta NNT mazkur

tanlovlarda qatnashib, fondning 6 million 800 ming so‘m grant mablag‘ini olgan bo‘lsa, o‘tgan yili yigirmadan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti qariyb 267 million so‘m grant mablag‘ini

qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘lar, asosan qishloq yoshlarining ekologik bilimi, tibbiy, huquqiy madaniyati, kasb mahoratini yuksaltirishga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga yo‘naltirilmoqda.

– O‘tgan yili “Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajak” loyihasi doirasida o‘n sakkiz million so‘mlik ijtimoiy buyurtma olgan edik, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali rahbari Hulkar Abdullayeva. – Shunga muvofiq, Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etib, yoshlarning sog‘lom ulg‘ayishiga ko‘maklashmoqdamiz. Fond tanlovida bog‘cha yoshidagi bolajonlarni sport tadbirlariga keng

jalb etish va sog‘lom turmush ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘maklashuvchi yana bir

loyihamizga qariyb 13 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda loyiha doirasida tumanlarda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Keksalarni e’zozlash yilida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


  1. savol: O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. (Demokratizatsiya, islohotlar, ushbu tashkilotlarning rolini oshirish)

Fuqarolar bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga, ayniqsa, ijtimoiy sheriklik sohasi, xalqimizning fuqarolik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan sharoitlar yaratish, strategik ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda davlat tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash kabi sohalarda ehtiyoj kuchli ekanini qayd etgan. Bu davlatimiz rahbarining aholi muammolarini izchil o‘rganish, ayniqsa, viloyatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada faol jalb etish, fuqarolik institutlarining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligigazamonaviymexanizmlarni

joriy etishga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini tasdiqlaydi.

Hamyurtlarimizning fikricha, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda nodavlat notijorat

tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. Qatnashchilarning 21,9 foizi yaqin kelajakda ushbu tashkilotlar faoliyati keng ko‘lamdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalashi kerak, deb hisoblaydi. So‘rovda ishtirok etganlarning 22,7 foizi nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning

tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi, qariyalar (15,7 foizi), imkoniyati cheklanganlarning (12,7 foizi) turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan vazifalarni hal etishi, bolalar, yetim va nogiron bolalarning huquqlarini himoya qilishi (9,5 foizi) lozim, degan fikrda.

So‘rov natijalari hamyurtlarimiz nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida yanada to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishni istashini ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda OAV orqali nafaqat nodavlat

notijorat tashkilotlari to‘g‘risida umumiy xususiyatdagi, balki ularning jamiyatda ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal etishga qo‘shayotgan hissasi to‘g‘risidagi batafsil

ma’lumotlarga ham ega bo‘lishni istayotganlar soni sezilarli darajada oshgan. Fuqarolarimiz hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida mustahkam sheriklik

munosabatlari yo‘lga qo‘yilgani, jamiyat hayotining turli jabhalarida nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq yorqin misollarda aks etgan ma’lumotlarga ega bo‘lish istagida.

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, nodavlat notijorat tashkilotlari ham zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatining oshkoraligi darajasini ta’minlashi lozim.

Shu bois, so‘rov ishtirokchilari Prezidentimizning “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash orqali davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat yuritishi, ayniqsa, qonunchilikka rioya etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etilishi, davlat organlari jamiyat

manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalarni hal etishda NNTlarga ko‘maklashishiga umid bildirgan. Shuningdek, so‘rovda ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari mazkur farmon ijrosi orqali o‘z faoliyatini yanada faollashtirish uchun mahalliy byudjetdan zarur

mablag‘ olish umidida.

Ijtimoiy so‘rov fuqarolarimiz davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ongli ravishda ishtirok

etish, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash, mamlakatda totuvlik va barqarorlik muhitini saqlash uchun aholining barcha qatlamlari

manfaatlarini hisobga olish zarurligini yanada teran anglayotganini ko‘rsatd



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy-sherikchilik. (Davlat-xususiy, xususiy-davlat)

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa

fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli

jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi.

Birinchi Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik

to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan shunday deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor.”3

Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator asarlari, nutq va maqolalari, хususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.

Tariхga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo

ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib chiqargani, isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik beradi. Tariхda hukmron sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan. Lekin bu yon bosishlar epizodik хarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan.

Tariхda sinflarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga chaqiriqlar ham bo‘lgan, lekin ana shunday uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan mafkuralar bo‘lmagan. Ijtimoiy sheriklik sinfiy ziddiyatlarni yumshatish, manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu mafkuraning kelib chiqishiga asosiy sabab mehnat sohasidagi munosabatlar edi va bu mafkura birinchi navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida yaratildi. Keyinchalik bu mafkura rivojlandi va boyitildi. Mustaqil O‘zbekiston misolida ijtimoiy sheriklik nafaqat mehnat munosabatlarini, balki jamiyatdagi mavjud munosabatlarning katta qismini tartibga solish vazifasini bajara boshladi.

Birinchi Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida mehnat munosabatlariga urg‘u berilmaganining sababi hozirgi kunda mehnat munosabatlaridagi antagonistik ziddiyat ko‘pchilik mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bartaraf etilganida. Bundan tashqari, mehnat munosabatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida mavjud. Bunday hujjatlar orasida markaziy o‘rinni “Mehnat kodeksi” egallaydi. O‘zbekistonda bunday Kodeks 1995 yilda qabul qilingan edi. “Mehnat Kodeksi”dan tashqari yana ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mehnat

munosabatlarini tartibga solish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bundan chiqadigan хulosa shundaki, asosan tartibga solingan mehnat munosabatlarini yana bir marta tartibga soladigan hujjat yoki institut yaratishga zarurat yo‘q. Ijtimoiy sheriklik endi jamiyat oldida turgan boshqa

muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi lozim. Islom Karimov Konsepsiyasida ana shu muammolar ko‘rsatib berilgan.

Birinchi Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday

institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, degani emas. Bunday institutlarning soni o‘n minglab va yuz minglab bo‘lsa ham fuqarolik jamiyati qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana shu institutlar, davlat hokimiyati organlari va biznes vakillari o‘rtasida sheriklik munosabatlari bo‘lishi shart. Shu

ma’noda aytish mumkinki, ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy yo‘ldir.

Birinchi Prezident Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklikning hozirgi kundagi asosiy funksiyasi ko‘rsatib berildi. Birinchi Prezidentning ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida o‘zining to‘la ifodasini topdi.

Ijtimoiy sheriklik nazariyasiga Birinchi Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida aniqlik va yangiliklar kiritilishi bilan bir qatorda amaliy sohada ham mazkur nazariya rivojlantirildi.

Bunday rivojlantirish ijtimoiy sheriklik sub’yektlari doirasini kengaytirish va ularning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish shaklida amalga oshirildi. Хolislik taqozosiga ko‘ra qayd etish lozimki, ХХ asr oхiri va ХХI asr boshlarida ijtimoiy sheriklikka nisbatan “sektorlaro o‘zaro ta’sir” nazariyasi ham vujudga keldi. Bu nazariya tarafdorlari ijtimoiy sheriklikni mehnat

munosabatlari doirasidan tashqariga olib chiqishdi. Unga ko‘ra ijtimoiy sheriklik sub’yektlari bo‘lgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes vakillari ijtimoiy masalalarni hal qilishda

hamkorlik qilishlari lozim. Mazkur nazariya tarafdorlari har uch sektor vakillarining ijtimoiy masalalarni hal qilishda o‘zaro tortishuv va munozaralar jarayonida konsensusga kelib faoliyat yuritishlarini nazarda tutadi. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘zaro

munosabatlarining yangicha shakli vujudga keldi. Bu shakl tomonlarning o‘zaro raqobatiga emas, o‘zaro yordam va hamkorligiga asoslanadi. Tomonlarning mana shunday munosabati ijtimoiy sheriklikning sinergiya effektini vujudga keltirishiga olib keldi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq qilingan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar o‘zbek modelining asosiy tamoyillaridan biri-davlatning bosh islohotchi ekani ijtimoiy sheriklik sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari bo‘g‘ilgan va shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. Mustabid

tuzum davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish imkoniga ega emas edilar. Chunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai nazardan yoritilar edi.



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati. (Mahalla, kuchaytirish, demokratlashtirish)

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ. oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi

mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o.

mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.

Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ. oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.).

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla

hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining

qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi.

F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.

F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar

muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy

xayrehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqaruv organlari tizimidagi islohotlar. (Mahalla, kuchaytirish, demokratlashtirish

Dilsora Turdiqulova, [11.02.21 22:17]

[Переслано от Dilsora Turdiqulova]

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o‘tib

kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z qorachig‘idek

asrab-avaylashda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qo‘yildi. Yuzdan ortiq normativ-huquqiy

hujjatlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi

ishtiroki o‘z aksini topdi.

Birgina so‘nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi.

Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlarni belgilab berdi.

Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib

quyidagilar belgilandi:

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;

jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish

organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning

hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla

tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan

kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.

Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan

masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e’tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi

o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy bo‘lim va bo‘linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksa avlod

vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda tutildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik

organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish mo‘ljallanmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini

raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo‘yildi.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yig‘inlarining bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari hamda moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal

etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‘g‘inlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va

jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonini ta’sis

etish nazarda tutilmoqda.

Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi


  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. (Mahalla, kuchaytirish, demokratlashtirish)

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yuksaltirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning jamiyatdagi roli, o‘rni va ta’sirchanligini kuchaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 3- fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘layotir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika

kengashi ijro apparati tomonidan ham joriy yilda muayyan ishlar qilindi. Xususan, fuqarolar

yig‘inlari faoliyatini takomillashtirishga oid 17 normativ-huquqiy hujjat hamda 16 chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi. Aholini yangi qabul qilinayotgan qonun

hujjatlari, bo‘sh ish o‘rinlari haqida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yig‘inlari binolarida ko‘rgazmali peshlavhalar jamlanmasining namunalari ishlab chiqilib, amalda joriy etildi.

Shuningdek, mahalla va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida xonadonlarga kirib, muloqotlar o‘tkazildi. Natijada ikki mingga yaqin oiladagi turli nizolar, ajralishlar va erta nikoh holatlarining oldi olingan. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab- quvvatlash, sog‘lig‘ini tiklash va yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

– Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Namangan shahridagi Orzu xamda Parkent tumanidagi Markaziy mahallalari hamkorlik tizimi mamlakatimizning barcha mahallalarida yo‘lga qo‘yildi, – deydi Respublika mahallalar kengashi axborot xizmati boshlig‘i T.Nizomov. – Amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ko‘ra joriy yilda mahallalardagi jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga kamaydi. Mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, o‘quvchilarning davomati, aholining, ayniqsa, kollej bitiruvchilari va uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, jumladan, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida «Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga

oshirish mexanizmi» Buxoro viloyati tajribasi misolida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

M.ning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar

yoʻli bilan amalga oshirilgan.

M. jamiyatimizning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U

20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.


  1. savol: O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. (Imkoniyatlarni kengaytirish, erkinliklarni ta'minlash, sud tizimidagi islohotlar, inson huquqlari)

Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalar sud-huquq tizimini yanada

demokratlashtirish masalasini kun tartibiga qo‘yayotganini biz o‘zimizga albatta yaxshi tasavvur

etamiz.

Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida quyidagi tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish taklif etiladi

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida o‘zaro tortishuv bo‘lishini ta’minlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o‘z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya

sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko‘rib chiqish tartibi batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga aylandi.

Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 yilda sud

xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig‘i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari

o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi.

Aytish kerakki, jazo tizimini liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan bunday chora-

tadbirlarning naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Ishonchim komil, xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha odamlarni qamash shart emas – bu davlatga juda qimmatga tushadi, qolaversa, bunday jazo turi mahkumlarni tarbiyalash va qayta tarbiyalash vazifasini hal qilmaydi.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bunday choralar natijasida O‘zbekistonda hozirgi kunda qamoqdagilar soni jahon miqyosida eng past ko‘rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil qiladi. Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko‘rsatkich 611 kishini, AQSHda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda so‘nggi o‘n yilda ozodlikdan

mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko‘proq kamayganining o‘zi ham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir.

Ma’lumki, O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning

o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

Ma’lumki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‘ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan edi.

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy

organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor

tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi

rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.

Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat

hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o‘tish lozim.



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. (Sud tizimi, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari islohotlarni chuqurlashtirmoqda)

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi

kurashish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xayriya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin bo‘lmoqda.

Bu yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida ham bir qancha yirik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning iyulь oyida Milliy markaz va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida davlat organlari faoliyatida bolalar manfaatlarini

ta’minlash, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining bajarilishi samaralariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Shuningdek, oktyabrь oyi boshida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Albatta, ishimizning asosiy qismi fuqarolardan bo‘ladigan murojaatlarni qabul qilish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan. Shu ma’noda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va uning tuzilmasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman: birgina Jamoatchilik bilan aloqalar

bo‘limining o‘ziga fuqarolar joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan 1452 holat bo‘yicha ariza, shikoyat va takliflardan iborat murojaatlarini bildirishgan. Ayni kunda 192 ta holat bo‘yicha tegishli huquqiy maslahat berildi, 117 ta holat bo‘yicha esa huquqlarni amalga oshishiga boshqa organlar bilan hamkorlik qilindi, 92 ta holat bo‘yicha buzilgan huquqlar tiklandi. Shu bilan birga, Markazimizga telefon orqali bo‘lgan ko‘plab murojaatlarga huquqiy maslahat ham berib boriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni beqiyosdir.



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning boshlanishi. (Buyruqlar tizimi, "O'zbek modeli", xususiyatlari)

Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida.

Ijtimoiy


rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy

davlatchilik

tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.

Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan

borgan. Insoniyat

tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning

tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti

Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy

sakrashlarsiz, evalyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy

mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li

bilan emas, balki

sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom

etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining

mehnat faoliyatiga bog’liqdir»

18

.

O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:



  • iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;

  • davlatning bosh islohotchi ekanligi;

  • qonun ustuvorligi;

  • kuchli ijtimoiy himoyalash;

  • bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.

O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning

qayta tiklanishi,

o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos

xususiyatlarining

tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va

boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.

O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator

mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish

ortib bormoqda.

O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy

bog’liqlikda amalga

oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi.

Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi

iqtisodiy

rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini

rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda xususiy mulkchilikning shakllanishi jarayoni. (Islohotlar, xususiylashtirish, ko'p tuzilma, bosqichma-bosqich)

Mulkchilik shakllari evolyutsiyasining xususiyatlari

Evolyutsiyamulkchilik shakllari boshlandi kommunal mulk,o'zlashtirish sub'ektlari klan, qabila bo'lganida, ya'ni. ma'lum bir jamoa. Kollektiv natijalar va mehnat qurollarini o'zlashtirdi.

Kollektiv mablag 'ajratish omon qolish zarurati bilan bog'liq edi, chunki yolg'iz odam uy xo'jaligini yuritishga qodir emas edi.

Biroq, asta-sekin odam o'zini o'zi boshqarish qobiliyatiga ega bo'ladi. Ushbu bosqichda paydo bo'ladi xususiy mulk,dominant mavqega ega bo'lish (uni hanuzgacha saqlab kelmoqda).

Integratsiya jarayonlari xususiy mulk doirasida doimiy ravishda mustahkamlanib bormoqda. U asta-sekin ijtimoiylashmoqda, ammo u hali to'liq ijtimoiylashmagan, garchi bu endi avvalgi xususiy mulk emas. Bu jarayon endi tobora kuchayib bormoqda, chunki keng ko'lamli vazifalar barqarorlik uchun mustahkam asosni talab qiladi.

Tovar iqtisodiyoti doirasida asosiy narsa ishlab chiqarishning ijtimoiy mohiyati va xususiy mulkni o'zlashtirish uslubi o'rtasidagi ziddiyatdir. Kam miqdordagi inson va ishlab chiqarish resurslari bilan ma'lum bir mahsulot turini yaratish juda qiyin. Bunday hollarda, xususiy mulkdor bo'lib qolganda va o'z manfaatlari yo'lida harakat qilganda, tadbirkor mavjud bo'lolmaydi, chunki bunday mahsulotni ishlab chiqarishda barcha sub'ektlar o'zaro bog'liq bo'lishi kerak va bu konveyer lentasida bo'lgani kabi, umumiy ish ritmiga mos kelishi kerak.

Barcha yirik korporatsiyalarda bunday amaliyot hozirda ma'lum bir korporatsiya, masalan, neft korporatsiyasi ko'plab yuridik shaxslarni tashkil etganda rivojlanadi, ularning yordamida u neft qazib olishdan tortib to undan mahsulot ishlab chiqarishga qadar bo'lgan barcha bosqichlarni amalga oshiradi. Ushbu yuridik shaxslar geologik razvedka, neft quvurlari, transport, qayta ishlash - yoqilg'i-moylash materiallari, plastmassa uchun polimerlar ishlab chiqarish va boshqalar bilan shug'ullanadilar. O'z banklari, sug'urta kompaniyalari va boshqalar yaratilmoqda. Va bu yuridik shaxslarning barchasi bir-birlari bilan mol-mulkni bo'lishadilar - bitta yuridik shaxsning aktsiyalarining bir qismi ikkinchisiga, ikkinchisida uchinchisi ..., birinchisi ikkinchisiga tegishli. Har kim hammaning asoschisidir va hamma umumiy natijadan manfaatdor. Iqtisodiyotni yanada barqaror qiladigan mulkni ijtimoiylashtirish jarayoni mavjud.

1991 yil dekabrda ular ma'lum bir korxonaga qanday mulk shaklini kiritish kerakligini aniqlay boshladilar.

Davlat mulki:

SUE - xo'jalik boshqaruvi va operativ boshqarish huquqidagi mulk (davlat korxonalari) va muassasalar (egasining o'ziga xos manfaatlarini amalga oshirish).

Shahar mulki:

MB -iqtisodiy boshqarish va operativ boshqarish huquqidagi mulk

Xo'jalik boshqaruvi huquqining operativ boshqarish bilan farqi shundaki, xo'jalik yuritish huquqidagi korxona o'zini o'zi moliyalashtiradi va o'zini o'zi ta'minlashga (foyda olishga) qodir, operativ boshqarish huquqidagi korxona esa bunga qodir emas va o'zini o'zi moliyalashtirmaydi.

Xususiy mulk:

Tijorat korxonalari -maqsad foyda olish va daromadlarni ishtirokchilar o'rtasida taqsimlashdir.

Notijorat korxonalar -foyda olishni maqsad qilmaydilar, qonun hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin. Ushbu tashkilotlar, iste'mol kooperativlari bundan mustasno, daromadlarni a'zolar o'rtasida taqsimlay olmaydi.

Tijorat korxonalari:



  1. Hamkorliklar -to'liq va cheklangan (imonda);



  1. Biznes kompaniyalari -MChJ, qo'shimcha mas'uliyatli kompaniya, OAJ (OAJ, OAJ);



  1. Ishlab chiqarish kooperativlari;



  1. Sho'ba va qaram kompaniyalar -mustaqil tashkiliy shakllar emas, balki bo'ysunishni bildiradi. Filiallaragar ular 50% + 1 ulushga ega bo'lsa, iqtisodiy kompaniyalar va sherikliklar tomonidan yaratilishi mumkin, shuning uchun ular boshqaruvga ta'sir qilishi mumkin. Bog'liqlar -bular bosh kompaniya ustav kapitalida 20 dan 50 foizgacha bo'lgan kompaniyalardir.

  1. savol: O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. (Islohotlar, xususiylashtirish, narxlar, xususiy mulk)

Mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti.

1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning O‘zbekistonga xos yo‘li. Istiqlol yillarida

jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar iqtisodiy

hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib

chiqib, O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.

O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o‘tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbekiston yo‘li» kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb masalalaridan biri edi.

Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk

Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan bo‘lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish XX asrga xos bo‘lgan umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish kishilarning xohish – irodasi emas, balki ob’ektiv zaruratdir.

Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlarigi asoslangan va ularga xos

iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo‘lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx erkinligiga, raqobat

qurashiga, shaxsiy huquq va erkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga

erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni barqaror

rivojlantirish, ko‘plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo‘lgan talabni qondirish, tejamli xo‘jalik yuritish, to‘kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o‘rnatish mumkin.

Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir.

Tarixan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish eng so‘nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar o‘tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqisodiyotiga o‘tishning bir qancha modellari mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodibtiga o‘tishning uch turga yoki modelga bo‘lishimiz mumkin:


  1. G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li.

  2. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Login Amerikasi mamlakatlarining yo‘li.

  3. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik»

rivojlanish yo‘lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan mamlakatlar yo‘li. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda davlatlashtirilgan, o‘ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor

iqtisodiyotiga o‘tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi:



  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish.

  2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni

o‘rnatishga ko‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va

muassasalarni yaratish.



  1. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash.

  2. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo‘yib yuborish, narx ustidan davlat

nazoratini minimal darajaga keltirish.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy

jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining

bir xilligi bo‘lishi bilan

bir qatorda har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yo‘li

mavjuddir.

Bunda uning xo‘jalik tuzilishi va shart – sharoitlari, joylashgan eri, tabiati va iqlimi, milliy kelib chiqishi, rasm – rusumlari, an’ana va milliy harakteri va boshqa omillar sabab bo‘ladi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma

mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li,

Бозор иқтисодиётига ўтишнинг зарураи



  1. savol: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlar. (Mahalliylashtirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, jamoaviy uslubni rad etish, yangi texnologiyalar, infratuzilma)

Zamonaviy mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli so‘nggi yillarda respublikamizda sanoat mahsulotlari va xalq iste'mol mollarining ko‘plab yangi turlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ro‘yxatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

qayta ishlaydigan mini asbob-uskuna va jihozlar, nasoslar, kabel-o‘tkazgich maxsulotlari va yuqori kuchlanishli jihozlarning zamonaviy turlari, turli yengil avtomobillar va og‘ir texnikalar uchun radiator va filtrlar, televizor, konditsioner, sovutgich, uyali aloqa vositalari kabi mahalliy korxonalar tomonidan yangi o‘zlashtirilgan mahsulotlar turlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy

o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab

berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.

LOYIHALARNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH YAGONA MEZON VA TALABLARI


  1. mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy xomashyolarning mavjudligi;

  2. ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 36%ni tashqil

etishi;

v) ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodi (kod TN

VED) birlamchi xomashyoga nisbatan birinchi 4 raqamida o‘zgarishi;

g) ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;

d) mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);

ye) mahsulot iste'molchilari bilan tuzilgan shartnomalar yoki birlamchi kelishuvlarning mavjudligi;

j) mahalliylashtirish mahsulot narxi import qilinayotgan o‘xshash mahsulot narxidan (transport,

soliq va bojxona harajatlarini hisobga olgan xolda) balandmasligi.

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga mos loyihalarni amalga oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy etgan korxonalar mahalliylashtirish Dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi.

Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida.

Ijtimoiy

rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy

davlatchilik

tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.

Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan

borgan. Insoniyat

tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini,

jamiyatning

tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti

Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta

inqilobiy

sakrashlarsiz, evalyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy

mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li

bilan emas, balki

sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom

etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining

mehnat faoliyatiga bog’liqdir»

O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:



  • iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;

  • davlatning bosh islohotchi ekanligi;

  • qonun ustuvorligi;

  • kuchli ijtimoiy himoyalash;

  • bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.

O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi,

o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos

xususiyatlarining

tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va

boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.

O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston

tajribasi qator

mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish

ortib bormoqda.

O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy

bog’liqlikda amalga

oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol

ko’zga tashlanadi.

Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi

iqtisodiy

rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini

rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli so‘nggi yillarda respublikamizda sanoat mahsulotlari va xalq iste'mol mollarining ko‘plab yangi turlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ro‘yxatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mini asbob-uskuna va jihozlar, nasoslar, kabel-o‘tkazgich maxsulotlari va yuqori kuchlanishli jihozlarning zamonaviy turlari, turli yengil avtomobillar va og‘ir texnikalar uchun radiator va filtrlar, televizor, konditsioner, sovutgich, uyali aloqa vositalari kabi mahalliy korxonalar tomonidan yangi o‘zlashtirilgan mahsulotlar turlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy

o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab

berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.

LOYIHALARNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH YAGONA MEZON VA TALABLARIa)

mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy xomashyolarning mavjudligi;

b) ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 36%ni tashqil

etishi;


v) ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodi (kod TN

VED) birlamchi xomashyoga nisbatan birinchi 4 raqamida o‘zgarishi;

g) ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;

d) mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);

ye) mahsulot iste'molchilari bilan tuzilgan shartnomalar yoki birlamchi kelishuvlarning mavjudligi;

j) mahalliylashtirish mahsulot narxi import qilinayotgan o‘xshash mahsulot narxidan (transport,

soliq va bojxona harajatlarini hisobga olgan xolda) balandmasligi.

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga mos loyihalarni amalga oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy etgan korxonalar mahalliylashtirish Dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi.

Asosiy

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi



Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1236-sonli qarori.


  1. savol: O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirilishi jarayoni. (Davlat mulki qo'mitasi, aktsiyalashtirish, davlat nazorati)

Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi.

Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obʼyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obʼyektlari va xizmat

koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi.

Oʻzbekistonda xususiylashtirish bir necha bosqichda oʻtkazilmoqda. Birinchi bosqichda (1992—93) "kichik xususiylashtirish" amalga oshirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). Kichik xususiylashtirish natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va b.dan iborat 53902 turli mulk obʼyektlari vujudga keldi. Shuningdek, tayyorlov va kayta ishlash tarmoqlarida 25 ming obʼyekt yoki ular jami miqdorining 96,7% xususiylashtirildi. 1993 y.dan yengil, oziq-ovqat sanoatlari, transport va qurilish majmualarining oʻrta hamda yirik korxonalarini xususiylashtirish boshlandi. Q.x.dagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xoʻjaligi davlat tasarrufidan chiqarildi, ular negizida 325 jamoa, 296 kooperativ, 90 ijara xoʻjaliklari vujudga keldi. Mavjud chorvachilik obʼyektlari,

ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan fermalar asosida 735 yopiq turdagi

aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish

ishlari olib borildi (680 ming ga dan koʻproq maydon yoki sugʻoriladigan yerlarning 15% shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriga berilgan). Shunday qilib, respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori salmokli oʻringa ega boʻla bordi va 1993 y.da milliy daromadning 35% nodavlat sektori hissasiga toʻgʻri keldi. 1994 y. 1 yanvargacha respublikada 1069414 kvartira xususiylashtirildi. Bu xususiylashtirilishi lozim boʻlgan kvartiralarning 98,98% ni tashkil etadi. Shu bilan "kichik xususiylashtirish" bosqichi tugallandi.



  1. savol: O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanishi. (Davlat mulki, xususiy mulk, aktsiyadorlik jamiyatlari)

Koʻp ukladli iqtisodiyot -turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subʼyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos tizimiga ega boʻlgan turli ishlab chiqarish munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka

ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli harakterga ega.

Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta taʼsir koʻrsatadi, natijada yangi ukladlar paydo boʻlgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yoʻqolib ketadi. Bu

jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga oʻtishda yoki uning oʻzgarishida yaqqol koʻrivadi. Shunga muvofiq \olda ukladlar 2 guruhga boʻlinadi: oʻtmishda ustun boʻlgan ijtimoiy tizimlarning qoldigʻi tarzida mavjud boʻladigan ukladlar; ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlardagi oʻzgarishlar natijasida paydo boʻladigan ukladlar. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida turli davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Mas, kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar ishlab chiqarish ukladlari mavjud boʻlsada, kapitalistik uklad hukmron boʻlgan.

Bozor iqtisdiyoti sharoitida mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining xuquqiy asoslari.

O‘zbekistonda mulkchilik huquqiy iqtisodiy o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi. Respublikamizda mulkdor huquqi qonun bilan tan olingan va himoya qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikni tashkil etish shakllari:

Davlat mulki: respublikamizdagi ma’muriy-hududiy birliklarning mulklari (kommunal mulklar ham kiradi). Davlat mulkiga: 1) yer va yer osti, ichki suvlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, respublika hududi doirasidagi havo havzasi. 2) O‘zR boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari mol-mulklari. 3) Respublika xalqlari madaniy va tarixiy qadriyatlari. 4) Respublika byudjeti vositalari, oliy o‘quv yurtlari va h.k.

Xususiy mulk: o‘z mol-mulkidan o‘z erki bo‘yicha foydalanish va tasarruf etish, unga huquqiy jihatdan xususiy egalikni bildiradi. Xususiy mulk-mulkchilikning boshqa shakllari bilan bir qator daxlsiz va davlat tomonidan himoyalaniladi. Jamoa (shirkat yoki fermer) mulki: oilaning mol-mulkini, mahalla mulkini, yuridik shaxslar bo‘lgan kooperativlar, ijara, jamoa korxonalarining, jamoat va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, fererlar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar mulklarini o‘z ichiga oladi.

Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarashli yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari:

O‘zbekiston hududida joylashgan va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarga foydalanish uchun berilgan mol-mulklar va nomulkiy huquqlar kiradi.

Mulkchilikning aralash shaklida: erishilgan bitimga ko‘ra mol-mulkning ma’lum bir qismi davlat va nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ikki tomonning hamkorligida amalga oshiriladi.



  1. savol: Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. (Yangi texnologiyalar, innovatsion menejment, tarkibiy o'zgarishlar

Modernizatsiya tushunchasining mohiyati, nazariy - umummetodologik asoslari va fuqarolik jamiyati rivojidagi ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqloliga erishgach jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotining

barcha jabhalarini yangilash va zamonaviylashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Mazkur zaminlarga tayanilgan holda mamlakatimizda izchillik bilan demokratik islohotlarni va

unga monand ravishda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish chora-

tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Zero, davr talablaridan kelib chiqib yangilanish va modernizatsiya jarayonlarini sobit qadamlik bilan davom ettirgan jamiyatgina barqaror taraqqiyotga erisha oladi.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimov xulosa qilganidek: “Bugun, hamma bo‘lmasa ham, lekin ko‘pchilik odamlar yaxshi anglaydiki, faqat zamon bilan teng qadam tashlayotgan, tez

o‘zgarayotgan dunyoning qat’iy shart va talablariga javob berishga intilayotgan mamlakatning

kelajagi yorug‘ bo‘lishi mumkin”

Modernizatsiya haqidagi dastlabki konseptual g‘oyalar jumladan, XX asrning 50-60

yillariga kelib ancha mufassal darajada shakllanganligi manbalardan ma’lumdir. Ularga ko‘ra

modernizatsiya haqidagi nazariyalar o‘z taraqqiyotida dastlab, 1950-1960, 1960-1970, 1980-

1990 yillardan iborat uch muhim bosqichni bosib o‘tgandir.

XIX va XX asr boshlarida faoliyat yuritgan g‘arb olimlaridan M.Veber, F.Tennis,

E.Dyurkgeym kabilarning g‘oyalari modernizatsiya nazariyasining rivojlanishi uchun muhim turtki bo‘lib xizmat qildi. Siyosiy modernizatsiya haqidagi qarashlar rivojida G.Almond va D.Pauellning 1966 yilda nashr etilgan “Qiyosiy politologiya, Taraqqiyot konsepsiyasi nuqtai

nazaridan yondashuv” asari, D.Apterning 1965 yilda nashr etilgan “Modernizatsiya siyosati”

nomli asari, S.Lipsedning 1960 yilda nashr etilgan “Siyosiy odam”, L.Payning 1966-yilda nashr

bo‘lgan “Siyosiy taraqqiyot aspektlari, tahliliy tadqiqot” nomli asari, D.Rastouning 1967

yilda

nashr etilgan “Millatlar dunyosi” nomli asari, SH.Eyzenshtadtning 1966 yilda nashr etilgan “Modernizatsiyalashuv: norozilik va o‘zgarishlar” nomli asari, S.Xantingtonning 1968-yilda



nashr bo‘lgan “O‘zgarayotgan jamiyatlardagi siyosiy tartibot” nomli asarida bildirilgan g‘oyalar muhim rol o‘ynadi.

tish ro‘y beradi;”

Modernizatsiya hodisasining

yirik nazariyotchilaridan biri SH.Eyzenshtadt modernizatsiya hodisasining o‘ziga xos

xususiyatini

ta’riflar ekan “Modernizatsiya bu an’anaviy agrar jamiyatdan zamonaviy industrial va

undan keyin

postindustrial jamiyatga o‘tishdir” deb ta’kidlagan edi



  1. savol: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi. (Xususiylashtirish, diversifikatsiya qilish, narx belgilash, buyruq

Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi

Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tiizumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik.

O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'r-mon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga, Lining manfaatlariga bo'ysun-dirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilina-yotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya- kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miq-yosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv jfloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kclib qolgan edi.

Bоzor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.

O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakl-lantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:



  • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

  • ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.

  • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;

  • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.

Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omiHaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tiborberildi.

Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun- mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.

Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakl-lantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi


  1. savol: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanishining asosiy yo‘nalishlari. (Xususiylashtirish, diversifikatsiya qilish, narx belgilash, buyruq berish usullaridan voz kechish)

Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik.

O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv jfloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.

"Bugun o'sha davr to'grisitadi haqiqatni xolisona aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shumi ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-markazda butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka

mamlakat qatoriga aylangan edi" (Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston", 1999, 6-bet).

Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga tola egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash erkinlignii qo'lga kiritdi.

Xususiylashtirish. 1991yil 18-noyabrda qabul qilingan Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish to'g'risida”gi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi.

Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.

Kichik xususiylashtirish 1994 yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.

Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994 yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.

1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. Orta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyat- lariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005 yillarda jami 4660 ta davlat korxonasi va obyekti xususiy mulkdorlarga sotildi.

2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad oldi.


Download 240.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling