O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy


Download 240.22 Kb.
bet28/40
Sana08.01.2022
Hajmi240.22 Kb.
#236022
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy


aloqalarning yo’lga qo’yilishi.

O`zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko`rsatdi.

Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo`lga qo`yildi. 1994-yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidagi hamkorlik” Dasturiga qo`shildi. Bu dasturga ko`ra,

O`zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o`tkazilgan harbiy mashqlarda, O`zbekiston xududida amerikaliklar bilan o`tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o`tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o`ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo`lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O`zbekistonning “Tinchlik

yo`lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O`zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo`lish uchun imkon berar edi”. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O`zbekistonga tashriflari O`zbekiston va mazkur tashkilot o`rtasidagi tinchlik yo`lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko`rsatdi.


  1. Download 240.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling