O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi


Download 0.74 Mb.
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1347644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa

Tomonlar BMT, MDH, SHHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Prezidentlar xavfsizlik sohasida o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan sheriklik munosabatlarini kengaytirish Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish vazifalarini birgalikda hal etishga xizmat qilishini ta’kidladi. Terrorizm, ekstremizm, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar Afg‘onistonda tinchlikni afg‘onlarning o‘zi, afg‘onlar rahbarligida o‘rnatishi zarurligiga ishonch bildirdi. Rossiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlik rivojida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidladi. Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Joriy o‘quv yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiy akademiyasi, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallariga qo‘shimcha ravishda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat kinematografiya instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan. Fan sohasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi to‘rtinchi bor o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim masalaga to‘xtaldi. 2020 yilda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash maqsadida O‘zbekistonda maxsus dastur ishlab chiqish va Toshkentda «G‘alaba» bog‘-majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu maskan fashizmga qarshi kurashimiz ramzi bo‘ladi, yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Tomonlar Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling