O'zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari Reja
Download 62.42 Kb.
|
O\'zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koryo Qirolligi
Uch Qirollik davriEramizdan avvalgi 57-yillarda Uch Qirollik boshlandi va Silla 668-yilda Koguryo ustidan yarimorolni birlashtirguncha kengayib bordi. Bu davrda Koguryo, Pekche, Silla va Kaya yarim orolga hukmronlik qildi. Lekin Koʻruryo umuman olganda uch qirollikning eng kuchli va eng kattasi edi. Eng gullagan davrida Koʻguryo Manjuriyadagi Xitoy yerlariga hujum qildi va egallab olib katta yerga hukmronlik qildi. Koguryo Vey, Shuy va Tang kabi xitoylar bilan bir necha marta jang qildi va chekindi, 668-yil, Shilla-Tang ittifoqi vaqt oʻtishi bilan qirollikni qulatishga olib keldi. Eramizdan avvalgi (e. a.) II asrda Xitoy yozuvi ("hanja") ieroglifni qabul qilishi, eramizning IV asrida Buddizmning kirib kelishi Koreyaning Uch Qirolligiga teran taʼsir koʻrstatdi. Koreyslar keyinchalik ushbu taʼsirni Yaponiyaga oʻtkazdi. 667-yilda Uch Qirollikning Silla tomonidan birlashtirilishi Shimol-Janubiy Davlat davriga olib keldi. Koreya yarimorolini Silla, Manchuriyani esa Balhe boshqardi. Birlashgan Shilla davri Koreyaning madaniyati eng rivojlangan, yaʼni madaniy uygʻonish davri hisoblanadi. Shoirlik va sanʼatga dalda berildi. Birlashgan Silla tinch munosabat olib bordi chunki Soʻng Sulolasi aggressiv emas edi. Bu davr davomida Koreya va Xitoy oʻrasida munosabatlar yaxshi boʻldi. 935-yilda Birlashgan Silla ichki nizolar taʼsirida parchalanib ketdi va oxirgi qirol Koʻryoga taslim boʻldi. Koryo QirolligiKoryo davlatiga 918-yilda asos solingan va 936-yilda butun yarim orolni birlashtirib yagona davlatga aylantiriladi. "Koryo" soʻzi hozirgi "Koreya" nomiga asos boʻldi. Bu sulola vakillari yarimorolni 1392-yilgacha oʻz qoʻl ostilarida ushlab turadilar. Ushbu sulola vakillari boshqaruvi davrida tegishli qonunchilik asoslari ham ishlab chiqildi. Buddizm butun yarimorol boʻylab keng tarqaldi. Ammo 1231-yildan oʻsha davrda juda ham kuchli boʻlgan moʻgʻullar imperiyasi Koryo davlatiga hujumlarni boshlaydi, 25 yillik qarshilikdan soʻng Koryo qiroli moʻgʻullarga taslim boʻlishga majbur boʻladi. 80 yil davomida Koreya mooʻgʻullar boshqaruvi ostida yashaydi. XIV asrninig oʻrtalariga kelib moʻgʻullar imperiyasi asta-sekin kuchsizlana boshlaydi, har xil ichki kurashlar tufayli tanazzulga yuz tuta boshlaydi, bu esa albatta Koryo qiroli Konminga qoʻl keladi va mustaqillikni qoʻlga kiritib moʻgʻullarni mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Xitoyda Yuan sulolasi tanazzulga yuz tutib Min sulolasi davlati boshqaruviga kelganda Koreya davlati yangi sulola vassali ekanligini tan oladi (1368-yilda). Shunday boʻlsa-da Koreya armiyasi generali Li Son Ge zimdan Yuan sulolasini qoʻllab quvvatlab turadi, bu esa albatta oʻz natijasini beradi. Kerakli madadni olgan Li Son Ge Koryo sulolasini tugatib Choʻson nomi ostida 1392-yilda yangi davlatga asos soladi. Download 62.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling