O‘zbekiston tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlari
Download 1.68 Mb.
|
O‘zbekiston tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlari
- Birinchidan
Mustahkam xavfsizlik, barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi turmush darajasini ko‘tarish, konstitutsion tuzum asoslarini mustahkamlash, millatlar ahilligini, xalqlar do‘stligini ta’minlash, fuqarolar erkinliklari va haq-huquqlarini muhofaza qilish mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy maqsadlari hisoblanadi. O‘zbekiston tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlari Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2012 yil sentabrda qonun asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” xalqaro hamjamiyatda katta aks-sado berdi. Davlatimiz rahbari ushbu hujjatning o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida alohida ta’kidlab o‘tdi. Tashqi siyosiy faoliyatga aloqador bo‘lgan masalalar majmuasini chuqur o‘rganish bo‘yicha birgalikda quyidagi katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi: Birinchidan, Konsepsiya O‘zbekistonning istiqlol davridagi 20 yillik taraqqiyoti va o‘zbek davlatchiligining boy tarixiy tajribasini inobatga olgan holda tayyorlandi. Ikkinchidan, tashqi siyosat sohasida konseptual hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi diqqat bilan tahlil etildi va o‘rganildi. Uchinchidan, mintaqamizda va xalqaro maydonda vujudga kelayotgan hozirgi vaziyat, mamlakatimiz atrofida shakllanayotgan murakkab geosiyosiy shart-sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash kabi dolzarb masalalar har tomonlama O‘zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan inobatga olindi. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi milliy xavfsizligimizni yanada mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishning yuqori ko‘rsatkichlarini saqlab qolish, yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga hamda fuqarolik jamiyatiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish uchun imkon qadar qulay tashqi sharoitlarni yaratish talablariga javob beradi. To‘rtinchidan, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi mamlakatimiz qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlar, davlatimiz tomonidan qabul qilingan xalqaro shartnomalar mukammal ravishda inventarizatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi – davlatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta va uzoq istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimi. Dunyoda to‘xtovsiz davom etayotgan “geosiyosiy o‘yinlar”, tobora jadal tus olib borayotgan “geosiyosiy raqobat” jahondagi keskinlik va strategik mavhumlikni kuchaytirayotganligiga e’tibor qaratilgan. Ayrim xalqaro subyektlarning qisqa muddatli va tor doiradagi manfaatlarni ko‘zlovchi shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilayotgan tartibsiz harakatlari xalqaro huquqning fundamental prinsiplari buzilishiga olib kelayotgani ta’kidlab o‘tilgan. – O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek, ulardan ajralib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi; – O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi; – O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga tortilishning oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; – Konstitutsiyaga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi. Hujjatning mazkur bo‘limida O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi vazifalari ham aniq va ravshan belgilab berilgan. Bunda, jumladan, quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi: – milliy manfaatlarni qat’iy himoya qilishga va ilgari surishga yo‘naltirilgan izchil va faol tashqi siyosat strategiyasi olib borish; – Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish. Markaziy Osiyoda munozara va nizolarni, konfliktli vaziyatlarni, keskinlik va tanglik holatlari eskalatsiyasining oldini olish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etishda kerakli o‘rinlarda preventiv diplomatiya usullarini qo‘llash; – O‘zbekistonning dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarining muvozanatli va ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlash; tashqi siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq, transport va boshqa sohalardagi aloqalarni keng diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyalarni jalb etish; – milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishning samaradorligini oshirish uchun ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini ishga solish; Hujjatning uchinchi bo‘limida tashqi siyosatning yana bir nozik va murakkab jihati – tashqi aloqalarning geografik ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining bosh ustuvor yo‘nalishi deb Markaziy Osiyo mintaqasi ko‘rsatilgan. Boshqa bir ustuvor yo‘nalish sifatida MDH davlatlari bilan bo‘lgan aloqalar belgilangan. O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo‘nalish sifatida jahon siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o‘rin tutgan, modernizatsiya jarayonlari uchun kerakli ilg‘or texnologiyalar manbai sanalgan, sanoati rivojlangan G‘arb davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. Tashqi siyosatimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga global siyosat va iqtisodiyotda tobora asosiy o‘rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi kiritilgan. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling