O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarning yo’lga qo’yilishi.
O`zbekiston BMTga a’zo bo`lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor xodimlari qo`mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo`lib kirishi masalasi ko`tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O`zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O`zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo`linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo`yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yib olgani quvonarli holdir. Ushbu
byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning “Inson xuquqlari bo`yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o`tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |