O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslarning valyuta operatsiyalari
2.2. Ichki valyuta bozori sharhi
2022 yilda ichki valyuta bozori o’zgaruvchan tashqi bozor konyukturasi va iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlari fonida chet el valyutasiga bo’lgan talab hamda taklifning yuqori suratlarda o’sishi bilan xarakterlanadi. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi (Markazi bank intervensiyalarini hisobga olmaganda) 32,5 milliard dollar miqdorida shakllanadi 23 . Hususan: - xujalik yurituvchi subyektlar tomonidan 14,8 mlrd dollar. - banklar va jismoniy shaxslar tomonidan 12,9 mlrd dollar. - markazlashgan manbalar hisobidan $4,8 mlrd dollar sotildi. Yil davomida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida 4,1 mlrd dollar hajmda intervensiyalar amalga oshirildi. 1-Rasm 24 1-rasm. Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari (mln.AQSH.doll.) Ushbu davrda chet el valyutasiga bo’lgan talabning umumiy hajmi 36,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan. Yuridik shaxslarning valyuta operatsiyalari: 23 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki -Ichki valyuta sharhi 2023 yil 24 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki valyuta sharhi.Manba:https://cbu.uz/uz/statistics/e-gdds/data/ Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo’lgan talab 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 27,7 mlrd dollarni tashkil etdi.2022 yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan manbalar (konvertatsiya) ulushi 58 foizni, xorijiy valyutadagi o’z mablag’lari hisobiga importni moliyalashtirish 32 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 10 foizni tashkil etdi. Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo’lgan talab dinamikasi. 2Rasm 24 Bunda, importni moliyalashtirishda chet el valyutasidagi kreditlar salmog’ini o’tgan yillarga nisbatan kamayishi asosan xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’z manbalari salmog’ining ortishi bilan izohlanadi. Joriy yilda ichki valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi 56,6 foiz ishlab chiqarish uchun asbob uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 18,8 foizi xorijiy kreditlarni so’ndirish, 20,8 foiz xalq istemoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 21,1 foizi xorijiy investrlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 1,7 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan. Importni moliyalashtirish manbalari (foizda) : 3-Rasm 25 24 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki valyuta sharhi.Manba:https://cbu.uz/uz/statistics/e-gdds/data/ 25 25 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki valyuta sharhi.Manba:https://cbu.uz/uz/statistics/egdds/data/ 2022 yilda ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilingab xo’jalik yurituvchi subyektlarning oylik o’rtacha soni 11 497 tani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 16,3 foizga oshgan (2021 yilda 9 887). 4-Rasm 26 26 26 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki valyuta sharhi.Manba:https://cbu.uz/uz/statistics/egdds/data/ Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling