O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bmi last 16.06

Tadqiqotning predmeti valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi 
iqtisodiy munosabatlardir. 
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati undagi takliflar va xulosalar 
tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini takomillashtirish bo’yicha tadbirlarini 
ishlab chiqishda, shuningdek iqtisodiyot yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida pul, 
kredit va banklar, bank ishi va xalqaro valyuta-kredit munosabatlari fanlarida 
foydalanish mumkin. 
BMIning tarkibi va hajmi mazkur bitiruv malakaviy ishim 3 bob, 1-bob 2 ta 
bo’lim va xulosadan, 2-bob 3 ta bo’lim va xulosadan, 3-bob 2 ta bo’lim va xulosadan 
iborat. Tadqiqot hajmi 82 bеtdan iborat bo’lib, ishda tahlil natijalari 5 ta jadval va 8-
rasmni o’z ichiga olgan. 
I BOB. Valyuta operatsiyalarining tashkiliy-huquqiy asoslari. 
1.1 Valyuta operatsiyalarining mohiyati, zarurligi va turlari 
Tijorat banklarining faoliyati qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda 
takomillashdi. Tijorat banklarining takomillashishiga sabab, O’zbekiston 
Respublikasining jahon xo’jaligidagi ishtiroki salmog’i oshib, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar ko’lami kengayib borayotganidadir. 
O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlangan moliya bozorisiz ko’tarila olmaydi. Valyuta 
bozori esa, moliya bozorining bir qismidir. 


Valyuta operatsiyalarida valyuta kursini aniqlash muhim hisoblanadi. Nisbatan 
iqtisodiy erkin mamlakatlarida kurs asosan yirik banklar va yirik milliy ham 
transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning market-maklerlari tomonidan 
kutilayotgan talab va taklif o’rtasidagi farqqa bog’liq holda o’rnatiladi. 
Valyuta kursi - bu bir mamlakatning pul birligini oldi-sotdi bitimida 
qatnashishida boshqa bir mamlakat pul birligida namoyon bo’lishini ko’rsatuvchi 
qiymat hisoblanadi. Bu baho erkin bozor sharoitida ma’lum bir valyutaga bo’lgan 
talab va taklifning nisbatan kelib chiqib o’rnatiladi yoki hukumatning davlat banki 
hisoblanmish Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi. 
Chet el valyutalari qanday kotirovkalanadi? Ko’pgina davlatlarda to’g’ri 
kotirovka qo’llaniladi. Bunga muvofiq, ayirboshlash kurslari ma’lum bir chet el 
valyutasini ekvivalenti ko’rsatiladi. Kotirovka valyutalar turiga qarab 1, 10, 100 va 
1000 birlikda bo’lishi mumkin. Bunda, chet el valyutasini Shvetsariya franki, AQSh 
dollariga nisbatan va shu kabilar. 
Masalan: 1 AQSh dollari= 11 410,17 so’m, 1 AQSh dollari=81,78 rubl. (2023yil 
11- aprel holatiga ko’ra)
7
AQShda ichki maqsadlar uchun to’g’ri kotirovkadan foydalanadilar. Ya’ni, chet 
el valyutasining bahosi AQSh dollarida ifodalanadi. Biroq, chet el valyutasi bilan 
bog’liq xalqaro operatsiyalarda AQSh banklari «Yevropa shartlariga» rioya qiladi, 
ya’ni egri kotirovkadan foydalaniladi. Bunga muvofiq, amerika banki chet el 
valyutalarining kotirovkasini bir dollarga nisbatan olmaydi, balki ularni 100 birlikka 
nisbatan va ularni dollarga ekvivalentida oladi. O’zbekiston Respublikasi bank 
tizimida valyutalarini kurslari to’g’ri kotirovka orqali aniqlanadi. 
Buyuk Britaniya egri kotirovkadan foydalanuvchi mamlakatlardan biri bo’lib 
hisoblanadi. Londonda Nyu-Yorkda farqli o’laroq AQSh dollarining kursini-dollar 
1 funt stelingga nisbatan kotirovka qilinadi. Boshqacha aytganda, egri kotirovkalar 
tizimida funt yoki dollar boshqa bir valyutaning bir valyutaning birligini namoyon 
7
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta kursi. Manba: https://cbu.uz/oz/ 


etadi. Biroq bunga qaramasdan, turli mamlakatdan ikki sherik valyuta bitimini 
amalga oshiradigan bo’lsa, ular bir sherigining valyutasi bilan operatsiyani amalga 
oshirishi uchun egri kotirovkadan foydalanishga majbur bo’lishadi. Yirik xajmda 
valyutalar oldi-sotdi bo’lgan dadillerlar odatda dollarlarning kursini kotirovka 
qiladilar. 
Valyuta operatsiyalari - bu xorijiy valyutada va valyutaviy qimmatliklar bilan 
bo’ladigan oldi-sotdi operatsiyalaridir. Xorijiy valyuta deganda davlatlarning 
banknotalari va almashinuvchi tangalari tushuniladi. 
Valyutaviy qimmatliklarga quyidagilar kiradi: 

xorijiy valyutada yozilgan qarz majburiyatlari, ya’ni oddiy veksellar va 
trattalar; 

xorijiy valyutadagi yozilgan qimmatli qog’ozlar; 

oltin, platina va boshqa qimmatbaho metallar, toshlar; 
Valyuta operatsiyalari asosan valyuta bozorlarida amalga oshiriladi. Valyuta 
bozorlari deganda milliy valyuta xorijiy valyuta xarid qilish yoki sotish yuz 
beradigan va bunda valyuta kurslari ularga bo’lgan talab va taklif natijasida yuzaga 
keladigan rasmiy valyuta-moliya bozorining eng yirik jahon markazlari London, 
Nyu-York, Frankfurt, Mayn va Tokio hisoblanadi. Valyuta operatsiyalariga 
quyidagilar kiradi: 

valyuta boyliklariga bo’lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning 
o’ziga shaxsga o’tishi hamda valyuta boyliklarini to’lov vositasi sifatida ishlatish 
bilan bog’liq operatsiyalar; 

valyuta boyliklarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va 
jo’natish, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo’natish; 

xalqaro pul jo’natmalarini amalga oshirish; 

rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi milliy valyutadagi operatsiyalar. 
Valyuta operatsiyalarining umumiy tasnifi joriy xalqaro operatsiyalarga hamda 
kapital xarakati bilan bog’liq operatsiyalarga bo’linadi. 


O’z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalar o’z xarakteri va namoyon bo’lish usuliga ko’ra quyidagilarga 
bo’linadi: 
1. Spot tipidagi valyuta operatsiyalari; 
2. Muddatli valyuta operatsiyalari: 

forvard tipidagi valyuta operatsiyalari; 

valyuta opsionlari bilan bog’liq valyuta operatsiyalari; 

valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
3. Svop tipidagi valyuta operatsiyalari. 
Kassa bitimlari (naqd bitimlar) yoki spot operatsiyalari. 
Spot operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni davomida 
valyuta ayriboshlashdir. 
Spot kurs bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat valyutasini boshqa bir 
mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat’iy 
belgilangan rejimda ishlashdan qat’iy nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda 
milliy valyuta chet ellardagi qadri qancha ekanligini o’zida aks ettiradi. 
Asosan spot bitimlarining kursi - bu telegraf o’tkazmasi kursidir. Spot kurs ikki xil 
yo’l bilan aniqlanadi: 
- valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali 
- birjadan tashqari savdoda dillerlarning o’zaro telefon orqali savdosida 
aniqlanadi.
8
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi kursi)ga 
bo’linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valyua bitimini har doim 
o’zi uchun foydali kurs bo’yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani har doim 
qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) xarakat 
qiladilar. Bu spekulyativ operatsiyalarning asosiy tamoyilidir. 
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank xarajatlarini 
qoplash va qisman valyutariskini sug’urtalashga yo’naltiriladi. Agarda bank amalga 
8
J.X.Ataniyazov, N.X.Jumayev, E.D.Alimardonov darslik Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari 1qism 2020 


oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontr bitim hisobiga 
amalga oshirsa, u marja hisobiga foyda ko’radi. Shuning asosida banklar valyuta 
operatsiyalari bo’yicha mijozlarni ko’proq jalb qilishdan manfaatdor. 
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga teng desa ham bo’ladi, albatta 
komissiya haqini chegirib tashlanadi. Bu operatsiya mamlakatimiz banklarida keng 
qo’llaniladigan operatsiyalardan biridir. 
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda 
olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud valyuta operatsiyalari orasida 
risk darajasida eng yuqori bo’lgan valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, 
spot operatsiyalarining amalga oshirish vaqti qisqaligi tufayli uni sug’urta 
qilinmaydi. Shuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot operatsiyalarini 
katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib 
ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini ham 
maksimal darajada qisqartirishga harakat qiladilar. Bankning valyuta pozitsiya 
deganda xorijiy valyutadagi talab va majburiyatlarining o’zaro nisbati tushuniladi. 
Agar ma’lum bir valyuta turi bo’yicha talablar summasi majburiyatlar 
summasidan yuqori bo’lsa, bankning ushbu valyutaga nisbatan pozitsiyasi «uzun» 
deyiladi. 
Aksincha, majburiyatlar summasi talablar summasidan katta bo’lsa, pozitsiya 
«qisqa» deyiladi. Agarda majburiyatlar summasi talablar summasiga teng bo’lsa, 
bank bu valyuta bo’yicha «yopiq» pozitsiyaga ega hisoblanadi. 
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo’lmaydi. Chunki 
agarda bank misol uchun AQSh dollariga nisbatan «qisqa» pozitsiga ega bo’lsa va 
USD kursi to’satdan ko’tarilib ketsa, bank zarar ko’rishi aniq. Kurs oshishi prognoz 
qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo’lgani ma’qul.
9
Lekin, agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda «uzun» 
pozitsiyaning yaxshi tomoni yo’q. Albatta, o’z mablag’larini garovga tikkisi 
9
 
Emerging Markets Review “Options and central bank currency market intervention: The case of
Colombia” Helena Glebocki. Keefe
a
Erick . Manba: W.RengifoVolume 23, June 2019, Pages 1-25


kelmagan banklar valyuta pozitsiyalarini «Yopiq» ushlashlari mumkin, lekin bunda 
ular kurs o’zgarishdan kelishi mumkin bo’lgan foydadan ham mahrum bo’ladilar. 
Muddatli valyuta operatsiyalari deb belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan 
oshiq bo’lgan muddatda, amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. 
Amaliyotda 
muddatli bitimlarning quyidagi keng tarqagan turlari mavjuddir. 
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Forvard valyuta bitimlari; 
2. Fyuchers bitimlari; 
3. Valyuta opsioni; 
4. Svop operatsiyalari. 
Muddatli bitimlarning keng tarqagan turlaridan biri forvard valyuta bitimidir. 
Forvar valyuta bitimi - bu voz kechib bo’lmaydigan va bank bilan uning mijozi 
o’rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan valyutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd 
qilingan 
ayirboshlash 
kursida 
kelajak 
muddatlarda 
shartnomaning 
majburiyatlarining bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasini 
namoyon qiladi. Forvard valyuta bitimining o’ziga xos omillari mavjud: 
a) bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan 
keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan 
chet el valyutasini sotib olishi yoki sotish shart; 
b) bitim et el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda 
ko’rsatilgan summadan ko’proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi 
yo’q; 
v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz forvard bitimining 
bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqinlashtira olmaydi. 
Agar bank sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijozi bilan kelishmay, 
balki tashqi valyuta bozori bilan aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki 
bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard bitimlari uchun albatta valyuta bozori 
orqali valyutaning sotib olinishi yoki sotilishini qoplanishni ta’minlashi kerak. 
Dillerning «pozitsiya»si har qanday ma’lum kunning yoki davr oxirida doimo teng 


holga olib kelishi shart. Bu shuni anglatadiki, sotib olinayotganva sotilayotgan 
valyutalar balanslashtiriladi. 
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajaraolmagan holda bank 
baribir bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi kerak bo’ladi. Shuning uchun bank 
mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart, mijoz 
shartlarni bajara olmagan taqdirda bank bitimning muddatini «uzaytiradi» yoki 
«yopadi». 
Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan yoki opsionli bo’ladi. 
a) qat’iy belgilangan valyuta bitimi bu kelajakda aniq bir sanada bajarilishi shart 
bo’lgan bitim. 
b) opsionli valyuta bitimi bu mijozining xoxishiga ko’ra yoki - bitim tuzilgan 
vaqtdan uning bajarilishigacha bo’lgan xohlagan davr ichida amalga oshiriladi. 
Forvard kursi spot kursidan forvard marjasi miqdoriga farq qiladi. Marja mukofot 
ko’rinishda bo’lishi mumkin, bunda forvard - kurs sopt-kursdan yuqori bo’ladi; yoki 
diskont (chegirma) ko’rinishida bo’lishi mumkin, bunda forvard kurs spot-kursdan 
past bo’ladi. 
Asosan forvard valyuta bitimi to’lovlarni sug’urtalash uchun qo’llaniladi. 
Barqaror iqtisodiyot va kapitallarning erkin xarakati sharoitida forvard bozoridagi 
narxlar foiz stavkalaridagi farqqa bog’liq. Forvard kursi banklararo kredit bo’yicha 
foiz stavkalari nisbatining spot kursga ko’paytmasiga teng. 
Bunda: 
F = S*(1+Ra*T/360)/(1+Rb*T/360) 
F - valyuta forvard kursi; 
S - valyuta joriy (spot) kursi; 
Ra, Rb - banklararo kredit bo’yicha foiz tavkalari; 
L - LIBOR stavkasi (banklararo depozit bo’yicha London stavkasi). 
Muddatli valyuta operatsiyalaridan yana biri bo’lgan moliyaviy fyuchers 
bitimlari 70-yilda xalqaro valyuta bozorida brinchi bor qo’llanilishining o’zidayoq 
keng tarqaldi. Bu aktivlarni bitim imzolanayotgan paytdagi narxlar bo’yicha biror 
vaqt o’tishi bilan oldi-sotdisidir. Bu oldi-sotdi operatsiyasi fyuchers shartnomasi 


asosida amalga oshiriladi. Unda muddat, mijozlarning h/raqami, qatnashchilari
kontroagentlar, oldi-sotdi ob’ekti, mol yetkazib berish muddati, mol miqdori va 
narxlari ko’rsatiladi. 
Valyuta fyuchersi esa - bu kelajakda valyuta oldi-sotdisiga tuzilgan shartnoma u 
bo’yicha sotuvchi ko’rsatilgan muddatda o’rnatilgan muddatda o’rnatilgan kurs 
bo’yicha aniq bir valyuta miqdorini sotish, xaridor esa shu valyutani shu shartlarda 
sotib olish majburiyatlarini oladilar. 
Fyuchers shartnomasi uning bajarilish muddati yetib kelgunga qadar xaridor 
tomonidan sotilib, keyingi xaridorlar ham qayta sotilishi mumkin. Shuning uchun 
fyuchesrlar savdosida: 
- valyutani kelajakda valyuta kursi o’zgarishini ko’ra bilish; 
- fyuchers amal qilish muddatida doimo kurs o’zgarishlarini kuzatib 
borish va noxush tendensiya ko’rina boshlanganda undan o’z vaqida xolis bo’lish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
10
Fyuchers shartnomalari ikki vazifani amalga oshiradi: 
a) investorlarga bozorda valyuta kursining nohush o’zgarishlar bilan bog’liq 
bo’lgan riskni xedjirlashga imkon beradi; 
b) birjadagi spekulyantlarga bundan foyda olishga imkon beradi. 
Fyuchers bitimlari forvard bitimlaridan farq qilgan holda: 

juda oddiy bekor qilinadi; 

valyutaning qat’iy belgilangan summasiga tuziladi (masalan, 
AQSh dollariga fyuchers bo’yicha 25000 f.st., AQSh dollariga fyuchers 
bo’yicha 125000 yevro va x.k.); 

rasmiy birjalarda sotiladi va bunda faqat og’zaki oldi-sotdi qilish 
tan olingan; 
10
Francois Haas. “The Markets in Financial Instruments Directive: Banking on Market and SupervisoryEfficiency” 
2020 y Manba: IMF Working papers series. 



fyuchers 
sotuvchilari fyuchers 
majburiyatlarining
bajarilishini kafolatlash uchun birja dillerlariga pullik marjali to’lashni ko’zda 
tutishlari kerak. 
Valyuta opsioni xaridoriga ma’lum bir muddat yoki muddat oralig’ida ma’lum bir 
qiymatdagi valyutani opsion belgilangan narx bo’yicha sotish yoki yuborish 
huquqini beradi. O’z navbatida opsionni sotuvchi broker (diller) xaridor oldiga 
kelajakda muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo’yicha muayyan miqdordagi 
valyutani xarid qilish yoki sotib olish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. Bundan 
kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, opsion valyuta risklaridan sug’urtalash shakli 
bo’lib, egasini almashinish kursining kelishilgan stroykbahogacha nisbatan noxush 
o’zgarishidan himoya qiladi va agarda almashinuv kursi strayk-bahoga nisbatan 
ijobiy tomonga o’zgarsa, foyda olish imkoniyatini beradi. 
Opsion xaridori (egasi) opsion sotuvchisi yoki opsionni to’ldirgan shaxsga 
premiya to’laydi. Opsion oldindan belgilangan muddatgacha kuchga ega. Ushbu 
muddat deb yuritiladi. Opsion turli xildagi tovarlar uchun (yer, ko’chmas mulk, chet 
el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va fyuchers kontraktlari) tuzilishi mumkin. 
Shuningdek, u tovarni amalda yetkazib berilishini ko’zda tutmasligi mumkin 
(bunday opsionga «hisob-kitob» opsionni deyiladi). 
Opsionlarning uch turi mavjud: 

xarid qilish uchun opsion yoki «koll-opsion». Bunday opsion 
egasiga kelajakda kursi oshib ketishi mumkin bo’lgan valyutani nisbatan 
past stayk-bahoda xarid qilish huquqini beradi; 

sotish uchun opsion yoki «put-opsion» egasi kelajakda kursi 
tushib ketishi mumkin bo’lgan valyutani nisbatan yuqori strayk-bahoda 
sotish xuquqini beradi; 

ikki yoqlama opsion yoki «putkoll opsion» egasi bazis bahoda 
valyutani sotib olish yoki sotish mumkin. 
Opsionlarning ikki stili mavjudi: 

Yevropa stilidagi opsion faqat o’rnatilgan sanada ishlatilishi 
mumkin; 



Amerika stilidagi opsion muddati oralig’ida xohlagan paytda 
ishlatilishi mumkin. 
Opsion bitimi opsion egasi uchun majburiy bo’lmagani uchun agar opsion amalga 
oshirilmasa uni sotib yuborishi yoki ishlatilmaganga qoldirilishi mumkin. 
Opsion bilan forvard bitimi orasidagi asosiy farqlar, bu: 

xaridor ofsayddan daromad oladi; - xaridor dousayddan 
himoyalangan; 

xaridor opsion uchun premiya to’laydi. 
Svop operatsiyasi - bu bir vaqtning o’zida chet el valyutasini har xil sanaga turli 
hisob-kitoblar shartida teng summada sotib olish va sotishdir. 
Ya’ni svop - bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bilan qandaydir vaqtga 
sotib olishdir. Bunda bir vaqtning o’zida valyuta almashuvi bo’yicha ikkita alohida 
bitim tuziladi. Bu bitimlar qarama-qarshi yo’nalishga va turli hisob-kitob sanasiga 
ega bo’ladi. Birinchi bitim bo’yicha birinchi valyuta ikkinchisiga sotib olinadi va 
muayyan bir muddatda yetkazib beriladi. Ikkinchi bitim bo’yicha birinchi valyuta 
ikkinchi valyutaga sotiladi va boshqa bir muddatda yetkazib beriladi. Svop 
operatsiyalari ko’pgina banklar tomonidan o’zlarining chet el valyutasidagi 
majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalaniladi. Svop operatsiyalari yordamida 
banklar o’z valyuta pozitsiyalarini muvofiqlashtirishlari hamda valyuta kurslarining 
tebranishlarning oldini olishlari mumkin. Svop operatsiyasi ikki bank tomonidan 
amalga oshirilganda bir bank ikkinchisiga bir valyutani, ikkinchisi ikkinchi valyutani 
almashadi va qandaydir vaqt o’tishi bilan valyutalar qaytarib olinadi. Ayirboshlash 
bir vaqtda ikki qarama-qarshi valyuta bitimi shaklida olib boriladi va valyutalarni 
yetkazib berish muddatlari turlicha bo’ladi. Bitimlarning biri-spot ikkinchisi-forvard 
ko’rinishda bo’ladi. Natijada ikkala bank forvard bitimi orqali sotgunga bo’lgan 
vaqtga spot bitimi orqali xarid qilingan valyutaga ega bo’ladi. 
Svop operatsiyalarining o’ziga xos belgisi - bu spot va forvard kurslarning bir 
vaqtda o’rnatilishidir. Asosan bu ikki kurs qiymat jihatidan ajraladi. Bir vaqtda spot 
va forvard kurslar o’rnatilishida ular orasidagi farq, ya’ni marja arbitraj muddatiga 


belgilangan. Shu svop bo’yicha marja arbitrajning asosiy daromad manbai 
hisoblanadi.
11
Valyuta operatsiyalarida arbitraj deganda foyda olish maqsadida 
valyuta oldi-sotdisi bo’yicha operatsiyalar tushuniladi. 
Arbitraj ikki xil: valyutali va foizli bo’ladi. 
Valyutali arbitraj - bu xarid qilingan valyutani shu vaqtning o’zida sotib 
yuborishdir. Bunda foyda valyuta kurslari farqidan olinadi. Oddiy valyuta arbitrajida 
bir yoki ikki xorijiy valyuta va milliy valyuta ishtirok etadi, murakkab valyuta 
arbitrajida undan ko’proq valyut ishtirok etadi. Vaqtli valyuta arbitrajida valyuta 
birinchi spot-kurs bo’yicha xarid qilindi va uni depozitga qo’yiladi va depozitda 
ushlanadi, keyin uni depoztda olib ikkinchi spot-kurs bo’yicha sotiladi. 
Keng valyuta arbitrajida valyuta bir valyuta bozorida sotib olinib, boshqa valyuta 
bozorlarida yuqoriroq kursda sotiladi. Arbitrajning yana bir turi foizli arbitrajdir. Pul 
bozorida foizli arbitraj deganda muayyan miqdodagi pulni bir foiz evaziga qarzga 
olish va boshqa yuqoriroq foiz evaziga kreditga berish tushuniladi. 
Forvard qoplamali foizli arbitraj - bu valyutali spot-kurs bo’yicha xarid qilish, uni 
depozitga joylashtirish va ayni vaqtda forvard kursi bo’yicha sotishdir. Forvard 
qoplamasiz foizli arbitraj - bu valyutani spot-kursi bo’yicha xarid qilish, uni 
depozitga joylashtirish va depozit muddati tugagandan so’ng spot-kursi bo’yicha 
sotishdir. 
Hozirgi valyuta risklarining keskin o’sib borishi qoplamasiz foizli arbitrajni 
valyuta spekulyatsiyasiga aylantiradidesa ham bo’ladi. 
11
Alessandro Bonanno. Globalization and Transnational Corporations : International Encyclopedia of the Social & 
Behavioral Sciences (Second Edition). 2019, Pages 218-224 


Valyuta spekulyatsiyasi - bu valyuta riskini oldindan bilib qabul qilish bilan 
bog’liq operatsiyadir. Bunda daromad vaqt oralig’ida yoki turli valyuta bozorlarida 
valyuta kurslarining o’zgarishidan olinadi. Valyuta spekulyatsiyalariga birinchi 
navbatda naqd va naqdsiz valyuta kursi orasidagi farqda o’ynash kiradi, bunda milliy 
valyutaga erkin almashinuvga valyuta xarid qilinadi, so’ngra u naqdsizlashtiriladi va 
milliy spekulyatsiyalarining bir turi lidz end legz operatsiyalaridir. Bu hisob-kitoblar 
muddatini moliyaviy yoki boshqa foyda olish maqsadida uzaytirish yoki tezlashtirish 
bilan bog’liq valyuta operatsiyalaridir. “Lids and lags” shartnoma tomonlarining 
hokazo muddati va shartlarini o’zgartirish bo’yicha kelishuv ko’rinishida 
rasmiylashtiriladi. “ 
tezlashtirilgan yoki kechiktirilgan to’lovlar xalqaro olsi soti bozori uchun va 
himoya valyuta risklaridan yoki foyda olishdan valyuta kursi o’zgarishidan. 
“Lids and lags”ning asosiy shakllari: 

tovar va 
xizmatlarning 
haqini muddatigacha
to’lash to’xtatib turish; 
yoki to’lovni 
- tijorat operatsiyasining o’zining muddatini surish yoki 
rasmiylashtirish; 
uni kreditga 

daromadlar repatriatsiyasi, foizlar to’lash, dividendlar to’lash 
yoki 
kreditlarni qoplashni tezlashtirish (cho’zish); 
- boshqa manipulyasiya ko’rinishlari. Shunday qilib, lidz end legz 
operatsiyalari spekulyativ xarakterga ega, lekin boshqa spekulyatsiyalardan farqli 
o’laroq u tovar-material qiymatliklar va pul mablag’larining real xarakatiga 
asoslangan. 
Xedjirlash termini bank, birja va tijorat amaliyotida kelajakdagi valyuta 
kurslarining noxush o’zsharishidan valyuta risklarini sug’urtalashning turli hil 
usullari ifodasi sifatida qo’llaniladi. 
Xedjirlash operatsilarining ikki turi mavjud: 
- kurs o’sishga xedjirlash yoki xarid bilan xedjirlashda muddatli 
-forvard yoki opsion bitimlarini xarid qilish bilan bog’liq birja operatsiyalari 
tushuniladi. 
Lids and lags ” - 


Buni yana «uzun xedj» deb ham yuritiladi. Agar sizga valyuta masalan, ikki 
oydan keyin kerak bo’lsa, lekin u paytgacha valyuta kursi oshib ketishi tahmin 
qilinsa, siz hozirdan uzun pozitsiyani egallab bugungi narxda forvard (opsion) 
bitimini sotib olishingiz mumkin. Shu yo’l bilan kurs o’sishiga xedjirlayotgan xedjer 
o’zini kelajakda kurs o’sishidan sug’urtalaydi; 
Kurs pasayishiga xedjirlash yoki sotish bilan xedjirlash- bu muddatli 
kontraktlarni sotish bilan bo’ladigan birja operatsisidir. Bu o’z navbatda «qisqa 
xedj» deb ham yuritiladi. Xedjirlashning mavjud valyutani qandaydir vaqt o’tishi 
bilan sotish kerak bo’lganda, lekin unda valyuta kursi pasayib ketishi gumon 
qilinganda, hozirning o’zida forvard (opsion) bitimlarini sotish yo’li bilan 
kelajakdagi pasayishidan o’zini sug’urtalashdir. 
Opsion bilan xedjirlashning yaxshi tomoni shuki, unda valyuta kursining salbiy 
o’zgarishidan butunlay sug’urtalanadi; yomon tomoni shuki, opsion premiyasi 
to’lanadi. 
Birjalarda, shuningdek opsion spredlari oldi-sotdi qilinadi. 
U quyidagi turlarga ega: 

vertikal spredda bir xil ekspiratsi sanasi bo’lgan opsionlar oldi-sotdi 
qilinib, faqat strayk-bahosi (narx qaysikiy bazaviy aktivlarni sotilishi yoki sotishi 
mumkin bo’lgan amaldagi sotish va sotib olish bahosi) farqlanadi; 

gorizontal spredda opsionlardagi strayk-baho bir xil bo’lib, amal qilish 
muddati farqlanadi; 

diagonal spredda gorizontal va vertikal spredlar uyg’unlashgan. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling