O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi : imkoniyatlari va taraqqiyot istiqbollari, muommolari
Markaziy Osiyo integratsiyasiga to'siqlardan biri - avtoritar boshqaruv
Download 90.02 Kb.
|
Sevara
4. Markaziy Osiyo integratsiyasiga to'siqlardan biri - avtoritar boshqaruv
Markaziy Osiyo prezidentlarining aprel oyida Toshkentda o’tishi kutilgan ikkinchi norasmiy sammiti o’tkazilmadi. Toshkent ham, mintaqaning boshqa davlatlari ham sammit qoldirilishi sabablari yuzasidan jamoatchilikka biror izoh taqdim etishgani yo’q. ’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining “Amerika Ovozi”ga bildirishicha, vazirlik mintaqaviy sammitga doir vaziyat yuzasidan ish olib bormoqda, yaqin orada jamoatchilikka bu haqda ma'lumot beriladi. Mintaqa liderlari uchrashuvini o’tkazish Prezident Shavkat Mirziyoyevga tegishli tashabbus edi. Birinchi norasmiy sammitga o’tgan yil Navro’z arafasida Qozog’iston mezbonlik qildi. Unda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston prezidentlari, Turkmanistondan esa parlament raisi qatnashdi. Bu anjumandan keyin mintaqaviy sammit doirasidagi ikkinchi uchrashuv Navro’z bayrami arafasida Toshkentda o’tishi e’lon qilingan edi, keyinchalik sammit aprel oyiga ko’chirilgani ma’lum bo’ldi. Ayni paytda mintaqaviy anjuman kun tartibida emas. 13-14 iyun kunlari Bishkekda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammiti o’tadi, 15-iyun kuni esa Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash (CICA) sammiti. Har ikkisida mintaqa prezidentlari, jumladan Mirziyoyev qatnashadi. Markaziy Osiyo hamkorligi prezident Mirziyoyev hokimiyatga kelgan dastlabki yillarda ustuvor yo’nalish sifatida taqdim qilindi. Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatdagi dastlabki qadamlari, qo’shni davlatlarga uyushtirgan rasmiy safarlari, chegaralardagi to’siqlar olinishi, bordi-keldi osonlashishi hozirgacha o’zgarishlarning asosiy ko’rsatkichi bo’lib qolmoqda. Sharhlovchi Anvar Nazirga ko’ra, sammit taqdiri mavhum qolayotgani Toshkentda mintaqaviy hamkorlik siyosatiga qiziqish susayishi barobarida kuzatilmoqda. “Mening nazarimda, bu sammit o’tmaganining sababi mintaqaviy integratsiyadan manfaatdor bo’lmagan ikki qudratli davlat bor - Rossiya va Xitoy. Xitoy bunga qanchalik ta’sir ko’rsatgan bilmayman, ammo Rossiya bosimi bo’lgani aniq. Bu sammit Rossiyaning Yevrosiyo loyihasiga mos tushmaydi, harbiy, iqtisodiy ittifoqlariga nisbatan muqobil. Moskvada Rossiya yetakchiligisiz mintaqada biror hamkorlik loyihasi bo’lmaydi degan g’oya bor, bu g’oya ortiqcha berkitilmaydi ham. Bosim shu g’oya atrofida, Toshkent bu bosimga qarshilik qilmaydi ham. Afsuski, so’nggi paytda Toshkent bunday bosimlarga osongina bo’ysunmoqda - hozir mana mintaqaviy sammit to’xtatildi, buning sabablari haqida hech qanday izoh berilmadi, nima uchun o’tmagani aytilmadi”, - deydi Anvar Nazir. Markaziy Osiyo integratsiyasi Toshkentning xalqaro jamoatchilikka taqdim etilayotgan loyihalaridan biri edi deyish ham mumkin. O’zbekiston bu borada bir nechta xalqaro konferensiyalarga mezbonlik qildi, muzokaralar yuritmoqda. Shu oy boshida Prezident Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Donald Tuskning Toshkentdagi uchrashuvida ham mintaqaviy hamkorlik muhokama qilindi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani amalga oshirishning o’ziga xos yo’lidan bordilar. Bu o’ziga xoslik mustaqillikdan keyinoq Markaziy Osiyo davlatlari koordinatsiya yo’lini to’liq bosib o’tmasdan subordinatsiya holatiga o’tib ketishida namoyon bo’ldi. Oqibatda yana bir necha omillar bilan bog’liq holda o’zaro integratsiya jarayonlari to’xtab qoldi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatdagi tashabbuslari, ayniqsa, O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida qayd etishi natijasida Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqich har qanday subordinatsiyadan holi bo’lgan, faqatgina o’zaro hamkorlik va koordinatsiyaga asoslanuvchi jarayonlarni qamrab olmoqda. Shu o’rinda bir biriga turtki bo’lgan yirik anjumanlarning o’tkazilganligi yanada dolzarb ahamiyatga ega. Masalan, mamlakatimiz tashabbus bilan 2017-yil 11-avgust kuni Toshkentda bo’lib o’tgan “Markaziy Osiyo — O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi” mavzuidagi xalqaro konferensiya 2017-yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya o’tkazilishiga bu esa, o’z navbatida, 2018-yilning 15-mart kuni Ostona Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvining tashkillanishiga sabab bo’ldi. Keyingi bosqichda bunday uchrashuvlarning har yili o’tkazilib turilishi hamda mintaqadagi muammolarni hal etish orqali ishonchli mintaqaviy hamkorlikning mustahkamlanib borishiga sabab bo’lmoqda. Download 90.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling