O‘zbekiston Turkiya: savdo-iqtisodiy hamkorlik statatistikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi


Turkiya bilan tashqi savdo hajmida yuqori ulushga ega mahsulotlar


Download 178.56 Kb.
bet3/4
Sana27.02.2023
Hajmi178.56 Kb.
#1234195
1   2   3   4
Bog'liq
O

Turkiya bilan tashqi savdo hajmida yuqori ulushga ega mahsulotlar

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi
So‘nggi yillarda Turkiya O‘zbekistonning tashqi savdodagi 4-yirik hamkoriga aylandi. O‘zaro savdoni yana-da rivojlantirish, xususan, Turkiya orqali Yevropa bozoriga eksport hajmini orttirish salohiyati mavjud.
Turk investitsiyalari
2016-2021 yillarda turkiyalik tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 291,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. 2016 yilda Turkiya tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi jami xorijiy investitsiyalarning 0,4%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 9,3%ga, 2021 yilda esa 11,1%ga ortgan.
Mazkur investitsiyalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, ishlab chiqarish sanoatiga kiritilgan investitsiyalar eng katta ulushga (65%) ega ekanligi qayd etilgan. Qishloq xo‘jaligiga ajratilgan investitsiyalarning ulushi yuqori bo‘lib, jami investitsiyalarning 13%ini tashkil etadi. Turar joy va oziq-ovqat xizmatlariga ajratilgan investitsiyalarning ulushi 9,3%, qurilish- 6,5%, davlat boshqaruvi hamda ulgurji va chakana savdo mos ravishda 1,5% va 1,3%ni tashkil etadi. Shuningdek, turk tadbirkorlari tomonidan suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindilarni yig‘ish sohasiga (1%) va sog‘liqni saqlash (1%)ni moliyalashtirishga investitsiya kiritilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1882 tani tashkil etgan. Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2021 yilning mos davriga nisbatan 306 taga oshgan.
Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 765 tasi qo‘shma korxona va 1117 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. 2021 yil davomida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 407 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.
Yillar kesimida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Download 178.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling