O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 240.22 Kb.
|
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta
savol :
O‘zbekistonda ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. (Ta'lim qonuni, o'quv standartlari, bakalavr, magistratura) Javob: Mazkur davrda Oliy talim sohasini rivojlantirish boyicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2015 yil 12 iyunda Ozbekiston Respublikasi Prezidentimizning Oliy talim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindi. 2017-2021-yillarda oliy talim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, oquv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar korsatish va moliyalashtirishning qoshimcha manbalarini izlashda oliy oquv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yoli bilan ularning mustaqilligi bosqichma- bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi Ozbekistonda xorijdagi nufuzli oliy oquv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. Bundan tashqari, Ozbekistonda Mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari orasida birinchi bolib oliy talimning zamonaviy ikki bosqichli - bakalavriat va magistratura yonalishiga otildi. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishda sportning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Otgan davr mobaynida Ozbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1500 dan ortiq zamonaviy sport inshootlari qurildi
savol : O‘zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. (Innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, bozor talabi, milliy g'oya) . Javob : Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv yurti, shu jumladan, 209 kasb- hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida qariyb 20 ming o‘qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o‘quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o‘n ikkitasi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi Birinchi bosqich (1997 — 2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. Kasb-xunar ta’limi dasturlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. savol: O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. (islohot, litsey, kollej, kadrlar muammosi) Javob : Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o`zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiqеmasligi, o`quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli еmasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali integratsiyaning yo`qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta’lim-tarbiya va o`quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan еmas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir. ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo`yicha ta’lim tizimi boshqaruviga bog`liqbo`lmagan yagona davlat xizmatini tashkil еtish; ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog`lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash; Milliy dasturning aniq yo`nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet еl еkspertlari jalb еtiladi; Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil еtiladi; Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini еkspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi; savol: O‘zbekistonda ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. (Umid jamg'armasi, universitet aloqalari, konferentsiyalar, yoshlar uchun trening) Javob: 1997 yil boshida Respublika Prezidentining taklifiga ko‘ra “Umid” jamg‘armasi tashkil topdi. Ushbu jamg‘armaning asosiy maqsadi va vazifasi iste'dodli yoshlarni tanlash va ularni xorijiy mamlakatlardagi nufuzli o‘quv yurtlarida ta'lim oldirish, sifatli yangi dasturlar yaratish va ularni respublika ta'lim tizimiga joriy qilish, jahonning yirik o‘quv markazlari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo’yish va mustahkamlashdan iborat. Jahondagi har tamonlama rivojlangan mamlakatlar AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlardagi nufuzli o‘quv yurtlariga yuborish uchun istiqbolli yoshlarni tanlash ishi o‘ta murakkab va mas’uliyatlidir. Shuni e'tiborga olish, bu tadbir “yaxshilar ichidan eng yaxshilarni tanlash” usuliga tayanadi. “Umid” jamg‘armasi yo‘li bilan o‘qishni ko‘zlagan nomzodlarni saralab olish tadbirida o‘z ishlari bilan dunyoda mashhur bo‘lgan tashkilot vakillari ishtirok etadi. Shu asnoda tanlab olingan va zarur suhbatdan o‘tganlar jamg‘arma grantini qo‘lga kiritadilar.Quvonarlisi shundaki, xorijda ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar mehnatsevarligi, fikr doirasining kengligi, maqsad yo‘lida katta tayyorgarlik ko‘rganliklari bilan ajralib turadi. Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida yoshlar yetakchilari uchun ilk marotaba innovatsion seminar treninglar tashkil etildi. 16 oktabr kuni respublikaning barcha hududlaridan kelgan 28 nafar yoshlar yetakchisi uchun ilk seminarlar bo‘lib o‘tdi. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev ochib berdi. Shundan so‘ng loyiha koordinatorlari kutilayotgan loyihalar, maqsad va rejalar haqida yetakchilarga tqdimot o‘tkazdilar. Download 240.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling