O’zbekiston va boshqa davlatlar akroiqtisodiy ko’rsatkichlarining qiyosiy tahlili


Download 0.57 Mb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1137584
  1   2   3   4   5
Bog'liq
STATISTKA REFERAT BDA(91)



TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI

BDA-91 guruh talabasi
XOLBUTAYEV BUNYODning
Statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mustaqil ishn mavzusi: O`zbekiston Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya va Burundi mamlakatlarining makroiqtisodiy ko`rsatkichlarining qiyosiy tahlili


O’zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Reja:







Kirish

2

1.

O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

3

2.

Buyuk Britaniya davlatining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.

14

3.

Vengriya davlatining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

30

4.

Burundi davlatining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

41

Xulosa

50

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

59








Kirish

Ushbu referatni yozishdan maqsad, mamlakatimizning dunyo ham jamiyatida tutgan o’rnini aniqlash bo’lib, buning uchun mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida tan olingan kundan boshlab hozirgi davrgacha bo’lgan vaqt oralig’ida iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanish tendentsiyasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (YaIM, inflyatsiya, ishsizlik, pul muomalasi, almashuv kursi, eksport – import operatsiyalari, davlat byudjeti, oltin – valyuta zaxirasi, to’lov balansi va shu kabilar) asosida rivojlangan, sobiq sotsialistik va rivojlanayotgan davlatlar misolida mamlakatlararo yuqoridagi ko’rsatkichlar yordamida taqqoslaymiz.


Referatda, shuningdek mamlakatlarning aholi soni, uninig turmush darajasi, yaratilgan YaIM hajmi va kishi boshiga to’g’ri keluvchi hajmini o’zgarish dinamikasi, iqtisodiyotda davlatning aralashuv darajalari, iqtisodiyotning monetizatsiyalash darajasi, ularni hisoblash usullarini va tahlilini rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz.
Iqtisodiyotimizni dunyo mamlakatlari miqyosida o’zining rivojlanish darajasi bo’yicha yetakchi o’rinlarda turuvchi davlatlardan biri bo’lgan Buyuk Britaniya bilan, Vengriya va Burundi davlatlarining iqtisodiy ko’rsatkichlari orqali tahlil qilamiz. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, mamlakatlarni rivojlanish darajasini baholashda iqtisodiy ko’rsatkichlar to’liq ifoda eta olmaydi. Shu bilan birga aholining o’rtacha umr ko’rishi, savodxonlik darajasi, sog’likni saqlash tizimining rivoji va sifati hamda boshqa ko’rsatkichlar ham xalqaro taqqoslashlarda keng foydalaniladi.
Shu kabi mamlakatlar bilan solishtirma tahlillar, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni, jahon xo’jaligiga integratsiyalashganligi, rivojlanish tendentsiyasi, aholi turmush darajasi sifati qanday holatda ekanligini baholash imkoniyatini beradi. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatimiz eksport hajmini o’sib borayotganligi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar yordamida solishtirish davlatlarning jahon bozoridagi o’rniga baho berish imkoni ham beradi.
Referat yozishdan yana bir maqsad – mamlakatlar iqtisodiyotini taqqoslash bilan bir qatorda mamlakatlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash va ular o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash, boshqa nazariy bilimlar bilan bog’liq bo’lgan ilmiy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishni ta’minlashdir.




  1. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling