O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
Valyuta operatsiyalarini bajarishda chet el banklari tajribasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birjadan tashqari bozordagi muddatli bitimlarda valyutalar ulushi
2.3. Valyuta operatsiyalarini bajarishda chet el banklari tajribasi
Tarixdan ma’lumki, naqd yoki spot valyuta ayirboshlash bitimi odatda bankda joylashgan valyuta ayirboshlash treyderi tomonidan amalga oshirilgan. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari IX-asrda savdogarlar tomonidan mahsulotlarni kontragentlarning valyutasida sotadigan va sotib oladigan Yevropaning Shampan yarmarkasida rivojlana boshlagan. Dollar standarti rasmiy ravishda tugatilgan bo’lsada, uning rezerv valyuta sifatidagi roli davom etdi. SDR o’zini oqlamadi. Tez orada esa SDR valyuta korzinasida dollarning ulushi 39 % dan 45 % gacha ko’tarildi. Yevropa va Amerika banklarida valyuta operatsiyalarining turlari ko’p sonli bo’lib, bu sohada chet el banklari katta tajribaga ega. Valyuta birjasida oldi – sotdi qilinadigan valyuatalar bo’yicha AQSh dollari yetakchi o’rinni egallaydi.Bunga sabab xalqaro bozorlarda neft oldi – sotdi shartnomalarining katta qismi aynan shu valyutada tuzilishidir. 8-Rasm 26 Birjadan tashqari bozordagi muddatli bitimlarda valyutalar ulushi Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, AQSh dollari muddatli bitimlarning 41 % ga egalik qilgan holda bozorda yetakchidir. Keyingi o’rinlarni Yevro (17 %), yaponiya ienasi (14 %) va funt sterling (7 %) egalab turibdi. 26 Mualliflar jamoasi , ed. O.I. Lavrushin "Pul, kredit, banklar" M.: KNORUS Ko’pgina Markaziy banklar iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun xorijiy valyuta bozoridan foydaladilar. Ko’pgina valyuta intervensiyalari spot operatsiyalari orqali amalga oshiradilar. Shu bilan birgalikda, bu operatsiya intervensiya uchun yagona strategiya hisoblanmaydi.Kolumbiya Markaziy banki o’zining valyutani targetlash maqsadiga erishish uchun turli xil intervensiya strategiyalarini amalga oshirgan. Shuni takidlash kerakki, ushbu valyuta opsioni dasturi shoshilinch amalga oshirilgan strategiya bo’lib, undan ko’zlangan maqsadga to’laligicha yetib bo’lmadi. Fiksirlangan valyuta kursidan suzib yuruvchi valyuta kursiga o’tilishi valyuta kursini tebranishiga xizmat qiluvchi bir qator sabablarni keltirib chiqardi: - Inflyatsiya darajasi; - Spekulyativ valyuta operatsiyalari; - Ayrim valyutalarning yevro bozorlarda va xalqaro hisob – kitoblarda ishlatilish darajasi; - Milliy va jahon valyuta bozorlarida valyutalarga bo’lgan ishonch darajasi; - Markaziy bankning monetar instumentlardan foydalanish omili; 27 Umuman olganda tovarlar bo’yicha forvard bitimlari bir neche yuzlab yillardan beri mavjud bo’lsada, valyuta bozoriga ular XIX asrda kirib kelgan. Foiz arbitraji nazariyasi ham bir necha yillar oldin iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo’lgan. M.Keyns amaliyotda 1920 yillarda arbitrajdan foydalangan.1960 yillarda yevrovalyuta depozitlari uchun ofshor bozorning tashkil etilishi foiz arbitrajining samarasini oshirdi. Birjadagi birinchi valyuta fyuchers bitimi 1972 yil 16 mayda Chikago Tovar Birjasida tashkil etildi. Bu birinchi notovar birja savdosi edi. Unda beshta valyuta: angliya funt sterlingi, kanada dollari, nemis markasi, yapon ienasi va shveysariya 27 Rivojlanayotgan bozorlar sharhi Helena GlebockiKeefe va Erick W.Rengifo Opsiyalar va markaziy bankning valyuta bozoriga aralashuvi: Kolumbiya ishi 23-jild , 2019yil Manba: https://www.sciencedirect.com/science/article franki bo’yicha savdo amalga oshirilgan. 1995 yilda birjada yana bir bo’lim rivojlanayotgan bozorlar sektori tashkil etildi va unda asosan rivojlanayotgan mamlakatlar valyutasida fyuchers bitimlari savdosi amalga oshiriladigan bo’ldi. Undagi birinchi valyuta fyuchersi meksika pesosi (bitim hajmi – 500 ming) va braziliya reali (100 ming) bo’ldi. Shuningdek, 1997 yilda bitimlar safiga janubiy afrika rendi, yangi zelandiya dollari va rossiya rubli qo’shildi. Rossiya rubliga nisbatan birinchi birja fyuchers bitimlari 1998 yil 21 aprelda Chikago Tovar Birjasida tashkil etildi. Hozirgi kunda IMM Xalqaro Pul Bozori) da quyidagi valyutalar bilan fyuchers savdolar tashkil etiladi: avstraliya dollari (bitim hajmi – 100 ming), kanada dollari (100 ming), fransuz franki (500 ming), shveysariya franki (125 ming), nemets markasi (125 ming), angliya funt sterlingi (62.5 ming), yapon ienasi (12.5 mln.). Birinchi valyuta opsion bitimlari 1982 yilda Vankuver (Filadelfiya) va Amsterdamda tashkil etildi. Valyuta opsion bitimlarining turli xil ko’rinishlari hozirgi paytda dunyoning turli birjalarida tashkil etiladi va savdosi amalga oshiriladi. Hozirgi paytda valyuta opsionlari bilan Chikago Tovar Birjasi savdoni amalga oshiradi. Muddatli bitimlar bilan savdolarni amalga oshiruvchi birjalar kuchli raqobat muhitida faoliyat yuritishadi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling