O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
bmi last 16.06

Birinchidan, muddatli bozordagi narxlar darajasi kelgusidagi kon’yuktura 
to’g’risida ma’lumot etkazib turadi. Natijada forvard bozori spot bozoridagi talab va 
taklif nisbatiga ta’sir qilib boradi. 
29
Mikel Kumhof Xalqaro valyuta portfellari nazariyasi haqida 
101-jild 
, 2020 yil yanvar, 376-396-betlar 
Manba: 
https://www.sciencedirect.com/science/article yu Yevropa iqtisodiy sharhi
 


Ikkinchidan, muddatli bitimlar bozori spot bozoridagi raqobatning 
rivojlanishini rag’batlantiradi, chunki muddatli bitimlar bo’yicha ma’lumotlarning 
barcha uchun ochiqligi, talab va taklif xususidagi ma’lumotlarni olish xarajatlarini 
kamaytiradi 
Uchinchidan, muddatli bitimlar bozori spot bozoriga kelib tushadigan 
ma’lumotlarning sifatini yaxshilab borgani sababli, spot bozoridagi narxlar talab va 
taklif nisbatiga tezroq moslashib oladi. 
To’rtinchidan, g’arb mamlakatlari olimlarining tadqiqodlari shuni 
ko’rsatadiki, muddatli bitimlar bozorining vujudga kelishi spot bozoridagi narxlar 
tebranishi amplitudasini birmuncha chegaralaydi. 
Beshinchidan, muddatli bitimlar bozoridan chiqadigan ma’lumotlar spot 
bozoridagi resurslarning joylashishi uchun optimal sharoit yaratadi. 
Oltinchidan, muddatli bitimlar bozori turli hududlardagi bozorlar 
kon’yukturasining tenglashishiga imkoniyat yaratadi. 
Muddatli bitimlar bozorining bozor iqtisodiyotidagi rolini o’rganishga 
iqtisodiy nazariya klassiklari ham harakat qilishgan. Jumladan, M. Keyns o’zining 
pul va pul muommalasiga oid asarlarida muddatli bitimlar bozori ishlab 
chiqaruvchilarning moliyaviy ahvolini himoyalash vositasi ekanligini ochib bergan. 
J. Keyns nazariyasi bo’yicha, muddatli operatsiyalar bozoridagi narxlar spot 
bozorida shakllanadigan kelgusi narxlar indikatori rolini o’taydi. 
J. Keyns muddatli operatsiyalar bozoridagi spekulyatsiyaning rolini ham 
chuqur va batafsil ko’rib chiqqan. Uning fikricha, umuman olganda spekulyatsiya 
ushbu bozorda ijobiy rolni o’ynaydi, chunki u iqtisodiy jihatdan ob’ektiv zarur 
vazifalarni bajaradi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling