O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
O’zbekiston tashqi siyosatida Xitoyning o’rni
Download 240.22 Kb.
|
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta
O’zbekiston tashqi siyosatida Xitoyning o’rni.Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 1993 yilda 71,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 36,6 mln. AQSh dollari bo’lgan mahsulotlar eksport qilingan bo’lsa, Xitoydan O’zbekistonga import 35,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasidagi musbat saldo 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan. 1994 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi, deyarli ikki baravarga oshgan va 165 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Jumladan, eksport 76,9 mln. AQSh dollarini, import esa 88,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasida 11,2 mln. AQSh dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aloqalari keyingi yillarda ham rivojlanib bordi va 1995 – 1996 yillarda o’zaro savdo aylanmasi 218,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonning 1995-yildagi eksport hajmi 3 719.9 mln. AQSh $ ni tashkil etgan bo’lsa, undagi Xitoy ulushi bor – yo’g’i 1,0 % dan iborat bo’lgan. Ammo yildan – yilga bu ko’rsatkich o’sib borgan. 1996-yilga kelib ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2.8 martaga o’sdi. Lekin 1998, 1999, 2000-yillarda bu ko’rsatkich yana pasayib 1,0, 0,5, 0,7% ni tashkil etgan. 2000-yilda O’zbekistonning eksport hajmi 3264.7 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. 2004-yilga kelib, O’zbekistonning tashqi savdosidagi Xitoyning ulushi 2.1 %ga ko’tarildi. Eksportning 26.2 % (974.4 mln. AQSh $) Osiyo qit’asiga to’g’ri kelgan bo’lsa, shundan 0.7 % i Xitoyga to’g’ri kelgan.
O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi: Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin. O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash- hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir. Download 240.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling