O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


Download 240.22 Kb.
bet35/40
Sana08.01.2022
Hajmi240.22 Kb.
#236022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

172-savol: O‘zbekistonning geoiqtisodiy o‘rni. (Markaziy Osiyo, aloqa, yo'llar, o'zaro bog'liqlik)

Geoiqtisodiyot - davlatning xalqaro maydonda iqtisodiy strategiya va taktikasini shakllantiradigan amaliy faoliyatini oʻrganadigan fan tarmogʻi. G. geosiyosat bilan uzviy bogʻliq. G. aniq bir sharoitlarda

siyosiy, geografik, iqtisodiy, harbiy, eko-logik va boshqa omillar uygʻunligini tahlil qilish orqali xalqning turmush darajasi, mamlakatning ishlab chiqarish potensi-ali, strategik zaxiralar, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar kabi iqtisodiy omillarni ustivor oʻrganadi. Shuningdek, demografik va eko-logik omillar (aholi tarkibi va zichligi, uning oʻsish surʼatlari, Yer sayyorasining cheklangan resurslariga demografik bosim, xom ashyo zaxiralarining kamayishi va boshqalar)ni tadqiq tgish ham G. fani predmetiga kiradi.

Bu jami omillarning amal qilishi va taʼsiri mamlakatning geografik holati, uning tabiiy resurslari va iqlim sharoitlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.

Mamlakat taraqqiyoti ehtiyojlari va milliy-davlat manfaatlariga javob beradigan strategiyani ishlab chiqishda gsosiyosiy va geoiqtisodiy omillar hisobga olinadi. Geoiqtisodiy siyo-satdagi asoyeiy masala jahon bozorlarida millin iqtisodiyotning raqobat-bardoshliligini oshirishga imkon bsradigan sharoitlar yaratishdan davlatning manfaatdorligi hisoblanadi.

"G" atamasi birinchi marta AQShda 1980-yillar oxirida idmiy muomalaga kiritilli. Bu tushunchaning "geosiye-siy iqtisodiyot", "xalqaro siyosiy iqtisod", "sissiy-iqtisodiy gsogra-fiya" va boshqa taʼriflari ham bor.

Birinchi geoiqtisodiy tadqiqotlar 1920—30 yilda Yaponiya va Germaniyada paydo boʻldi va bu

tadqiqotlar shu mamlakatlarning hukmron doiralari tomonidan oʻz hayotiy makopini kengaytirish va jahonga hukmronlik daʼvolarini asoslashga xizmat qildi. 1970-yillarda buyuk ikki davlat — SSSR va

AQSH oʻrtasidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayishi G.ning keyingi rivojlanishida yangi bosqich ochdi. Bu davrda G. savdo urushlari, bozorlar uchun kurash; kapital va kishilarning mamlakatlararo koʻchishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqtar; harbiy sarf-xarajatlar kjining oʻsishi; byudjet taqchilligi; inflyatsiya va boshqa muammolar b-i shugʻullandi. G. oʻrganadigan muam-molar doirasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, markaz va chekka hududlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni ham qamradi. Mustamlakachilikdan ozod boʻlgan davlatlar yangi jahon iqtisodiy tartibini shakllantirishga hara-kat qildilar. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan oʻz munosabatlarida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida koʻpdan-koʻp takliflar bilan chiq-dilar. Bu takliflarda rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini

jadaldashtirish va resurslarni jahon xoʻjaligining chekka hududlari foydasiga qayta taqsimlash masalalari kun tartibiga qoʻyildi.

"Sovuq urush"ning tugashi, sobiq Itgifoqning inqirozi bilan 1990-yillar boshlarida geosissiy va geoiqtisodiy kuchlar nisbatlari va joylashuvi tubdan oʻzgardi, jahonda ikki qutblilikdan koʻp qutbli dunyo sari harakat boshlandi. Hozirgi davrda AQSH hamon eng qudratli davlat boʻlib qolayotgan sharo-itlarda jahon iqtisodiy rivojlani-shining asosiy yoʻnalishi koʻpdan-koʻp iqtisodiy markazlarning yuzaga ksli- shidap, jahon iqtisodiy tizimining poliiyentrizmga oʻtishidan va ayni paytda yangi geoiqtisodiy ziddiyatlar-ning yuzaga kelishidan (mas, Kaspiy dspgizi nsfti masalasida Ozarbayjon, Kozogiston, Eron, AQSH, Turkiya man-faatlari toʻqnashuvi) iborat. Ekspertlarning maʼlumotlari boʻyicha 21-asrda jahon iqtisodiy tizimi 6 asosiy markaz — AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, shuningdek, koʻpgina oʻrta va kichik davlatlardan tashkil topadi.

Jahon iqtisodiyotidagi bu yoʻpalishga gaʼsir koʻrsatadigan muhim geoiqtisodiy omil — globallashuv jarayonlaridir. Milliy iqtisodiyoglar oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik va bogʻdiqlikning kuchayishi, xoʻjalik integratsiyasi iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida koʻplab davlatlar va mintaqalarni turli darajadagi jadallikda sivilizatsiya taraqqistining umumiy oqimiga tortadi. Ularning soni tobora ortib boradi.

Koʻpgina mamdakatlarda iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz berayotgap erkinliklar yagona jahon iqtisodiy, axborot, kommunikatsion va madaniy makonning shakllanishi imkoniyatlarini ochadi.

G.da hukumatlar bilan bir qatorda, transmilliy korporatsiya (TMK) va transmilliy banklar (TMB), xalqaro moliyaviy tashkilsgglar faoliyati ham muhim rol oʻynaydi. TMK va TMB — bir tomondan ilgʻor texnologiyalar, boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarining qaror topishita, mamlakat iqtisodiy rivojlanishi surʼatlari va darajasini koʻtarishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan,

ular koʻpincha bu mamlakatlarning rivojlanishida nomutanosiolikni kuchai-tiradi, chunki ular birinchi navbat-da, asosan, chet el kapitali va tashqi bozorga moʻljallangan ayrim tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga yordam koʻrsatadi.

21-asr boshida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish uning geosiyosiy va geo-iqtisodiy manfaatlariga asoslanadi. Geoiqtisodiy muammolarni hal qilishda qoʻshni mamlakatlar bilan mus-tahkam iqtisodiy integratsiya birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yevropa va Osiyodagi mamla-katlar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish,

Oʻzbekistonning toʻla ququqli aʼzo sifatida Jahon savdo tashkilo-tiga aʼzo boʻlib kirishi ham muhim oʻrinda turadi (yana q. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati).


  1. savol: O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. (ShHT, xavfsizlik, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi)

Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik

aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda.

2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo

mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72- sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi.

Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir.

Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda.

Prezidentning Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi.

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar

strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimiz oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha yoʻnalishlarda ochiq tashqi siyosat olib bormoqda.

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etishning muhim mexanizmi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishni taklif qildi va bu tashabbus mintaqa mamlakatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) boʻlib oʻtdi. Sammitda siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki yagona madaniy va sivilizatsiya makonidir, deya eʼtirof etildi.



  1. savol: Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi. (Barqarorlik, xavfsizlik, xalqaro tashkilotlar, ikki tomonlama aloqalar)

Anjuman yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu hujjat mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etdi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan munosabatlarni rivojlantirishni davom ettiradi, ushbu mamlakatda

vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarda bundan buyon ham faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash, uning transport, ishlab chiqarish, energetika va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Zero, barqaror va gullab-yashnayotgan Afgʻoniston Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik barqarorlikning muhim omillaridan biridir.

Shu bilan birga, global tusga ega boʻlgan ekstremizm, separatizm, giyohvandlik va qurol kontrabandasi muammolari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrimizning eng dolzarb muammosi boʻlib qolmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu yoʻnalishda SHHT doirasida yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda Prezidentimiz dunyo aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarni ekstremizm va

radikalizm taʼsiridan himoya qilish hamda ularning huquqlarini yanada toʻlaroq taʼminlash borasida qator tashabbuslarni ilgari surganligini taʼkidlash joiz. Jumladan, davlatimiz rahbari yoshlarni ushbu salbiy

taʼsirlardan himoya qilishda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilini oʻrtaga tashladi va BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan

rezolyutsiyani hamda Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” haqidagi rezolyutsiya 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh

assambleyasi tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi va Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiya boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda. Bu esa Prezidentimizning tashabbuslari naqadar dolzarb xalqaro ahamiyatga ega ekanligi va ularning jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat berad


  1. savol: O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari. (Shanxay beshligi, I.A.Karimov, xavfsizlik, hamkorlik)

2018 yil 8 — 10 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq

Respublikasida bo‘ladi va SHHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Xalqaro ekspertlar hozirdanoq mazkur sammit tarixiy ahamiyatga ega ekani, tuzilma faoliyatida yangi sahifa ochishi haqida gapirishmoqda.

O‘zbekiston SHHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasidagi hamkorlik strategiyasini aniqlashda boshqa a’zolar bilan tengma-teng qatnashyapti. Mamlakatimiz SHHT Xartiyasi hamda uning asosini belgilovchi boshqa hujjatlarda belgilab qo‘yilgan maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga qat’iy mos keluvchi siyosatni og‘ishmay davom ettirish, mintaqa davlatlarining xavfsizligi hamda barqarorligini, iqtisodiy farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish tarafdoridir.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Shanxay tuzilmasining maqsad hamda vazifalariga ko‘p jihatdan hamohangdir. Ularni hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilish yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni uyg‘unlashtirish, Markaziy Osiyoda, umuman, butun SHHT hududida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Tarkibiga Hindiston va Pokiston davlatlari qo‘shilgach, Yer yuzi aholisining deyarli yarmi istiqomat qilayotgan ulkan hududni qamrab olgan Shanxay tashkiloti o‘tgan 17 yil mobaynida sayyoramizda barqarorlikni ta’minlashga juda katta hissa qo‘shdi.

Birinchidan, dunyoning bir necha mintaqalarida turli tahdidlar hamda xavflar yuzaga kelayotgan, vaziyat keskinlashib borayotgan bir davrda tashkilotga a’zo mamlakatlarning o‘zaro samarali faoliyati natijasi o‘laroq, Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan SHHT maydonida doimiy barqarorlik saqlanib turibdi.

SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida (2013 — 2017 yillarda) vakolatli organlar tomonidan 600 dan ortiq terrorchilik xarakteridagi jinoyatlar tayyorlanish jarayonida fosh etilgan, 500 dan ziyod tayyorgarlik bazalari yo‘q qilingan, xalqaro terrorchilik

tashkilotlariga a’zo bo‘lgan

2 ming nafardan ko‘proq shaxslar qo‘lga olingan, mingdan ortiq qo‘lbola portlovchi uskunalar, 10 bmingdan ziyod o‘qotar qurollar, bir milliontadan ko‘p o‘q-dori musodara etilgan. 2016-2017 yillarda terrorchilik va ekstremistik mazmundagi 4 milliondan ortiq materiallarni o‘zida joylashtirgan yuz mingdan ziyod internet resurslar bartaraf qilingan yoki ularga kirish cheklangan.

Ikkinchidan, SHHT davlatlarining aksariyati iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini namoyish etmoqda. 2016 yilda a’zo davlatlar iqtisodiyotida o‘rtacha 4,8 foizlik o‘sish kuzatildi va xuddi shu sur’atlar 2017 yilda ham saqlanib qoldi. XXR Tijorat vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, 2017 yil yakunlari bo‘yicha Xitoyning tuzilmaga a’zo mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 19 foiz o‘sib, 217,6 milliard AQSH dollariga yetdi.

Yangi a’zolarning tashkilotga qabul qilinishi uning iqtisodiy salohiyatini ham oshirib yubordi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi paytda SHHT davlatlarining dunyo YAIMdagi ulushi 30 foizni tashkil etadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yilga borib, mazkur ko‘rsatkich 35 foizga chiqishini taxmin qilmoqda. Bunday sur’atlar bilan SHHTga a’zo davlatlar iqtisodiyotining jahon bozoridagi ulushi 40 foizgacha yetishini kutish mumkin.

A’zo mamlakatlar manfaatlarining xavfsizlik hamda iqtisodiy masalalarda mushtarak ekanligi SHHT

erishgan muvaffaqiyatlarning, dunyodagi o‘zgaruvchan vaziyatga tez moslasha olish qobiliyatining bosh omili bo‘ldi. SHHT mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni izchil o‘stirib borish uchun qulay muhit yaratish, hamkorlikda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish uchun o‘ziga xos platformaga aylandi.



  1. savol: O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. (Integratsiya, kuzatuvchi, muzokara, o'zaro manfaat)

2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim elementlaridan biri O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvining sezilarli darajada faollashuvi bo‘ldi. Mamlakat va uning mintaqalaridagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi.

2017-2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori (O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% dan 2019 yilda 19,1% gacha oshgan bo‘lib, bu mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan dalolat beradi (1-jadval).

Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar va raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan O‘zbekiston tovar va xizmatlarni eksport qilishda munosib o‘rin egallaydi (2019 yilda

mamlakat tovar va xizmatlarini eksport qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan yuqoridir).

Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari orasida asosiy importchilar Qozog‘iston (umumiy eksportning 8,0%) va Qirg‘iziston (3,8%) hisoblanadi, Tojikiston va Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega (1,9% va 0,8%, mos ravishda).

Tovarlar va xizmatlar eksport tarkibining tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston kimyo mahsulotlari va undan olinadigan mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga), shuningdek, qora metallar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga eksport) ishlab chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega (2-jadval).

Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi.

Umuman olganda, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyo hukumatlari tomonidan sanoat va ilmiy-

texnikaviy hamkorlik, mintaqalararo hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish,

ta’lim-tarbiya hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston mashinasozlik, elektr, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy mintaqalararo rivojlanish va mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston uchun muhim hamkorlardir. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqlarning tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi.

Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona (83% qo‘shma korxona va 100% qozoq sarmoyasi bilan 17% korxona) va qirg‘iz sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 96 ga yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 200 dan ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat:


  • yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish;

  • yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish;

  • mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish;

  • mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish;

  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish;

  • mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar.

  1. savol: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi. (Savdo, Rog'un, GES qurilishi, madaniyat)

O'zbekiston – Tojikiston: Azaliy qadriyatlar va yaqin qo'shnilikka asoslangan hamkorlikning yangi davri O'zbekiston – Tojikiston: Azaliy qadriyatlar va yaqin qo'shnilikka asoslangan hamkorlikning yangi davri

10-Mart, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 42 Kb)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-mart kuni davlat tashrifi bilan Dushanbega keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

O'zbekiston bilan Tojikistonni umumiy tarix, uzviy ma'naviy qadriyatlar bog'lab turadi. Ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik rishtalari bilan bog'langan. Bizni ikki tilda gaplashuvchi bir xalq deyishadi. Azaliy qo'shnilik va o'zaro hurmat an'analari ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarda mustahkam asos bo'lib xizmat qilyapti.

So'nggi vaqtlarda o'zaro aloqalarda ulkan o'zgarishlar kuzatilmoqda. 2016-yilning sentabridan hozirgi kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston rahbari o'rtasida to'rt marta uchrashuv, samimiy va muhim telefon muloqotlari o'tkazildi. Prezidentlar o'zaro aloqalarni ikki qardosh xalq manfaatlaridan kelib chiqib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish yo'lida birgalikda ishlashga tayyor ekanini bir necha marotaba qayd etdi.

Joriy yilning 10-11-yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Dushanbe shahrida bo'lib, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo'yicha Hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etdi. O'tgan yili mamlakatlarimiz poytaxtlari o'rtasidagi aviatashuvlar, temir yo'l qatnovi qayta tiklandi. Samarqand – Panjikent oralig'ida A-377 xalqaro avtomobil yo'li ochildi.

O'zbekiston – Tojikiston davlat chegarasida o'tkazish punktlari o'z ishini tikladi.

2017-yilda Toshkent va Dushanbe shaharlarida ishbilarmon doiralar o'rtasida o'zaro aloqalarni kengaytirish, savdo bitimlari va shartnomalarni tuzishga asos bo'lgan milliy ko'rgazmalar va biznes- forumlar tashkil etildi. Ikki mamlakat o'rtasida avtomobil, temir yo'l va havo qatnovi yo'nalishlari qayta tiklandi. Aprel oyida Toshkent va Dushanbe shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov yo'lga qo'yildi. 2017-yilda Tojikiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi madaniyati kunlari va O'zbekiston Respublikasida Tojikiston Respublikasi madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o'tkazildi.

Yurtimizda tojik millatiga mansub qariyb 1,5 million fuqaro istiqomat qiladi. Mamlakatimizning 10 hududida tojik milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Samarqand, Termiz, Farg'ona davlat universitetlarida tojik tilida mashg'ulotlar olib boriladi.

Tashrifning asosiy voqealari Dushanbe shahridagi Millat qasrida bo'lib o'tdi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon shohsupaga ko'tarildilar. O'zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o'tdilar.

Shundan so'ng Prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo'lib o'tdi. Do'stona va konstruktiv ruhda o'tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga samimiy qabul va O'zbekiston delegatsiyasiga ko'rsatilgan yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda kuzatilayotgan o'sish sur'atini mamnuniyat bilan qayd etdi.


  1. savol: O‘zbekistonning YevroOsiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bilan aloqalarining rivojlanishi. (aloqalarni yangilash, kengaytirish zarurati Sh.M.Mirziyoyev)

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar

YeOIIga kuzatuvchi maqomini olish, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish majburiyatini yuklamaydi va u belgilangan muddat bilan cheklanmagan.



So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi.
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.
Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.
Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.
Ta’kidlash joizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi dastlab Bojxona ittifoqi ko‘rinishida tashkil topgan, unga a’zo davlatlar o‘zaro savdo olib borishda hamkorlikni kuchaytirish, to‘siqlarni kamaytirish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunda mazkur tashkilotga Armaniston, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi a’zo. Shuningdek, Moldova Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2019 yil 29 may kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon ushbu maqom olinganiga bir yil munosabati bilan qilgan nutqida: “Albatta biz integratsion jarayonlar, imkoniyatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirish muammolari va istiqbollari xaqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik” dedi. Bir yil ichida Moldova va YeOII orasidagi tovar aylanmasi

10 foizga ortdi.


Davlatlarning kuzatuvchilik maqomi “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomi to‘g‘risida”gi nizomi bilan tartibga solinadi. Bunda a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan mazkur nizomga asosan, Ittifoq bilan hamkorlik qilish maqsadida bo‘lgan davlat Ittifoqning Oliy Kengashi raisi nomiga kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma yuboradi va bu bilan YeOII ta’sis shartnomasining 109 moddasi doirasida faoliyat yuritishini kafolatlaydi.
Xususan, kuzatuvchi davlatning vakolatli vakillari YeOII taklifiga binoan, Ittifoq organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish, qabul qilingan qarorlar bilan tanishish (maxfiy hujjatlar bundan mustasno) huquqiga ega. Kuzatuvchi maqomi ittifoq organlarida qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini bermaydi.

Kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror tashkilotning Oliy Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Kuzatuvchi maqomini olgan davlat YeOII ta’sis shartnomasida ko‘rsatilgan maqsad va yo‘nalishlarga zid, ittifoq va uning a’zo davlatlari manfaatiga zarar yetkazadigan hatti-harakatlar yo‘l qo‘yilmasligi shart.


YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan davlat hukumati, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakolatxonasiga o‘zining doimiy vakilini yuboradi. Ushbu shaxs kuzatuvchi davlat nomidan Komissiya va uning organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish vakolatiga ega bo‘ladi.
Ushbu doimiy vakil o‘zining davlatidagi Hukumat bilan Ittifoq doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, texnik, bojxona, sanitariya va fitosanitariya reglamentlarini tartibga solish, Komissiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha doimiy aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek kuzatuvchi davlat va a’zo davlatlar uchun o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muloqot o‘rnatish

va hamkorlik qilish masalalarida faoliyat ko‘rsatadi




  1. savol: O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. (aloqalarni yangilash, kengaytirish zarurati Sh.M.Mirziyoyev)

O'zbekistonning MDHda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha muhim tashabbuslari Xalqaro hamkorlik26 Dekabr 2020412

Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag'ishlangan 70 dan ortiq muhim ko'p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu davrdagi samarali faoliyatidan dalolat beradi. MDH davlatlari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bu borada 2020 yil tariximizda muhim iz qoldirdi. Joriy yilda O'zbekiston MDHga raislik qilishdek mas'uliyatli vazifani ilk bor o'z zimmasiga oldi.

Shu o'rinda, O'zbekistonning MDHga raislik davri pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to'g'ri kelganini ta'kidlash joiz. Rejalashtirilgan tadbirlarning ko'p qismi yangi noodatiy sharoitlarda va onlayn formatlarda bo'lib o'tdi. Shunga qaramay, keskin vaziyatda, har qanday sharoitda ham O'zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o'ziga xos salohiyatni namoyish etdi. Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag'ishlangan 70 dan ortiq muhim ko'p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu davrdagi samarali faoliyatidan dalolat beradi. SHu bilan birga, ushbu yil davomida qabul qilingan hujjatlarning ko'p qismi dasturiy xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turdi. YA'ni, rejalashtirilgan tadbirlar aniq ko'rsatilgan holda dasturlar, strategiyalar va yo'l xaritalari shaklida qabul qilindi.

Yana bir jihat - O'zbekistonning savdo-sotiq doirasidagi alohida sheriklar bilan bu yilgi savdosi 20 foizdan oshdi. MDH doirasidagi O'zbekiston faoliyatining samarali ekanligi ekspertlarning yuqori bahosi bilan ham tasdiqlanadi.

Ushbu davr mobaynida O'zbekiston MDH doirasida ikkita shartnomaga qo'shildi. Bular -2006 yil 28 noyabrda Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining gumanitar hamkorlik bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim;

2008 yil 10 oktyabrda Bishkek shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim. MDH doirasidagi ushbu yangi kelishuvlarga qo'shilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, 20 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimiga O'zbekistonning qo'shilishi to'g'risida farmonni imzoladi. Ma'lumki, O'zbekiston BMTning 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.Joriy yilda ushbu konventsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan yoshlar huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi bo'lib o'tdi. MDHning yoshlar bilan ishlash sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimiga qo'shilish davlatimizning yoshlar huquqlarini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Ushbu davrning eng muhim natijasi MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun iqtisodiy rivojlanish strategiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 29 may kuni MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining videokonferentsiya orqali yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida MDHning 2030 yilgacha bo'lgan

davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi, keyinchalik strategiya MDH hukumatlari rahbarlari tomonidan ma'qullandi.

Strategiya keng qamrovli hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjatda hozirgi paytda “global iqtisodiyot yuqori turbulentlik va noaniqlik bilan ajralib turishi” ta'kidlangan. Strategiya ishtirokchi davlatlar o'rtasida iqtisodiy o'zaro aloqalarning 30 dan ortiq yo'nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi va Hamdo'stlik mamlakatlari fuqarolari farovonligini oshirishni, uning ishtirokchi-davlatlarining jahon iqtisodiy aloqalarida mavqeini mustahkamlashni nazarda tutadi.




  1. savol: O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. (2016 yil, Sh.M. Mirziyoyev, yangi shartnomalar, aloqalarni kengaytirish)

Yangilanayotgan Oʻzbekiston tashqi siyosatning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari

Oʻzbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro foydali munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim sohalarga qaratgan.

Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi:


  • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning toʻlaqonli subyekti sifatida oʻrni va rolini yana-da mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va doʻstona qoʻshnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish;

  • Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida obyektiv axborotni yetkazish;

  • Oʻzbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini, shuningdek xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish.

Umuman, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va koʻp tomonlama oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Eng muhim asoslar

Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari Harakatlar strategiyasida koʻrsatilgan vazifalar doirasida boʻlib, xalqaro maydonda aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy qadamlarda oʻz aksini topmoqda.

Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yoʻl xaritalari” tasdiqlangan.

Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur oʻylangan tashqi siyosiy yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tabiiyki, yangi ustuvor yoʻnalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etildi, Belarus va Oʻmonda vakolatxonalar, Rossiya va Qozogʻistondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi.

Xalqaro maydondagi hamkorlik ilgʻor dunyo tajribasini oʻrganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish orqali Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshadi.

Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.

Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi oʻsdi. Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 3,7 baravar koʻproqdir.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, Covid-19 tarqalishini toʻxtatish bilan bogʻliq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.



  1. SAVOLO‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. (Afg'oniston, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, milliy siyosat, diniy e'tiroflar)

Rezolyutsiya muqaddimasida bu boradagi faoliyat aniq misollar bilan birma-bir tilga olingan. Xususan, O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan 2017 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik”

mavzuidagi xalqaro konferensiya natijalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki aynan mazkur xalqaro anjuman mintaqa davlatlarining bu boradagi amaliy ishlari asosiy yo‘nalish hamda mezonlarini belgilab berdi.

Shuningdek, hujjatda xavfsizlik va taraqqiyot sohalarida hududiy hamda xalqaro tashabbuslarni qo‘llab- quvvatlash bosh mezonga aylangani qayd etilgan. Chunki faqatgina shu yo‘l bilan, ya’ni mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish orqaligina barqaror taraqqiyotga erishish mumkin.

Qolaversa, hujjatda qo‘shni davlatlarning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotiga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlariga ham urg‘u berilgan. Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaning ahamiyati alohida qayd etilgan. Bu prinsipial jihatdan to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.

Zero, Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib, Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan hamda yuksak taraqqiy topgan mintaqaga aylantirish mumkin emas. Chunki afg‘on zamini tarixiy va geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyoning ajralmas bo‘lagidir. Uning tinchligi nafaqat afg‘on xalqi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyotning muhim omili sanaladi.





  1. SAVOLO‘zbekistonning chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosati sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. (Xavfsizlik, Markaziy Osiyo, teng siyosat)

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar esa aynan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasiga taalluqli.

Qoʻmitamizning bevosita nazorati va vazifasiga kiruvchi mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targʻibot ishlarini jadallashtirish masalasi davlat dasturi loyihasining 282-bandida belgilanmoqda. Bu yoʻnalishda ushbu illatlarning asl mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targʻibot ishlarini yana-da takomillashtirish, ekstremizm, terrorizm va mutaassiblikni targʻib

qiluvchi gʻoyalarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

BU MASALALARGA NIMA UCHUN EʼTIBOR BERILMOQDA?Buning sababi – birgina 2019-yil davomida terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinganda bu borada ayrim muammolar hamon mavjudligi maʼlum boʻldi.

Xususan. terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yoʻnalishida huquqbuzarliklar sodir etgan 440

nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan. Shuningdek, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar

natijasida respublika hududida sodir etilishi rejalashtirilayotgan 2 ta qoʻporuvchilik harakatlarining oldi

olingan.


Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari taʼsiriga tushib, yashash manzilidan Suriya davlatiga “jihod” qilish maqsadida chiqib ketmoqchi boʻlgan 35 nafar fuqarolarning faoliyatga chek qoʻyildi.

Masalan, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Xalqobod mahallasida yashovchi 20 yoshli qiz internet

ijtimoiy tarmogʻi orqali XTT aʼzolarining taʼsiriga tushib, Suriya davlatiga chiqib ketishni rejalashtirgan. U Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahar xalqaro aeroporti orqali ketayotganligi aniqlanib, respublikamizga qaytarilgan.

Mamlakatimizda Islom diniga oid 9 oʻrta-maxsus, 4 oliy taʼlim va 3 ilmiy-tadqiqot markazlari mavjud

boʻlsa-da, aholi hozirga qadar “hujra”larda dindan saboq olmoqda. 2019-yilda 208 noqonuniy diniy

oʻqish uchun “hujra”lar va 60 ta noqonuniy namozxona tashkil etish holatlari aniqlanib, “hujra”larda 994 nafar shaxslar saboq olayotganliklari, shundan 369 nafari ayollar va 563 nafari voyaga yetmaganlarni tashkil qilgan.

Bu kabi muammolarga bartaraf etish uchun huquqiy asoslar yetarli boʻlishi, bajariladigan ishlar aniq

belgilangan boʻlishi zarur.

Shu nuqtayi nazardan senatorlar tahlillar asosida Davlat dasturiga takliflar berdi. Muammolar yechimiga

qaratilgan amaliy choralar koʻrish boʻyicha maqsad va vazifalarni belgilab oldi.

Demak, Davlat dasturida buzgʻunchi gʻoyalarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab

qoʻyiladi va amalga oshiriladi.

Davlat dasturi loyihasida davlat harbiy tashkilotlari va mamlakat mudofaa tizimini yana-da

takomillashtirish, deb nomlangan bandi boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Unda asosiy eʼtibor harbiy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish, shuningdek Qurolli Kuchlarni 2020-2025-yillarda rivojlantirish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqadi.

Shuningdek, “Kontrrazvedkaviy faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Tashqi razvedka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan boʻlib, asosiy eʼtibor quyidagi jihatlarga

qaratilgan. Yaʼni unda: kontrrazvedkaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash, tashqi razvedka sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash nazarda tutilgan.

Davlat dasturi loyihasining 274 va 275-bandlarida 2020-2023-yillarga moʻljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasi, shuningdek “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi 2020-yil 1-sentyabrgacha ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

Asosiy eʼtibor: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha bilan 2020- 2023-yillarga moʻljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlanadi.





  1. SAVOLO‘zbekistonning chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosati sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. (Xavfsizlik, Markaziy Osiyo, teng siyosat)

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidayoq tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratgan edi.

Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida oʻz ifodasini topdi. Chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy

tashqi siyosat yuritish, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik

muhitini mustahkamlash, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni hal etish kabi

masalalar ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi.

Oʻtgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qoʻyildi. Chegaradan oʻtish, suvdan foydalanish kabi oʻtkir muammolar hal etildi. Chegaralar ochildi, oʻzaro bordi-keldi koʻpaydi.

Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qoʻshni mamlakatlarga amalga oshirdi. Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi. Qozogʻiston bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasida muhim hujjatlar imzolandi.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega Oʻzbekistonning bu saʼy-harakatlari butun mintaqadagi muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ana shunday yaxshi qoʻshnichilik muhiti, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir.

Mazkur anjuman tarixiga nazar tashlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib aytgan edi. 2017-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyoning qoq markazida

joylashgan Oʻzbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoʻshnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. Oʻzbekiston oʻzaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning qatʼiy tarafdoridir", deya taʼkidladi.



  1. SAVOL2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi. (2017 yil fevral, Sh. Mirziyoyev, yangi shartlar)

Harakatlar strategiyasi yangi taraqqiyot bosqichi.

2017-yil 7-fevralda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yonalish belgilandi:

1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari.

2, Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari. 3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yonalishlari

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlaridir. HARAKATLAR STRATEGIYASIda iqtisodiy masalalari alohida orin egallagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o'rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.

Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining (keyingi o'rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini amaliy ro'yobga chiqarishning boshlang'ich mexanizmi bo'ldi.

Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko'rsatdi.

Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.





  1. 186 SAVOL 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati. (Yangi shartlar, vazifalarni belgilab, islohotlarni chuqurlashtirish zarurati)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi.



187 188 SAVOLHarakatlar strategiyasida davlat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. (Demokratiyani chuqurlashtirish, Oliy Majlisning o'rni, "Mening fikrim")

Harakatlar strategiyasida jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. (Demokratiyani chuqurlashtirish, NNTlarning roli, mahalla, "Mening fikrim")

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari


    1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni

hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha

vakolatlarini yanada kengaytirish;

qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy

va sud-huquq isloxotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish;

siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular

o’rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish.



    1. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;

mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda

o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifati va aholi

hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.



    1. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

xalk bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyatining samaradorligini oshirish;

ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.



189 190 SAVOL

Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari. (tenglik, qonun oldida javobgarlik, inson huquqlari)

Harakatlar strategiyasida sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. (Oliy sud, sudlarning yuqori kengashi, tizimni takomillashtirish)

  1. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari

    1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini

demokratlashtirish va takomillashtirish:

sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot

darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;

sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik

tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;

“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;

sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;

sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.



    1. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash:

fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini

ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;

fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.



    1. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish:

jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;

odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik

sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;

jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.





    1. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish

boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati

institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish.



    1. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yana-da mustahkamlash:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini oʻqitish, tanlash, tayyorlash, qayta

tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish,

profilaktika qilish va bartaraf etish boʻyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash.


  1. savol: Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. (Konvertasiya, soliqlar, yashirin iqtisodiyot, tadbirkorni himoya qilish)

Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

(Konvertasiya, soliqlar, yashirin iqtisodiyot, tadbirkorni himoya qilish)

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz

ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik

harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish,

iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.


  1. savol: Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; (Ijtimoiy himoya, zaif guruhlar, infratuzilma)

Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; (Ijtimoiy himoya, zaif guruhlar, infratuzilma)

Aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi tartiblarini joriy qilish va mustahkamlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqa Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida aholining zayf qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari joriy yil 2 apreldan 20 mayga qadar 9139 ta mahallada istiqomat qiluvchi 413 072 ta ehtiyojmand oilaga 49 mlrd. 910 mln. so‘m miqdorida homiylik xayriyalari yetkazib berildi.

Shuningdek, ijtimoiy sharoiti og‘ir 14 ming nafardan ortiq xotin-qiz doimiy daromad olinadigan, 22 299

nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlandi. Qolaversa, nogironligi bor xotin-qizlarni ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda 5579 nafar nogironligi bor xotin-qizga 2250 ta nogironlik aravachasi, 1357 ta eshitish moslamasi, 1972 ta reabilitatsiya vositalari yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Xususiy tibbiyotni yana-da rivojlantirish va ushbu jarayonga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish

bo‘yicha joriy yil birinchi yarim yilligida davlat tibbiyot muassasalarida 173 xil autsorsing xizmatlari

bo‘yicha faoliyat joriy qilinib (rejaga nisbatan 86,5 %), ularning 126 tasini taom tayyorlash; 47 tasini kir

yuvish kabi xizmatlar tashkil etadi.

Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tibbiyot obyektlarida 209,3 mlrd. so‘mlik (14%) ishlar bajarilgan, 195,0 mlrd. so‘m (13%) moliyalashtirilgan. Respublika bo‘ylab 21 ta obyektlarda qurilish taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Toshkent shahrida Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi.

Pandemiya sharoitida tibbiyot muassasalarini zarur asbob-usukunalar va jihozlar bilan taʼminlash uchun xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha tegishli hukumat qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida 4 404 nafar xotin-qiz tadbirkorlik sohalariga jalb etildi. Xotin-qizlardan 1 448 nafarining hunarmandchilik, 301 nafarining kasanachilik sohalaridagi

tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Qolaversa, 426 nafar xotin-qizga mazkur maqsadlarni amalga

oshirishini rag‘batlantirish maqsadida banklar tomonidan jami 58 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar

ajratilishiga ko‘maklashildi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

esa “Xalq banki”ga 42 mlrd. so‘m va “Mikrokreditbank”ka 25 mlrd. so‘m yo‘naltirildi.



  1. savol: Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalari. (Tashqi siyosat, Afg'oniston, ko'p millatli, iqrorlik)

Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalari.

(Tashqi siyosat, Afg'oniston, ko'p millatli, iqrorlik)

Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qabul qilingan farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur farmonga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy

bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish,

mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish

lozim.


Ayniqsa, mazkur yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi.

Aynan, mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda

millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini namoyon etadi. Bu borada, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat

Mirziyoev qayd etganidek: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” -, deya bejiz ta’kidlamagan edi.



  1. savol: Harakatlar strategiyasida chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning ishlab chiqilishi. (Markaziy Osiyo, tenglik, tenglik)

Harakatlar strategiyasida chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning ishlab chiqilishi. (Markaziy Osiyo, tenglik, tenglik)

Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish.

Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda.

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018- 2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.

Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.



  1. savol: “Yangi O‘zbekiston, yangicha dunyoqarash” g‘oyasining mazmun mohiyati. (Milliy g'oya, yangi yondashuvlar, yangi qarashlar)

So‘nggi to‘rt yil mamlakatimiz tarixida tub islohotlar va yangilanish davri bo‘ldi. Ayniqsa, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida sanoatni taraqqiyot ettirishga alohida

eʼtibor qaratildi. Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida olimlar, yozuvchi-shoirlar, madaniyat arboblari, teatr aktyorlari va iqtidorli yoshlardan iborat targ‘ibotchilar guruhlari tomonidan bildirilgan fikrlar va namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, shuningdek, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, 24 noyabr kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida tashkil etilgan tadbirda olimlar, elimiz eʼtiboridagi sanʼatkorlar qatnashdilar.

O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Bahodir Nurmahsumov, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri ijodkori Baxtiyor Musayevlar sahnalashtirilgan spektakllardan parchalar, “Farhod” madaniyat saroyining xonandalari – “Nihol” mukofoti sovrindori Sherzod Davronov, “Shuhrat” medali sohibi Serijan Janaxmetov, Muslima Nurinbetova, Bunyod Hasanov, Samandar Hamidov, Mahbuba Mardonovalar hamda raqs jamoalari qiziqarli konsert dasturini namoyish etdilar. Navoiy davlat konchilik instituti dotsenti Dilfuza Ismoilova yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi, videoroliklar namoyish etildi.



  1. savol: 2019 yilning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili deb e’lon qilinishi va yil davomida amalga oshirilgan tadbirlar. (To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, islohotlarni chuqurlashtirish, texnologiyalar)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasi boshlandi. Murojaatnoma «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan.

Yig‘ilishda parlament rahbariyati va a'zolari, O‘zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmgan,

Bu yig’lishda asosiy ko’rilgan maqsad bular quyidagilar:


Download 240.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling