O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
1-bob bo’yicha xulosa
1-bobning birinchi bo’limida valyuta operatsiyalari mohiyati va ularni tasniflanishi bo’yicha ma’lumotlar berilgan. Valyuta operatsiyalari asosan valyuta bozorlarida amalga oshiriladi. Valyuta bozorlari deganda milliy valyuta xorijiy valyuta xarid qilish yoki sotish yuz beradigan va bunda valyuta kurslari ularga bo’lgan talab va taklif natijasida yuzaga keladigan rasmiy valyuta-moliya bozorining eng yirik jahon markazlari London, Nyu-York, Frankfurt, Mayn va Tokio hisoblanadi. Shuningdek, valyuta operatsiyalari uch xil spot valyuta operatsiyalari, muddatli valyuta operatsiyalari hamda svop valyuta operatsiyalari kabi turlarga bo’linishi hamda valyuta kursi, ularning mazmuni hamda xalqaro tajribada qo’llaniladigan operatsiyalar mazmuni yoritidi O’zbekiston Respublikasida esa valyuta munosabatlarini rivojlantirishda ko’proq muddatli valyuta operatsiyalariga e’tibor qaratish hamda ularni rivojlantirish lozimligi ta’kidlanib o’tildi. 1-bobning ikkinchi bo’limida esa valyuta operatsiyalarni amalga oshirish tartibi me’yoriy huquqiy hujjatlari valyutani tartibga soluvchi organlar faoliyati bilan tanishib chiqildi va “Ochiq valyuta pozitsiyasi” qonuniga ko’ra ochiq valyuta pozitsiyasi limitlari qanday hisoblanishito’g’risidagi qonun ko’rib chiqildi. O’zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Markaziy bank O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlaydi va uni boshqarish bilan bog’liq barcha operatsiyalarini amalga oshiradi.Valyuta munosabatlarini tartibga solishning ning huquqiy asosi bo’lmish «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunining tarkibi hamda valuta operatsiyalarni nazorat qilish jarayonlari ko’rib o’tildi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi banklarida svop amaliyotlarining qonunin asosi bo’lib “O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom hisoblanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling