Tashqi savdo geografiyasi
Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi. Jumladan, sanoat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 28 ta korxona uchun belgilangan 14 million 480 ming dollarlik rejalashtirilgan savdo haqiqatda 38 ta korxona tomonidan 14 million 461 ming 500 dollarga yoki birinchi chorak bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga nisbatan 99,9 foizga bajarildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 11 ta korxona uchun belgilangan 4 million 654 ming dollarlik reja ijrosi haqiqatda 17 ta korxona tomonidan 2 million 983 ming 400 dollarni tashkil etmoqda.
O‘tgan davrda rejadan tashqari 24 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinib, ularning eksport hajmi 1,4 million dollarni tashkil etdi.
Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi. Tashqi savdoga yo‘naltiriladigan mahsulotlar turi o‘tgan yilgi 28 tadan joriy yilda 32 taga yetdi.
Hududiy eksport dastlabki hisob-kitoblariga muvofiq, Samarqand shahrida joriy yilda jami 101 million 663 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish belgilangan.
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish tufayli mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo’lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo’ldi. Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan 2014-yilda 11,3 foizga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 30 foizdan kamroq bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 70 foizdan ziyoddir.
O‘zbekistonning tashqi savdo tarkibi.
O’zbekistonning tashqi savdo tarkibi
|
2010-yil
|
2016-yil
|
2020-yil
|
|
|
|
|
Tashqi savdo aylanmasi, million dollar
|
805,6
|
6212,1
|
21842,2
|
|
|
|
|
Eksport, million dollar
|
442,7
|
3264,7
|
13044,5
|
|
|
|
|
Import, million dollar
|
362,9
|
2947,4
|
8799,7
|
|
|
|
|
Saldo (+, –), million dollar
|
79,8
|
317,3
|
4244,8
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |