O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


 Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bmi last 16.06

1.2. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari 
O’zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solishni 
O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Markaziy bank O’zbekiston 
Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlaydi va uni boshqarish bilan 
bog’liq barcha operatsiyalarini amalga oshiradi. Shuningdek valyuta monasabatlari 
“Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonun asosida ham tartibga solinadi. 


O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga 
muvofiq valyuta qimmatliklariga quyidagilar kiradi: 

chet el valyutasi; 

chet el valyutasi ko’rinishi qimmatli qog’ozlar, ya’ni fond 
qimmatliklari (aksiya, obligatsiya va shu kabilar); 

chet el valyutasidagi to’lov xujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar 
va shu kabilar); 

qimmatbaho metallar-oltin, kumush, platina va platina guruhiga 
kiruvchi metallar (polladiy, iridiy osmiy) har qanday ko’rinishda, shuningdek lom 
ko’rinishida (har xil yuvelir ko’rinishi bundan mustasno); 

Tabiiy qimmatbaho toshlar - olmos, rubin, zumrad, sapfir 
aleksandritlar, hamdahar xil gavharlar ko’rinishda, shuningdek lom ko’rinishida (har 
xil yuvelir ko’rinishlar bundan mustasno). 
Shuningdek, ushbu qonunning 1 bo’lim 9-moddasiga muvofiq
12
, chet el 
valyutasiga quyidagicha ta’rif berilgan: 

Chet el 
davlatida 
muomalada yuruvchi 
va 
qonuniy
to’lov vositasi 
hisoblanadigan pul birliklari 

Chet el davlatlarning pul birliklari va xalqaro pul birliklari 
hisobvaraqlari va depozitlardagi mablag’lari. 
Qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunga binoan, 
O’zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalari ikkiga bo’linadi: 
1. Joriy valyuta operatsiyalari; 
2. Kapitallar harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari.
13
Joriy valyuta operatsiyalariga tovar va xizmatlar eksporti va importi, valyuta 
qimmatliklari oldi-sotdisi, intellektual boylikka egalik xuquqini sotish bo’yicha 
12
“Valyutani tartibga solish to’g’risida” gi 573-sonli O’zbekiston Respublikasining qonuni 22.10.2019
13
“Valyutani tartibga solish to’g’risida” gi 573-sonli O’zbekiston Respublikasining qonuni 22.10.2019


hisob-kitoblar hamda qarz mablag’larni berish yoki jalb qilishni ko’zda tutmaydigan 
va to’lov muddati uzaytirilmaydigan hisob-kitoblar, ya’ni: 

bank qo’yilmalari, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy 
operatsiyalar bo’yicha foiz, dividend va boshqa daromadlarni xorijga va xorijdan 
o’tkazish; 

notijorat xarakteriga ega bo’lgan o’tkazmalar, shu jumladan, ish haqi, 
nafaqalar, alimentlar, meroslar va boshqa shu kabi operatsiyalar kiradi. 
Kapitallar xarakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga: 

investitsiyalar, shu jumladan qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish yoki 
sotish; - kreditlar berish va olish; 

mablag’larni 
jalb qilish va 
ularni hisob varaqlari 
hamda
qo’yilmalarga 
joylashtrish; 

to’lovlarni amalga oshirish yoki valyuta qimmatliklariga egalik xuquqi 
vaqt o’tishi bilan boshqa shaxslarga o’tishi bilan bog’liq va moliyaviy operatsiyalar. 
O’zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini vakolatli banklar amalga 
oshiradi. Vakolatli banklar - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
valyuta operatsiyalarini o’tkazishga berilgan litsenziyaga ega banklardir. 
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini olish-sotish operatsiyalari Markaziy 
bank tomonidan belginlagan tartibda amalga oshiriladi. 
Bunda valyuta birjasi quyidagi turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi: 

chet el valyutasini olish-sotish bo’yicha kimoshdi savdosini tashkil 
etish va valyuta bozori qatnashchilari bilan bitimlar tuzish; 

O’zRVBda tuzilgan 
bitimlar 
bo’yicha 
banklar
o’rtasida 
chet el valyutasida va so’mlarda hisob-kitoblarni tashkil etish; 

O’zRVBda tuzilgan 
bitimlar 
bo’yicha 
so’mga
nisbatan 
chet el valyutalarining joriy kursini belgilash. 
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini olish-sotish operatsiyalarida qatnashish 
huquqiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda vakolatli banklar 


egadirlar. Valyuta birjasi a’zolari bo’lgan vakolatli banklar O’zRVB kimoshdi 
savdolarida operatsiyalar amalga oshirish huquqiga ega. O’zRVB a’zoligiga qabul 
qilish hamda kimoshdi savdosiga kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining tegishli me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. 
Valyuta bozori qatnashchilari valyuta birjasida operatsiyalarni vakolatli bank 
rahbari imzolagan ishonchnoma asosida ish olib boradigan o’z vakillari orqali 
amalga oshiradilar. Vakolatli banklar mijozlarning topshirig’iga muvofiq mustaqil 
ravishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan 
tartibda chet el valyutasini olish-sotish yuzasidan bitimlarni tuzishlari va amalga 
oshirishlari mumkin. Faqat O’zbekiston Respublikasining rezidentlarigina bitimlar 
bo’yicha xaridor bo’lishlari mumkin. 
Norezidentlar chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
ruxsati bilan sotib oladilar. Rezident va norezidentlar vakolatli banklar orqali ichki 
valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish (norezidentlar faqat 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan) huquqiga egadirlar. 
Ular chet el valyutasini olish-sotish uchun mijozlar vakolatli banklarga tegishli 
buyurtmanomalarni taqdim etadilar. Sotib olingan chet el valyutasi uni keyinchalik 
buyurtmanomada ko’rsatilgan maqsadlarda ishlatish uchun mijozlarning maxsus 
hisobraqamlariga hisoblab yoziladi. 
Maxsus hisobraqamlaridagi valyuta mablag’larini hisobdan chiqarish uchun 
mijozlar vakolatli banklarga o’zlarining topshiriqnomalarini va quyidagi hujjatlarni 
taqdim etadilar: 
a) 
asosiy qarzni va uning yuzasidan foizlarni uzish uchun joriy to’lovlarni 
amalga oshirish vaqtida kredit olinganligini hamda uni uzish shartlarini tasdiqlovchi 
hujjatlarni; 
b) 
tovarlar hamda xizmatlar importi bo’yicha hisob-kitoblarda - to’lov 
summalari va muddatlarini tasdiqlovchi kontraktlar va boshqa hujjatlarning 
nusxalarini (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarga doir dalolatnomalar; yuk 
bojxona deklaratsiyalarining nusxalari va h.k.); 


v) xorijiy ishtirokchilarga tegishli bo’lgan foyda va dividendlarni chet elga 
o’tkazish uchun - korxona yuqori organining foydani taqsimlash hamda 
dividendlarni to’lash haqidagi qarori (belgilangan shakl bo’yicha ma’lumotnoma 
hisob-kitoblarni ilova qilgan holda); 
g) zarurat tug’ilganda boshqa talab qilingan hujjatlarni. 
Sotib olingan chet el valyutasidan maqsadli va o’z vaqtida foydalanilishi 
ustidan nazorat qilish vakolatli banklarning zimmasiga yuklanadi. 
Mamlakatimiz banklarida svop operatsiyalarini amalga oshirish “O’zbekiston 
Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish 
tartibi to’g’risida”gi nizom
14 
asosida olib boriladi. Ushbu nizomga muvofiq 
muvofiq valyutaviy svop operatsiyasi: 
Markaziy bank va vakolatli banklar o’rtasida: 

vakolatli banklar o’rtasida o’zaro; 

svop bitimi joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog’liq bo’lgan taqdirda, 
bank mijozlari va vakolatli banklar bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Valyutaviy svop operatsiyasi milliy yoki chet еl valyutasida banklarning 
likvidliligini saqlab turish, valyutadagi aktivlarni diversifikatsiyalash va valyuta 
pozitsiyasi tuzilishini yaxshilash, valyuta xatarini minimallashtirish va xedjirlash 
(valyuta kursi o’zgarishidan ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar xatari), shuningdek 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini joylashtirish orqali daromad olish maqsadlarida 
amalga oshirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan 
valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet еl valyutasi sifatida AQSh 
dollari, yevro, Angliya funt sterlingi, Shveytsariya franki va Yaponiya iyenasidan 
foydalaniladi. Valyutaviy svop operatsiyasi so’m va chet еl valyutasi bilan
shuningdek ikki chet еl valyutasi o’rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Markaziy bank va vakolatli banklar o’rtasidagi, shuningdek vakolatli banklarning 
o’zaro valyutaviy svop operatsiyalari savdo tizimida tuziladi va bajariladi. Vakolatli 
14
“O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi 
to‘g‘risidagi nizomi “ 1839-sonli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 24 iyul


banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari ushbu 
Nizomga muvofiq bevosita banklarda amalga oshiriladi. Vakolatli banklar 
valyutaviy svop operatsiyasini amalga oshirishda Markaziy bank tomonidan 
o’rnatilgan ochiq valyuta pozitsiyasi limitlari: 

chet еl valyutasining har bir turi bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi; 

ochiq valyuta 
pozitsiyalari qiymat 
kattaligi 
bo’yicha
o’rnatilgan limitlar. 
Valyutaviy svop operatsiyasini o’tkazish maqsadida milliy valyutadagi hisobkitob 
foiz stavkalari va chet еl valyutasidagi hisob-kitob foiz stavkalari o’rnatiladi. 
So’m bo’yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 
miqdorida yoki O’zbekiston banklari Assotsiyasining banklararo kredit stavkasi 
bo’yicha ham o’rnatilishi mumkin. 
Chet еl valyutalari bo’yicha foiz stavkalari valyuta turiga bog’liq ravishda 
quyidagi miqdorlarda o’rnatilishi mumkin: 

AQSh dollari 
uchun - 
AQSh Federal 
zaxira tizimi foiz
stavkalari 
(Federal funds target rate); 

Yevro uchun - Yevropa Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi 
(Minimum bid rate at refinancing tender); 

Angliya funt sterlingi uchun - Angliya bankining bank stavkasi (bank 
rate); 

Yaponiya iyenasi uchun - Yaponiya bankining "overnayt" (overnight 
funding rate) qayta moliyalash stavkasi. 
O’zbekiston respublikasining “Ochiq valyuta pozitsiyasi” 
15 
to’g’risidagi qonunga 
ko’ra quyadagicha: 

vakolatli bank nomi keltirib o’tiladi, hamda yangi sarlavhadan yil 
yozilib osha yil uchun ochiq valyuta pozitsiyasini saqlash to’g’risidagi hisobot deb 
tuziladi va summasi ming so’mda korsatiladi. 
15
“Ochiq valyuta pozitsiyasi” to’g’risidagi qonun, O’zbekiston respublikasining qonun 28.03.1998 


1-jadval 
O’zbekiston Respublikasining umumiy valyuta pozitsiyasini aniqlanishi
16
Valyuta turi 
Sotib olish va sotish 
operatsiyalari 
Shoshilinch 
operatsiyalar 
Umumiy 
pozitsiya 
uzoq 
qisqa 
uzoq 
qisqa 
uzoq 
qisqa 
AQSH 
dollari 
Nemis 
markasi 
Fransuz 
franki 
Rossiya 
rubli 
……. 
……. 
Miqdori 
bo’yicha 
pozitsiya 
Jami 
aniqlash 
pozitsiya 
Umumiy valyuta 
pozitsiyasi 
Ushbu jadvalda valyuta turi boyicha ularning sotib olish va sotish 
operatsiyalari, shoshilinch operatsiyalari hamda umumiy pozitsiyalarini aniqlash 
mumkin bo’ladi. Har bir operatsiyalarni uzoq va qisqa davrga bo’lib ko’rladi. 
Jadvaldan tashqari ham qo’shimcha valyuta turlarini qo’shib ko’rib chiqish mumkin. 
Ochiq valyuta pozitsiyasi bo’yicha tuziladigan hisobotlar : 

Hisobotda muomalalar hajmi hisoblash usuli bo’yicha beriladi. 
Shunday qilib, har bir hisobot davri oxiridagi valyuta pozitsiyasining qiymati oldingi 
hisobot davri oxiridagi valyuta pozitsiyasining natijasiga, hisobot davrida amalga 
oshirilgan operatsiyalar balansiga plyus/minus qo’shilgan holda tengdir. 

Xorijiy valyuta so’mga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan hisobot sanasida belgilangan kurs bo’yicha konvertatsiya qilinadi. 
16
Ochiq valyuta pozitsiyasi” to’g’risidagi qonun, O’zbekiston respublikasining qonun 28.03.1998 



Fyuchers operatsiyalari bo’yicha yakuniy hisob-kitoblar "Sotib olish va 
sotish operatsiyalari" ustunida ko’rsatilishi kerak. 
Hisobot nazoratchisining imzosi, familiyasi va bosh harflari, so’ngra ijrochi uning 
famliyasi bosh harflari keltirilib o’tiladi. 
2-jadval 
Ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblashga misol
17
Valyuta 
turi 
Sotib olish va sotish 
operatsiyalari 
Shoshilinch 
operatsiyalar 
Umumiy 
pozitsiya 
uzoq 
qisqa 
uzoq 
qisqa 
uzoq 
qisqa 
AQSH 
dollari 
4169 
-6671,2 
-2501,7 
Nemis 
markasi 
2276.5 
-910, 
1365,9 
Fransuz 
franki 
-1358 
217.5 
814 
Gollandiya 
gulderi 
808 

808 
Avstriya 
shillingi 
-1231.2 
194.4 
-1036,8 
Sumi 
549,8* 
Jami 
7254 
-2589,2 
2367.2 
-7581,8 
miqdori 
bo’yicha 
pozitsiya 
miqdori 
bo’yicha 
pozitsiya 
umumiy 
aniq 
pozitsiya 
4664.8 
-5214.6 
umumiy 
valyuta 
pozitsiyasi 
umumiy 
valyuta 
pozitsiyasi 
umumiy 
valyuta 
pozitsiyasi 
umumiy 
valyuta 
pozitsiyasi 
3538.5 
-3538,5 
Ushbu jadvalda valyuta turi boyicha ularning sotib olish va sotish operatsiyalari 
qaysi valyutaga qaysi pozitsiya ya’ni uzoq yoki qisqa pozitsiya to’g’ri 
17
Ochiq valyuta pozitsiyasi” to’g’risidagi qonun, O’zbekiston respublikasining qonun 28.03.1998 


kelayotganini, shoshilinch operatsiyalari uzoq va qisqa mudatga to’g’ri 
kelayotgan valyuta turlarini hamda umumiy pozitsiyalarini aniqlashda ham ushbu 
valyuta turlarini pozitsiyalarini ko’rib chiqish mumkin bo’ladi. Misol tariqasida 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan stavkalar: -1 
AQSH doll -83,38; -1 Nemis markasi -45,53; -1 Fransuz franki 13,58;-1 
Gollandiya gulderi -40,4; -1 Avstriya shillingi -6,48 deb olingan. Har bir 
operatsiyalarni uzoq va qisqa davrga bo’lib ko’rlgan. "-" belgisi qisqa 
pozitsiyalarni bildiradi. Umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limitini 
hisoblash: 
Limit= 3538.5 ∕ 30 000 x 100 = 11,8 
Har qanday bir valyuta uchun ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblash : 
a ) AQSH dollari 
Limit= 2501.7 ∕ 30 000 x 100 = 8.3 
b ) nemis markalari 
Limit= 1365,9 ∕ 30 000 x 100 = 4,55 
* Umumiy sof pozitsiya qisqa va - 549,8 (-5214,6 + 4664,8), ya’ni so’m 
bo’yicha pozitsiya uzun va 549,8 ni tashkil qiladi (qoida tariqasida). Jami valyuta 
pozitsiyasi (barcha uzun/qisqa pozitsiyalar yig’indisi) 3538,5. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling