O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
II BOB. TIJORAT BANKLARI VALYUTA OPERATSIYALARI VA
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
II BOB. TIJORAT BANKLARI VALYUTA OPERATSIYALARI VA
ULARNI HISOBINI YURITISH AMALIYOTI TAHLILI. 2.1. Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari hisobi Hozirgi vaqtda respublikamizda valyuta birjasidagi xorijiy valyutalar savdosi vakolatli banklar tomonidan berilgan buyurtmalarga asosan amalga oshiriladi. Joriy valyuta operatsiyalarini amalga oshirish borasida mavjud bo’lgan cheklovlarni olib tashlanishi, ayniqsa, mamlakat to’lov balansining joriy operatsiyalari bo’yicha so’mni xorijiy valyutalarga nisbatan erkin konvertirlashni joriy etilishi valyutalar savdosini buyurtmalarsiz, doimiy asosda amalga oshirilishiga olib keldi. O’zRVB a’zolari bo’lmagan vakolatli banklar O’zRVBda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga muvofiq, holda kimoshdi savdosida chet el valyutasi oldi-sotdisini valyuta birjasi a’zolari orqali amalga oshiradilar. Mijoz chet el valyutasini sotib olish qaqidagi buyurtmanomada valyutadan qanday maqsadlarda foydalanilishini aytishi shart. Tijorat banklari o’z navbatida banklar chet el valyutasini olish-sotish uchun buyurtmanomalarni qabul qilayotganda mijozlar tomonidan taqdim etilgan qujjatlarni va ularning hisob varaqlarida tegishli pul mablag’lari mavjudligini tekshirib ko’rishlari shart 18 . Xo’jalik subyektlarining xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda birjadan tashqari valyuta bozori muhim rol o’ynaydi. Birjadan tashqari bozor faoliyatini rivojlantirishda valyutalar taklifini yuzaga keltiruvchi manbalar muqim o’rin egallaydi. Vakolatli banklar tomonidan birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan mablag’larning asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: -vakolatli banklarning o’z mablag’lari, shu jumladan, taqsimlanmagan foydasi; -byudjetga to’lovlar va bank ssudalari bo’yicha so’m mablag’larida muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlikka ega bo’lgan korxona va tashkilotlarning ushbu vujudga kelgan qarzlarini to’lash uchun birjadan tashqari valyuta bozorining kursi bo’yicha vakolatli banklarga majburiy tarzda sotilishi lozim bo’lgan valyuta mablag’lari; -mijozlarning vakolatli banklarga joylashtirilgan depozitlari va boshqa jalb qilingan mablag’lari; -vakolatli banklar tomonidan ayirboshlash shaqobchalari orqali va banklararo savdo bitimlari bo’yicha chet el valyutasining xarid qilinishi; -O’zRVBda markazlashtirilgan valyuta resurslarining xarid qilinishi. Respublikamizning vakolatli tijorat banklari birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni o’z hisobidan, shuningdek, mijozlarni topshirig’iga ko’ra amalga oshirishlari mumkin. Mijozlar chet el valyutasini xarid qilish va sotish uchun vakolatli banklarga buyurtmanomalarni taqdim etadilar. Ushbu banklar buyurtmanomalarni qabul qilishda mijozlar tomonidan avval taqdim etilgan 18 O’zbekiston Respublikasi “Bank va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun 05.11. 2019 qujjatlarni va ularning hisob varaqlarida zarur mablag’lar mavjudligini tekshirib ko’radilar. Mijozlarning operatsiyalari bo’yicha valyuta nazorati vakili vazifasini bajarmaslik va mazkur Nizomda ko’zda tutilgan qoidalarni buzish vakolatli bankka chet el valyutasidagi operatsiyalarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyani qaytarib olinishiga asos bo’lishi mumkin. 2017 yil 5 sentabrdan boshlab konversion operatsiyalar vakolatli bankning jismoniy shaxslar-rezidentlarning milliy valyutadagi shaxsiy bank kartalari va chet el valyutasidagi xalqaro to’lov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda valyuta ayboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Bank shartnomaga muvofiq rezidentlar nomiga chet el valyutasida bank hisobvarag’ini ochadi hamda shartnomaning bir nusxasini kunlik hujjatlarga rezidentning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan birga tikib qo’yadi shundan so’ng xalqaro to’lov kartasini rezidentga beradi. Rezidentlarga chet el valyutasini sotish konversion bo’limlar tomonidan xalqaro to’lov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Konversion bo’limda kunlik naqd pulsiz shakldagi chet el valyutasini sotish miqdori vakolatli bank rahbarining buyrug’iga asosan belgilanadi. Rezident chet el valyutasini sotib olish uchun konversion bo’limga o’zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi. Rezidentning shaxsiy kartasi mavjud bo’lmagan taqdirda, konversion bo’lim mutaxassisi tomonidan rezidentga plastik kartalar bo’limiga murojaat etib, o’z nomiga belgilangan tartibda shaxsiy karta ochish taklif etiladi. Rezidentning shaxsiy kartasida yetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ bo’lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to’ldirilishi mumkin. Rezidentning shaxsiy kartasi mavjud bo’lgan taqdirda, konversion bo’lim mutaxassisi tomonidan shaxsiy kartaning haqiqatda ushbu shaxsga tegishliligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiriladi hamda to’lov terminali orqali shaxsiy kartada yetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ning mavjudligi tekshiriladi. Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag’ yetarli bo’lganda, rezident tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun ariza to’ldiriladi. Milliy valyutadagi mablag’ vakolatli bankning operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo’yicha to’lov terminali orqali echib olinadi va rezidentga milliy valyutadagi mablag’ yechib olinganligi to’g’risidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi, uning nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo’yiladi. Rezident xalqaro to’lov kartasidagi chet el valyutasini sotish uchun vakolatli bankning istalgan konversion ariza bilan murojaat etadi. Bunda konversion bo’limning mutaxassisi tomonidan xalqaro to’lov kartasining haqiqatda ushbu rezidentga tegishliligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi. Rezidentning xalqaro to’lov kartasidagi chet el valyutasi vakolatli bankning operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq to’lov terminali orqali yechib olinadi. Bunda rezidentga chet el valyutasining echib olinganligi to’g’risidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi, uning nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qo’yiladi. Chet el valyutasi konversion bo’limning mutaxassisi tomonidan elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi 19 . Bunda 09020-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va printer orqali chop etiladi. Ma’lumotnomalar bo’lim mutaxassisi va rezident tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va bo’lim shtamplari bosiladi. Ma’lumotnomaning bir nusxasi rezidentga, ikkinchi nusxasi 09021-sonli reestrga ilova qilinib, kunlik hujjatlarga tikib qo’yiladi. Rezidentlar xalqaro to’lov kartalaridagi chet el valyutasini ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin. Kun oxirida konversion bo’lim boshlig’i tomonidan rezidentlarning arizasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari va terminal cheklari vakolatli bankning tegishli bo’limiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan vakolatli bankning tegishli bo’limi tomonidan rezidentning shaxsiy kartasiga milliy valyuta o’tkazib beriladi. So’mdagi plastik kartasi orqali konversion bo’limda chet el valyutasi sotilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi 20 : 19 O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni 22.10.2019 20 O’zbekiston Respublikasi Marlaziy bankining “ Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” 1998-yil 28- martdagi qarori 1) Dt 10101 - “Aylanma kassasidagi naqd pullar” Kt-23122 - “CHet el valyutasini sotib olish uchun bank kassasiga topshirilgan naqd pullar bo’yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o’tkazilishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’yicha tranzit hisobvarag’i” 2) Dt 23122 - “CHet el valyutasini sotib olish uchun bank kassasiga topshirilgan naqd pullar bo’yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o’tkazilishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’yicha tranzit hisobvarag’i” Kt 22618 - “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo’yicha majburiyatlari”, 22617 “Pensionerlarning plastik majburiyatlar”. kartochkalari bo’yicha 3) Dt 22618 - “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo’yicha majburiyatlari”, 22617 “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo’yicha majburiyatlar” Kt 23516 - “CHet el valyutasini sotishda oluvchining hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim bo’lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag’lari”. 4) Dt 17409 - “Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar bo’yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan pul mblag’lari bo’yicha tranzit hisobvaraqlari” Kt 17101 - “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” 5) Dt 23516 - “Chet el valyutasini sotishda oluvchining hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim bo’lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag’lari” Kt 17409 -“Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar bo’yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’yicha tranzit hisobvaraqlari” 6) Dt 17101 - “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kt22618 - “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo’yicha majburiyatlari”. Bunda kun oxirida chet el valyutasini sotishdan tushgan jami tushum aylanma kassadan zahiraga olinadi va Markaziy bank HKKM ga yuboriladi. Ya’ni chet el valyutasini sotishdan tushgan jami tushum 23526 hisobvarag’ining kredit aylanmasiga teng bo’ladi. Banklarimiz valutaning liberallashtirilganidan so’ng yangi bir davrni boshlandi. Jumladan tijorat banklarining konversion operatsiyalar bo’limida mijozlarning mablag’lari hech qanday cheklovlarsiz konvertatsiya qilinib berilmoqda. Bo’limda chet el valyutasini sotishda amalga oshiriladigan barcha turdagi buxgalteriya o’tkazmalari O’zbekiston Resbuplikasi bank tizimi qonunchiligi asosida olib borilmoqda. Konversion amaliyotlarni bajarish uchun quyidagi hisob raqamlari ochiladi va quyidagi amaliyotlar bajariladi: 23122 -xorijiy valyuta sotib olish uchun topshirilgan naqd pullar tranzit hisobvarag’i 23516 -xorijiy valyuta sotib olish uchun topshirilgan naqd pulsiz tranzit hisobvarag’i 17101 -konversion amaliyotlar pozitsiyasi hisobvarag’i 45401 - konversion amaliyotlar kurs farqi bo’yicha ko’rilgan foyda 55302 - konversion amaliyotlarda kurs farqidan ko’rilgan zarar Valyutaviy svop operatsiyalari esa quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi: 1. Svop bitimi tuzilayotganda, ushbu bitim ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida svop bitimi yakunidagi ayirboshlashga lozim bo’lgan valyuta miqdorida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshirish orqali aks еttiriladi: a) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini xarid qilayotgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida barcha AQSh dollari ishtirokidagi bitimlarda - AQSh dollarini, yevro ishtirokidagi bitimlarda - yevroni (AQSh dollari bilan bitimdan tashqari), Angliya funt sterlingi ishtirokidagi bitimlarda - funt sterlingni (AQSh dollari va yevro bilan bitimlardan tashqari) va Shveytsariya franki bilan iyena bitimida - Shveytsariya frankini xarid qilayotgan bo’lsa: Dt 92736 - "Svop shartlarida sotib olish"; Kt 96373 - "Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag’i"; b) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini sotayotgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida barcha AQSh dollari ishtirokidagi bitimlarda AQSh dollarini, yevro ishtirokidagi bitimlarda yevroni (AQSh dollari bilan bitimdan tashqari), Angliya funt sterlingi ishtirokidagi bitimlarda funt sterlingni (AQSh dollari va yevro bilan bitimlardan tashqari) va Shveytsariya franki bilan iyena bitimida - Shveytsariya frankini sotayotgan bo’lsa: Dt 92732 - "Svop shartlarida sotish"; Kt 96371 - "Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag’i". 2. Svop shartnomasi tuzilgandan so’ng dastlabki valyuta almashuvi amalga oshiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bajariladi: a) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini xarid qilayotgan bo’lsa hamda ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida 21 O‘zbekiston respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 38-bandining "a" kichik bandiga muvofiq chet еl valyutasi kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi: Dt 17101 - “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik isobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo’lsa); Kt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; so’m kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida - chet еl valyutasi kitobida): Dt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki 21 O‘zbekiston respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom 2008-yil 24-iyulda 1839-son Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo’lsa); b) agarda, bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini sotayotgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 38-bandining "b" kichik bandiga muvofiq: chet еl valyutasi kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi: Dt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" 3. Svop bitimi tuzilgandan so’ng vakolatli bank valyutaviy svop operatsiyalari o’tkazishni ta’minlaganligi uchun vositachilik haqini hisoblaydi va uni quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali aks еttiradi: Dt 16401 - "Hisoblangan vositachilik haqi va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar"; Kt 45924 - "Komissiya va xizmatlardan olingan boshqa daromadlar". Mijoz tomonidan vositachilik haqini to’lashda (so’ndirishda) quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (boshqa bank tomonidan so’ndirilganda) yoki Dt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (mijoz tomonidan so’ndirilganda); Kt 16401 - "Hisoblangan vositachilik haqi va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar". 4. Har oyning oxirgi ish kuni, shuningdek svop bitimlari yopilganda, vakolatli banklar tomonidan svop bitimlari, valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida olinadigan foyda yoki zararni aniqlash maqsadida, bitim summasini chet еl valyutasini qayta baholash sanasiga bo’lgan joriy kursi va svop bitimining yakuniy kursi orasidagi farqqa ko’paytirish orqali qayta baholanadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: a) agar qayta baholashda realizatsiya qilinmagan foyda aniqlanayotgan bo’lsa: Dt 16913 - "Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda - Svoplar"; Kt 45405 - "Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlar bo’yicha xorijiy valyutalardagi foyda"; b) agar qayta baholashda amalga oshmagan zararlar aniqlanayotgan bo’lsa: Dt 55306 - "Hosilaviy asboblar bilan tuzilgan bitimlari bo’yicha xorijiy valyutalarda ko’rilgan zararlar"; Kt 22811 - "Svoplar bo’yicha realizatsiya qilinmagan zararlar". 5. Svop shartnoma yopilish sanasida valyutalar qayta almashinadi (bitim yopiladi). Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi: a) agar bank svop bitimining ikkinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini qayta sotib olayotgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 38- bandining "b" kichik bandiga muvofiq chet еl valyutasi kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi: Dt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki So’m kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida - chet еl valyutasi kitobida): Dt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo’lsa); b) agar bank svop bitimining ikkinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini qayta sotayotgan bo’lsa yoki ikkita xorijiy valyuta o’rtasidagi svop bitimida valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 38-bandining "a" kichik bandiga muvofiq chet еl valyutasi kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi: Dt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Kt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo’lsa); O’tkazmalar kitobida quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi (yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida - chet еl valyutasi kitobida): Dt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idan olinadigan - Nostro" (agar svop shartnoma Markaziy bank bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Dt 10501 - "Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinadigan Nostro" (agar svop shartnoma boshqa tijorat banki bilan tuzilgan bo’lsa) yoki Dt 20200 - "Talab qilib olinguncha depozitlar" (agar svop shartnoma mijoz bilan tuzilgan bo’lsa); Kt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari". 6. Vakolatli bank svop shartnoma yopilganda va bitim bo’yicha mijoz tomonidan barcha majburiyatlar bajarilganda o’zlashtirilmagan foyda yoki amalga oshmagan zararni realizatsiya qiladi. Ushbu holatda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi ya’ni o’zlashtirilmagan foyda realizatsiya qilinganda: Dt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari"; Kt 16913 - "Revalvatsiya natijasida realizatsiya qilinmagan foyda - Svoplar"; Amalga oshmagan zarar realizatsiya qilinganda: Dt 22811 - "Svoplar bo’yicha realizatsiya qilinmagan zararlar"; Kt 17101 - "Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari". 7. Svop shartnoma yopilgandan so’ng, bir vaqtning o’zida, vakolatli bank mazkur bitimni ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida yopishni amalga oshiradi. Har kunlik buxgalteriya o’tkazmalari kunlik yig’ma jildga yig’ib boriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: a) agar bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini xarid qilgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida mazkur Nizomning 38-bandining "a" kichik bandiga muvofiq: Dt 96373 - "Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag’i"; Kt 92736 - "Svop shartlarida sotib olish"; b) agar bank svop bitimining birinchi qismi bo’yicha chet еl valyutasini sotgan bo’lsa yoki ikkita chet еl valyutasi o’rtasidagi svop bitimida valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 22 38-bandining "b" kichik bandiga muvofiq: Dt 96371 - "Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag’i"; Kt 92732 - "Svop shartlarida sotish". 22 O‘zbekiston respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom 2008-yil 24-iyulda 1839-son |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling