O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi : imkoniyatlari va taraqqiyot istiqbollari, muommolari
Download 90.02 Kb.
|
Sevara
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orol muammolari
2. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida hamkorlik aloqalari
O‘zbekiston tashqi siyosati O‘zbekiston tashqi siyosatning taʼsirli yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat oʻrtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining uchrashuvi 1991 — yil 13-15-avgust kunlarida Toshkent shahrida boʻldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga oʻtishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarni hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. Orol muammolari 1993— yil 4-yanvarda I.K arim ov tashabbusi bilan Toshkentda Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻiston Prezidentlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻiston tushuniladigan boʻldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Orolni saqlab qolish xalqaro jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Jam gʻarm a majlislarini Qizil O 'rda, Nukus va Toshxovuzda oʻtkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar.1993— yil mart oyida Qizil Oʻrdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolboʻyi muammolarini hal etish,Orol mintaqasi ekologiyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar toʻgʻrisida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shugʻullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarishxalqaro jamgʻarmasi taʼsis etildi.1993— yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shugʻullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining qoʻshma majlisi boʻldi. 1994— yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri oʻrinbosari) ishtirokida konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bogʻliq koʻpgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi mablagʻlari qanday toʻplanayotgani muhokama qilindi, faoliyati maʼqullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim boʻlgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish boʻyicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati 1994— yil 30-aprelda Choʻlponota shahrida O 'zbekiston, Qozog'iston , Qirgʻiziston oʻrtasida yagona iqtisodiy makon tuzish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston Prezidentlarining 1994— yil iyul oyi boshida Almati shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida oʻzaro integratsiyani kuchaytirish boʻyicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek. Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi. Mudofaa vazirlari kengashini taʼsis etdilar. Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirg’iziston oʻrtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi 1995— yil 15-dekabrda Jambulda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi boʻldi. Prezidentlar 2000— yilgacha boʻlgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim boʻlgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kom m unikatsiya tarm oqlarini rivojlantirish m asalalarini m uhokam a etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va O 'zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalyonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni shakllantirildi.1997— yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda O 'zbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlat boshliqlarining kengashi boʻlib unda uch qardosh davlatlar oʻrtasida abadiy doʻstlik haqida shartnomaimzolandi. Bu hujjatda oʻzbek, qozoq, qirgʻiz xalqlarining orzuniyatlari oʻz ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yoʻnaltirdi.1997— yil 12-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasining yangi poytaxti — Ostona shahrida Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Prezidentlarining kengashi boʻlib oʻtdi. Kengashda uch mamlakat oʻrtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziqovqat taʼm inoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini oʻzlashtirish va qayta ishlash sohalari boʻyicha xalqaro konsorsiumlar tuzish toʻgʻrisida muzokara boʻldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish boʻyicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini maʼqulladilar.1998— yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo boʻlib kirdi.2000— yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O 'zbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. Toʻrt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar. Download 90.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling