O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 240.22 Kb.
|
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta
savol : Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. (bozorga o'tish, aholining zaif qatlamlari, ijtimoiy himoya)
Javob : 1996-yilda ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 1994-yilga nisbatan 18-barobar ko‘paydi. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. O‘lkada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda bu ko‘rsatkich 80—90 foizni tashkil etmoqda. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Qoraqalpog‘istonda 1996-yilda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara savdo bozor hamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi o‘lka ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda fond birjalari filiallarida 191,6 million so‘mlik aksiyalar sotildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o‘z samaralarini bera boshladi. 1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 11 milliard so‘mlikni tashkil etdi. Bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko‘pdir. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. To‘rtko‘l tumanida 2000-yil 6-martdan e’tiboran Rossiyaning Savvinovo yigiruv fabrikasi bilan hamkorlikda yiliga 2750 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani qurib tugallashga kirishildi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga yoki 1,5 martaga, fermer xo‘jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga ko‘paydi. Birgina 2002-yilning o‘zida respublikaning 12 ta tumanida 21 ta qishloq xo‘jalik korxonalari negizida yangidan 901 fermer xo‘jaliklari tuzildi va faoliyat ko‘rsatib turgan 79 ta fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer maydonlari ajratilib, jami 980 ta fermer xo‘jaliklari tuzildi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995- yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000- yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug‘ildi. 1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi.
savol: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. qonun ustuvorligi, demokratiya, fuqarolik jamiyati) Javob : Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko‘rsatib berildi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70—75-moddalar) o‘z aksini topdi (10-ilova). Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o‘rinbosarlaridan biri — Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107- moddaga binoan esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan. Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega. 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataldi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, Rais o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo‘mitalar raislari kiradi.
savol: Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. (fermerlar, diversifikatsiya, bozor) Javob : bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000-yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug‘ildi. 1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. 2003-yilda yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi. Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. Respublikaning Ustyurt-Orolbo‘yi mintaqasi yirik neftgaz hududlarining (Kaspiybo‘yi, To‘qay va Amudaryo tekisligi) qo‘shilgan joyida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida eng katta neftgaz maydoni (90 ming kv. km dan ziyod) bo‘lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mazkur hududda 7 ta gaz va gaz kondensati koni ochildi. Bu konlarda aniqlangan umumiy gaz zaxirasi 100,1 milliard metr kub, gaz kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi. 1995-yilda Qo‘ng‘irotdagi 37,4 milliard metr kub gaz va 739 ming tonna gaz kondensati zaxirasiga ega bo‘lgan «Urga» koni foydalanishga topshirildi. 2003-yilga kelib mazkur kondan bir kunda 3,2 million metr kub gaz, 24 tonna gaz kondensati qazib olinmoqda. 2002-yilning noyabr oyidan boshlab «Sharq Berdaq» koni foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va 16 tonna gaz kondensatini qazib olish quvvatiga ega. 2002-yili Ustyurt-Orolbo‘yi hududida joylashgan konlardan 1,2 milliard metr kubdan ortiq gaz va 10,4 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. Mustaqillik yillarida respublikada aholi punktlarini gazlashtirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 2000-2003-yillar mobaynida 98 aholi punktlariga tabiiy gaz yetkazib berildi. 1993-yilda respublikada 59 foiz aholi gaz, 52 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2003- yilga kelib esa aholini gaz bilan ta’minlash 91,7 foizni, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash esa 66,2 foizni tashkil etdi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq xo‘jaligining qurilish sohasida ham muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining infratuzilma inshootlari bo‘yicha keyingi 12 yil ichida 97 ta qishloq shifokorlik shahobchalari, 90 o‘rinli shifoxona, 11900 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binolari, 7,5 ming kv. m turar joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Natijada respublikada 390 ta qishloq aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta’minlandi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora- tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1991—2003-yillar mobaynida respublikada arxitektura qurilishi sohasida katta yutuqlarga erishildi. Bu yillar mobaynida San’at va Berdaq nomidagi muzeylar, Mirzo Ulug‘bek, Ajiniyoz, «Markaziy bank», «Xalq», «Paxta», «Tadbirkor», «Asaka» banklari, Xo‘jalik sudi, Nukus aeroporti binolari, respublika markaziy shifoxonasining binolari qayta ta’mirlandi va bunyod etildi. 80 kilometrli Qo‘ng‘irot—Beynov avtomobil yo‘li, Nukus—Xo‘jayli yo‘nalishida temir-beton ko‘prigi qurilib foydalanishga topshirildi.
savol: Qoraqalpog‘istonda ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. (Milliy qadriyatlarni tiklash, ta'lim, fan, san'at) Javob : 2003-yilga kelib «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta’lim muassasalari o‘rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1998—2002-yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta‘lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta’lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatdi. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. Respublikada o‘rta bo‘g‘indagi kadrlarni tayyorlash tizimida 2003-yilga kelib 71 ta o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatdi. Shundan 68 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o‘quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda. O‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta’lim olmoqda. O‘lkada sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. . Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo‘li bilan 2 ta maktab binosi, 2002-yili 8 ta maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003-yilning o‘zida esa 7 ta maktab va kasb-hunar kolleji yangidan qurilib ishga tushirildi. Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Qaipbergenov qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibrohimov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir. 2000 yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida 1999 yilda yaratilgan badiiy asarlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi. Unda eng yaxshi asarlarga Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan, Davlatmurod Karimov «Qur’oni Karim»ni o‘zbek tilidan Qoraqalpoq tiliga tarjima qilgani uchun, Gulchehra Rahimova mustabid tuzum qurbonlari haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova «Cho‘lpon» nashriyotida chop etilgan «Qalbingizda qolgim keladi» she‘rlar to‘plami uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, 1999-yil 4-mayda O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga ko‘ra T.Qaipbergenov va I.Yusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi respublika hayotida katta voqea bo‘ldi. 1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. Xuddi shuningdek, 2000-yil iyun oyida Qoraqalpog‘istonda Toshkent shahri va Xorazmdan kelgan madaniyat xodimlari va ijodkorlar ishtirokida ma’naviyat kunlari o‘tkazildi
savol: Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar. (Ta'lim qonuni, o'quv standartlari, bakalavr, magistratura) Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston madaniy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta’limi tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni ta’kidlash o‘rinli. Bugungi kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta‘lim muassasalari — litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o‘quvchilarning fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan. 2003-yilga kelib «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta’lim muassasalari o‘rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1998— 2002-yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta‘lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta’lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatdi. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. Respublikada o‘rta bo‘g‘indagi kadrlarni tayyorlash tizimida 2003-yilga kelib 71 ta o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatdi. Shundan 68 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o‘quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda. O‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta’lim olmoqda. O‘lkada sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. . Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo‘li bilan 2 ta maktab binosi, 2002-yili 8 ta maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003-yilning o‘zida esa 7 ta maktab va kasb-hunar kolleji yangidan qurilib ishga tushirildi. savol: Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. (Orol dengizi muammosi, sho'rlanish, tuproq eroziyasi, atrof muhitning zaharlanishi) Qozog‘iston Axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbek tomoni nihoyat Orol dengizi mintaqadagi ekologik fojea oqibatlarini yumshatish uchun 3 mld dollar ajratilishini ma‘lum qilgan. Qarorga asosan, loyiha xalqaro moliya institutlari tomonidan beriladigan 2,15 mlrd dollar va O‘zbekistonning o‘zi ajratadigan mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda. Bu borada 2014 yil oktyabrida Urgench shahrida Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda kelishuv imzolangan. Anjuman Orolni qutqarish xalqaro fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Anjumanda ishtirok etgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun dunyo jamoatchiligini Orolni qutqarishga chaqirgan edi. Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Orol dengizi hududi bo‘yicha 1960 yilga qadar dunyoda to‘rtinchi hisoblangan. Biroq oxirgi 40 yil ichida dengiz maydoni ikki baravarga qisqarib, suv sathi 18 metrgacha pasayib ketgan. Dengizdagi suv hajmi esa besh martaga qisqargan, tuz miqdori oshgani bois baliqlar qirilib ketgan. 1993 yil yanvarida Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan Orolni qutqarish xalqaro fondi tuzilgan. 2008 yil dekabridan boshlab fond BMT Bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomi berilgan. Xalqaro fond a‘zolarining loyihani amalga oshirish uchun 2003-2010 yillarda qo‘shgan hissalari 2 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ayni paytda Orolni asrash bo‘yicha 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan uchinchi loyiha xalqaro fondning BMTga tegishli tashkilotlar, Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Ovro‘po ittifoqi va qator donor- mamlakatlar bilan hamkorlikda hayotga tadbiq etilishi kutilmoqda. savol: Orol fojiasi. (Orol muammosi, Orolni qutqarish fondi, o'rmon kamari, melioratsiya) Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli- sharkdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan. Koʻlning sayoz joylari uning jan., janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan. Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.
savol: Qoraqalpog‘istonda ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. (Paxtachilik, suvning tortilishi, dengizning yo'q bo'lib ketishi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘korg‘i Kengesi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak, Kegeyli va Taxtako‘pir tumanlari hokimlarining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish hamda moliyaviy mablag‘larni jalb etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. savol: O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi. (I. Karimov, tenglik, aralashmaslik, milliy manfaat) Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo’lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo’ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo’lishi; o’zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha qat’iy pozisiyaga ega bo’lishi va o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e’tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to’la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik savol: O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. (BMT, diplomatik aloqalar, xalqaro tashkilotlar) O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalkaro tashkilotlari bilan turli sohalarda xamkorlik qilib kelmokda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlarideq «Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustakil Davlatlar Xamdustligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalkaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o’rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish Uzbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi». 2018 yil holatiga ko’ra O’zbekistonni 180 ga yakin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalkaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmokda. O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va rivojlanishi mustakdllik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. Uzbekiston bu yiriq global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalkaro va mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda.
savol: O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (BMT, YXHT, MDH ShHT, Rossiya, AQSh, Evropa Ittifoqi) O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi. Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi-ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das- turlari faoliyatini muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga ko’maklashadi. BMT Uzbekistonga jaxonda tinchlik va barkarorliq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayotgan yosh mamlakat sifatida karaydi. Shu bois mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari Uzbekiston bilan xamkorlikda turli xalkaro anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi. Uzbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi tendensiyalar ko’zga tashlanib, uzaro munosabatlarda yangi boskich boshlandi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida mamlakat tashki siyosati, jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida, jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi. 2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir-ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72- sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari Xozirda jahonda turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bo’lib, ularning orasida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) o’ziga xos ko’rinishga ega.1991 yil 8-dekabrda Minskda – Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) ni tuzish to’g’risida shartnoma imzoladilar. Shartnomada1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi va M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi. 1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi bo’ldilar. Kengashda Almati Deklarasiyasi qabul qilindi. 1991-2001 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilgan, tegishli 1400 dan ortiq masalalar muhokama etilib tegishli normaviy, tavsifiy hujjatlar, bitimlar, shartnomalar imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish jarayoni davom etmoqda, yilda bir necha bor sammitlar o’tkazilib kelinmoqda. 2000 yilning o’zida Moskvada ikki marta, ya’ni 24-25-yanvar hamda 21-iyun kunlari MDH davlat boshliqlarining sammiti bo’lib o’tdi. 2001 yil 29- 30-noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Sammit qatnashchilari Afg’oniston voqyealari to’g’risida ham Bayonot imzoladilar. 2004 yil sentyabr Astanada bo’lib o’tgan MDH sammitida hamdo’stlikning strukturasini o’zgartirish masalasi ko’rildi. Sammitda terrorizmga qarshi kurash borasida MDXning “Xavfsizlik kengashi”ni tuzishga qaror qilindi. Shu bilan bir qatorda MDH a’zolari hamdo’stlikning boshqa yo’llarini topmoqdalar. MDH doirasida bir necha xalqaro tashkilotlar vujudga keldiki, ularning faoliyati umumiy maqsadlar va muammolarga qaratildi. Bunga Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (ODKB) va Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin. 1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida Protokol imzolangan bo’lsa,1992-yil 5-mayda Moskvada O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar asoslari to’g’risidagi Shartnoma imzolandi,1992-yil 22-iyulda esa Toshkentda Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri A.Shoxin boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston delegasiyalarining muzokaralari bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma axborot imzolangan edi. 1993-yil 26-may kuni I.A.Karimov “Trud” gazetasi muxbirlarining savollariga qaytargan javoblarida Rossiyaga munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men rejalashtirish idoralarida ko’p yillar ishlaganman. Aloqalarimiz naqadar kengligini bilaman.Ma’naviy yaqinligimiz ham juda muhim. Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat bo’lib kelgan, tarix uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan". Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, parlamentlararo, samolyotsozlik va madaniyat sohalarida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi. O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega bo’lib mamalakatlarimiz o’rtasida bu sohani rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi. 2004 yilda ikki mamlakat o’rtasida mahsulot ayirboshlash 2003 yilga nmsbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga ko’payib, 917,1 mln AQSh dollarini tashkit qildi.
savol: O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (BMT, YXHT, MDH, Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya) O’zbekistonning mustaqillik sharoitidagi Janubiy Koreya bilan hamkorligining huquqiy asoslarining shakllantirilishi 1991-yil 31-dekabrga to’g’ri keladi. Mazkur sanada Koreya Respublikasi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi suverenitetini e’tirof etdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvar kuni o’rnatildi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yilning 16-iyunda rasmiy ravishda Janubiy Koreyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu tashrif davrida imzolangan kelishuv va shartnomalarda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlinking huquqiy asoslariga dastlabki poydevorni qo’ydi deb hisoblash mumkin. Sababi tashrif doirasida keyingi aloqalarning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi qo’shma Deklarasiya imzolandi. Unda ikki tomon yana bir karra bir-birini mustaqil davlat ekanligini tan olishdi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasliq kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan va BMT Nizomidagi tamoyillari asosida hal qilish, davlatlar o’ratisda o’zaro do’stlik munosabatlarini kengaytirish, sanoat, investisiya, savdo, tabiiy resurslarni o’zlashtirish, fan va texnika, transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat, fan, ta’lim, OAV, sport, turizm sohalarida aloqalarni kengaytirish kabi jihatlar ilgari surilgan edi. Undan tashqari ushba tashrif doirasida fan va texnika, savdo, madaniyat, sayyohlik va boshqa qator sohalarda hamkorlik qilishga haqida kelishuvlar imzolandi.Undan tashqari ikki davlat rahbarlari davlatlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun birinchi navbatda elchixonalar tashkil etishga kelishib olishdi. Shunga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida O’zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonasini tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Koreya Respublikasida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyati yulga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga asosan, 2014-yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2016,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, ulardan eksport 143,7 mln. AQSh doll., import – 1872,7 mlrd. AQSh doll. tashkil qildi. Janubiy Koreya tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 5 mlrd. AQSh doll.dan oshgan. O’zbekiston-Janubiy Koreya tovar ayirboshlash miqdorida O’zbekistonning eskportining asosini paxta tolasi tashkil qilishini yuqorida aytgan edik (umumiy eksportning 69%ni tashkil qiladi ). Undan tashqari O’zbekiston Koreya Respublikasiga uran, teri va qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qiladi. O’zbekiston bo’lsa Janubiy Koreya importida asosiy urg’uni zamonaviy ilg’or texnologiyalarni olishga qaratgan. Chunki O’zbekiston iloji boricha tayyor mahsulot olishdan ko’ra uni o’zimizda ishlab chiqarishni yulga qo’yishni asosiy maqsad deb biladi. Shuning uchun ham ko’pincha raqobatdardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir bo’lgan texnologiyalarni sotib olishga harakat qiladi. Bu borada Koreya Respublikasi asosiy o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Janubiy Koreya tomoni 2020-yilga borganda o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd AQSh dollarini yetkazishni mo’ljal qilgan. (Solishtirish uchun Qozog’istonda bu raqam 2 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan)Bu raqam Janubiy Koreyaning O’zbekiston bilan strategik hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganligini va o’zining asosiy savdo sherigi sifatida qarayotganligini ko’rsatadi. Hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma korxonalar. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan dunyoning sanoati zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga, ularning sarmoyasi ishtirokida O’zbekistonda korxonalar tashkil etishga katta e’tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa bu sohani rivojlantirish uchun birinchi navbatda qonunchilik bazasi boyitildi. savol: O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. (1992 yil mart, teng a'zo, komissiyalarda ishtirok etish) O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi. Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi-ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das- turlari faoliyatini muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga ko’maklashadi. BMT Uzbekistonga jaxonda tinchlik va barkarorliq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayotgan yosh mamlakat sifatida karaydi. Shu bois mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari Uzbekiston bilan xamkorlikda turli xalkaro anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi. Uzbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi tendensiyalar ko’zga tashlanib, uzaro munosabatlarda yangi boskich boshlandi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida mamlakat tashki siyosati, jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida, jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi. 2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir-ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72- sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi. savol: O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB) a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik qilishi. (YXHT, YUNESKO, YUNISEF, BMT, EXHT, MDH) Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamonaviy xalkaro munosabatlar-da BMT uziga xos uringa ega bulib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatgaega. Mazkur tashkilot butu n dun yodagi siyosiy vaziyatlardajahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda uziga xos minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo v a uzi haqida» mavzusida Toshkent, Samarkand, Fargona viloyatlari ukuvchi yoshlari urtasida surovnoma utkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshkaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal kila oladigan qanday institut yoki tuzil-malarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxrn hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy urin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxrn Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan.Kurinib turi bdi ki, yoshlarning kupchiligi mintakaviy va global muammolarni xal etishda asosiy tashkilot sifatida BMT va uning tuzilmalarini kursatishgan. Bu esa BMTning boshqa xalqaro va mintakaviy tashkilotlarga nisbatan kulami, axamiyati nixoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi. Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi-ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das- turlari faoliyatini muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga ko’maklashadi. Download 240.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling