O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi : imkoniyatlari va taraqqiyot istiqbollari, muommolari


Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti


Download 90.02 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi90.02 Kb.
#1578618
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sevara

Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti
2001— yil 2-8-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi boʻlib oʻtdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini toʻxtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.2002— yil 28-fevral — 1-mart kunlari Almati shahrida MarkaziyOsiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralaryakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligitashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etibIslom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiymunosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniyva boshqa turdagi aloqalar koiamini kengaytirish masalalari bilanshug‘ullanadi. Har bir aʼzo mamlakatdan bevosita davlat rahbarigahisobot berib turadigan bittadan muvoflqlashtiruvchi vakil tayinlandi.2002— yilning oktabrida oʻtgan Dushanbe sammitida suvenergetika, oziq-ovqat va kommunikatsiya boʻyicha konsorsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga konsorsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.2004— yil 28-may kuni Ostona shahrida MOIH tashkilotiga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. M uzokaralar yakunida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Prezidentlarining qoʻshma bayonoti MOHTga aʼzo mamlakatla oʻrtasida televideniye va radio dasturlarini oʻzaro tarqatish toʻgʻrisida bitim imzolandi.2005— yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan MOHT Davlat rahbarlarining sammitida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH) birlashtirishga kelishib olindi. Negaki, ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli bir-biriga yaqin edi Rossiya, Belorus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasida 1995— yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida Yevroosiya iqtisodiy hamjamiyati tashkil topgan edi. YeOIXning 2006— yil 24- 25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan sammitida Oʻzbekiston unga aʼzo boʻlib kirdi. Mazkur sammitda Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ham jamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisidagi shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi protokol, „YeOIHni taʼsis etish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshim chalar kiritish toʻgʻrisida“ qarorlar imzolandi. YeOIH aʼzo mammlakatlar oʻrtasida integratsiyani rivojlanishiga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tarkib topishiga koʻmaklashadi. Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar oʻrtasida koʻp tomonlama hamkorlik bilan birga ular oʻrtasida ikki tomonlama aloqalar ham yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekistonning Qozogʻiston bilan ikki tom tomonlama munosabatlari
1992— yil 24-iyunda Turkiston shahrida Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan OʻzbekistonRespublikasi bilan QoozogMston Respublikasi oʻrtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozogʻiston Prezidenti N.Nazarboyev 1994— yil 10-12-yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻldi. Ikki Prezident Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasida tovarlar, hizm atlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin oʻtib turishini nazarda tutuvchi hamda oʻzaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini taʼminlash toʻgʻrisida shartnomani imzoladilar.1998— yil 31-oktabrda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida abadiydoʻstlik shartnomasi imzolangan. Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlarining Toshkentda 2000— yil 20-21-aprel kunlari boʻlgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bagʻishlangan uchrashuvi boʻldi. Muzokaralar yakunida „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.Karimov va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti N. A. Nazarboyevning qoʻshma bayonoti“ imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta ’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. „Davlat rahbarlari, — deyiladi qoʻshma bayonotda, — O 'zbekiston Respublikasi bilan Q ozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik chegarasi boʻlib qolishda yakdildirlar“. 2001— yil 16-17-noyabr kunlari 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻldi. Ikki davlat Prezidentlari 0 ‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasi toʻgʻrisida Shartnoma imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002— yil 9-sentabrda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tash rif buyurdi. „O 'zbekiston-Q ozogʻiston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘gʻrisida bitim“ imzolandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan oʻz yechimini topdi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002— yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2002— yilda Oʻzbekistonda 38 ta oʻzbek-qozoq qoʻshma korxonasi, Qozogʻistonda 92 ta oʻzbek-qozoq qoʻshma korxonasi faoliyat yuritdi



Download 90.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling