O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bmi last 16.06



O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari 
Mundarija: 
I BOB. Valyuta operatsiyalarining tashkiliy-huquqiy asoslari. 
1.1. Valyuta operatsiyalarining mohiyati, zarurligi va turlari 
1.2. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari
bob bo’yicha xulosa 
II BOB. Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari va ularni hisboni yuritish 
amaliyoti tahlili. 
2.1. Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari 
hisobi 
2.2. Ichki valyuta bozori sharhi 
2.3. Valyuta operatsiyalarini bajarishda chet el banklari tajribasi II bob 
bo’yicha xulosa 
III BOB. TIJORAT BANKLARI VALYUTA OPERATSIYALARINI 
KELGUSIDA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI 
3.1. Tijorat 
banklari 
valyuta 
operatsiyalarini 
amalga 
oshirishdagi 
muammolar va ularning yechimlari 
3.2. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari 
III bob bo’yicha xulosa 
KIRISH 
Mavzusining dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so’ng, 
o’tgan qisqa vaqt mobaynida bank sohasi rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar 
yaratildi, tijorat banklarining faoliyati ushbu qisqa davrda kutilgandan ham 
unumliroq tarzda takomillashdi. Tijorat banklarining takomillashishining asosiy 
sabablaridan biri, O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligidagi ishtiroki 
salmog’i oshib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko’lami kengayib borayotganidadir. 
Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy hayotning barcha javhalariga keng miqyosda kirib 
borayotgan hozirgi sharoitda bank tizimiga, ushbu tizimda boshqaruv jarayonlarini 


zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga bo’lgan talab yanada kuchaymoqda. 
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqlarida, Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ham mamlakatimiz rahbari 
moliya-bank tizimidagi islohotlarga alohida to’xtalib, ushbu sohada ko’plab nizom 
va me’yoriy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish lozimligini aytib o’tgan edilar. 
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur’ati sezilarli darajada 
sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning 
kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida 
ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish 
imkonini berdi. 2023-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizda 34 ta tijorat banki va 
uning bir necha fililali, minibanklar, operatsion kassalar, ko’chma kassalar faoliyat 
yuritmoqda.
1
Hukumatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonni qabul qilinishi bank tizimidagi islohotlarni 
yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Farmon asosida ishlab 
chiqilgan “2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” Davlat dasturining uchinchi 
ustuvor yo’nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo’nalishlari”ga bag’ishlangan va bunda aynan bank tizimidagi islohotlarni 
chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
2
Valyuta tizimidagi eng katta islohot esa O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo’yicha 
dastlabki choralar to’g’risida”gi PF-5177 sonli Farmonini imzolandi. Unga ko’ra 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2018 yilning birinchi yarim yilligi 
1
O

zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O

zbekiston Respublikasining banklar faoliyati to’g’risidagi 
ma’lumot ma’lumotlari Manba:
https://cbu.uz/uz/statistics/paysistem/1001474/
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida PF-4947-sonli Farmoni. //O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2017-2021. – № 6 (766) Manba: https://lex.uz/docs/-3107036. 


yakunlari bo’yicha mazkur Farmonda belgilangan normalar tahlilidan kelib chiqib, 
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni yangi 
tahriri loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi. Unda: 

havola qiluvchi me’yorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda
valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlari; 

O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini 
ta’minlash; 

yuridik va jismoniy shaxslarning o’z valyuta mablag’larini erkin 
tasarruf etish huquqini to’liq ro’yobga chiqarish

respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati 
bilan bog’liq operatsiyalarni tartibga solish masalalari ko’zda tutilgan. 
Shu sababli “Tijorat banklarning valyuta operatsiyalari va uni rivojlantirish 
yo’llari” shubhasiz, hozirgi zamon dolzarb mavzulardan biridir. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling