O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati
Download 17.89 Kb.
|
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati. O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma’naviy merosi, boyligi hisoblanib muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o‘z mazmuniga ko‘ra, moddiy va yozma turlarga bo‘linadi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. O‘tmishda mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda bajariladigan ishlar hali ko‘p. Jumladan, mavjud manbalar ham xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari xususida to‘liq, zarur va etarli ma’lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan ularni sinchiklab o‘rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhim. Xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», qadimgi davr tarixiga oid muhim manba, Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston tirixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid zarur ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg‘oziyning «Shajari turk», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”va shu kabi boshqa asarlarni ham tarixiy manba sifatida misol qilish mumkin. Shu bilan birga Amir Temurning«Temur tuzuklari», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarining ham muhim yozma manba sifatida keltirish o‘rinli. Tarixni o‘rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik va toponimik manbalar va ma’lumotlarning ham o‘rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo‘rg‘onlarning qoldiqlari, aholi turmushi va xo‘jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ro‘zg‘or ashyolarini kiritish mumkin. Shunday manzilgohlar bugungi kunda respublikamizning Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling