O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
3 –bob bo’yicha xulosa
3-bobning birinchi bo’limida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo’yicha dastlabki choralar to’g’risida”gi Farmonini imzolangandan so’ng O’zbekiston Respublikasi rezidentlari – jismoniy shaxslardan valyuta ayirboshlash shahobchalarida valyuta erkin ravishda sotib olina boshlanganligi bilan birgalikda bir nechta kamchiliklar ham mavjudligi qayd qilib o’tildi. Jumladan valyutani birjadan sotib olish jarayoniing uzoq davom etishi, kurs farqini yuzaga kelishi oqibatida buxgalteriya hisobida qayta baholash ishlarini qiyinlashishi, valyuta konversion bo’limlarida valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari ham to’la shakllanmaganligi bularga misoldir. Ikkinchi bo’limda esa Resbuplikamiz banklaridagi valyuta operatsiyalarining hozirgi valyuta liberallashgan davgacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini ko’rib o’tdik. Ulardan qabul qilingan valyutani liberallashtirish to’g’risidagi farmon eng muhimi deb o’ylaymiz. Chunki aynan ushbu tadbirdan keyin milliy valyutamiz so’mning AQSh dollariga nisbatan kursi ko’tarila boshladi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsa valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda tijorat banklari qonun hujjatlarda belgilangan tartiblardan foydalanishadi. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarida yuzaga kelgan muammolar qisqa muddatli bo’lib kelgusida O’zbekiston valyuta bozorining rivojlanishi hamda valyuta operatsiyalarida erkinliklarni oshishi natijasida ular ham takomillashadi. Bularni rivojlantirishda muhim masalardan biri kadrlar ilmiy va amaliy salohiyatini bank, valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. XULOSA Valyuta siyosati sohasida o’tkazilayotgan islohotlar iqtisodiyotning real va moliya sektorlaridagi jarayonlarga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda.Tijorat banklarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalari yangi bosqichga ko’tarildi. Olib borilayotgan islohotlar valyuta operatsiyalari hajmida, shuningdek ichki valyuta bozorida valyuta mablag’lariga bo’lgan talab va taklif tuzilmasida o’z aksini topdi. Valyuta siyosati erkinlashtirilgandan so’ng banklarning chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari barqaror o’sib kelmoqda, jumladan: - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olinishi o’rtachaoylik miqdori 60% ga – 2022 yilning choragidagi 462 mln. dollardan shu yilning birinchi choragida 740 mln. dollarga o’sdi. - chet el valyutasini sotishning o’rtacha oylik miqdori 4 barobardan ko’proq – 2022 yilning choragidagi 172 mln. dollardan shu yilning birinchi choragida 740 mln. dollarga oshdi. Valyutani tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa bir qator qarorlar qabul qilindi, jumladan: - O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga tovarlar importi, daromad repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to’lash va boshqa nosavdo o’tkazmalar (joriy xalqaro operatsiyalar) uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olish huquqi berildi; - O’zbekiston Respublikasining rezident-jismoniy shaxslariga chet el valyutasini tijorat banklarining konversion bo’limlari orqali sotib olish va ularni chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatish huquqi berildi; - mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha eksportchilarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo’yicha talab bekor qilindi; - yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o’rnatilgan tartibda sotib olishga hamda bank hisobvarag’i orqali tovarlar va xizmatlar importi uchun to’lashga ruxsat berildi; - chet el valyutasida daromad oluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo’jaliklariga o’z bank hisobvaraqlaridagi chet el valyutalarini naqd ko’rinishida olish huquqi berildi; - yuridik shaxslarga dividendlarini chet el valyutasida to’lash huquqi berildi; - jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini hech qanday ruxsatnomalarsiz chet elga olib chiqilishi miqdori 2 mingdan 5 ming dollargacha oshirildi; - tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini chet elga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar berish amaliyoti bekor qilindi; - eksport tushumining kelib tushish muddati – 120 kalendar kuniga uzaytirildi (savdo uylariga chiqarilgan tovarlar uchun – 180 kun); - meva-sabzavot mahsulotlarini invoys asosida kontrakt tuzmasdan eksport qilishga ruxsat berildi (20 ming AQSH dollari ekvivalenti doirasida); Shuningdek, tijorat banklari tomonidan quyidagi yangi xizmatlar joriy etildi, jumladan: Tijorat banklarining valyuta bozoridagi rolini rivojlantirish ularning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va valyuta operatsiyalarini hisobini tashkil etish masalalarini o’rganish hamda takomillashtirishni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasida hozirgi paytda, dunyo amaliyotida amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar amalga oshirilmaydi. O’zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda bir qator muammolar bor va ularning yechilishi valyuta bozorining ancha rivojlanishi va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda dunyo andozalariga yetishiga ko’mak bergan bo’lardi. Hozirda Respublikamizda tijorat banklari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish borasida jiddiy muammolar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1.Respublikamizda valyuta liberallashtirilgandan so’ng AQSh dollarining kursi so’mga nisbatan pasayib borayotgan bo’lsada bu kurs baribir yuqoriligicha qolmoqda va bu import tovarlari narxining yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. 2. Mamalakat joriy valyuta bozorining likvidligini ta’minlash imkoniyati yuzaga kelmagan. Buning natijasida O’zbekiston banklari tomonidan muddatli valyuta operatsiyalari deyarli amalga oshirilmaydi. 3. Korxona vatashkilotlarning joriy valyuta hisob varaqalarini yuritish tartibi haddan ziyod rasmiylashtirilgan va bitimlarning ob’ektiga qarab yo’naltirilgan. Natijada korxonalar faqat belgilangan tovarlarni xarid qilish uchungina to’lovni amalga oshirish xuquqiga ega. 4. Tijorat «sopt»kurslarining bozor bahosini shakllantirishda ayrim muammolarni mavjudligi. Bu joriy savdo operatsiyalarini, banklarning depozit ssuda operatsiyalarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladi, chunki bunda kursning keskin va favqulotda o’zgarish xavfi saqlanib qoladi; 5. Banklarda juda ko’p valyutalar qo’llanilishi va ularning kursini doimiy o’zgarib turishidir. 6. Valyuta kursini o’zgarishidan yuzaga keladigan farq bankning daromad yoki zarari sifatida aks ettirilish. Aslida bu farq foyda ham zarar ham deb aytish qiyin. Sababi majburiyatlar va aktivlar orasidagi munosabatning holati bu foyda yoki zarar ekanligini ifodalaydi. 7. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida banklar tomonidan faqatgina hujjatlashtirilgan akkreditiv va inkassodan usullarida foydalanish. Boshqa hisob-kitob usullari O’zbekiston amaliyotida qo’llanilishi chegaralangan. Xalqaro amaliyotda bank o’tkazmasi, akkreditivning boshqa shakllari, chek va veksellardan ham foydalaniladi. Bu usullarning joriy etilishi bank buxgalteriya hisobini takomillashtirishga xizmat qilga bo’lar edi. Tahlil natijalari asosida quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiq deb o’ylayman: 1. Valyuta operatsiyalari turlarini ko’paytirish. Ya’ni muddatli valyuta operatsiyalarini joriy qilish; 2. Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligini oshirish, bunda O’zbekiston iqtisodiyoti uchun qulay bo’lganhisob-kitob shakllarida foydalanish; 3. Respublikamiz yirik tijorat banklariningxalqaro valyuta bozorlardagi ishtirokini rivojlantirish; 5. Valyuta operatsiyalari hisobida ko’p valyutalik tizimni shakllantirish borasida ularning hisobini soddalashtirish, dasturlar ishlab chiqish va bu sohada ishlaydigan kadrlar ilmiy va amaliy bilimlarini oshirish; 6. Valyuta kursi orasidagi farqlarni hisobga olinishi xalqaro va milliy standarlarga mos ravishda daromad yoki xarajatga olishni muvofiqlashtirish; Ushbu muammolarning hal etilishi O’zbekiston valyuta tizimi va banklarning valyuta operatsiyalarini samaradorligini oshishiga hamda valyutalarni hisobga olinishini takomillashuviga olib keladi. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarida yuzaga kelgan muammolar qisqa muddatli bo’lib kelgusida O’zbekiston valyuta bozorining rivojlanishi hamda valyuta operatsiyalarida erkinliklarni oshishi natijasida ular ham takomillashadi. Bularni rivojlantirishda muhim masalardan biri kadrlar ilmiy va amaliy salohiyatini bank, valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tijorat banklari valyuta operatsiyalarida yuzaga kelgan muammolar qisqa muddatli bo’lib kelgusida O’zbekiston valyuta bozorining rivojlanishi hamda valyuta operatsiyalarida erkinliklarni oshishi natijasida ular ham takomillashadi. Bularni rivojlantirishda muhim masalardan biri kadrlar ilmiy va amaliy salohiyatini bank, valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling