O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Download 0.74 Mb.
|
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa
Rossiya O'zbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida ikkinchi o'rinda turadi. O'zbekiston Rossiyaga transport vositalari, paxta tolasi, trikotaj, meva-sabzavotlar, qora va rangli metallar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya mamlakatimizga transport vositalari, kimyo va qog'oz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib beradi. O'zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qo'shma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o'sib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi ko'rsatkich 7,9 foiz oshgan. Investitsiyaviy hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Keyingi yillarda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 6 milliard dollardan oshgan. O'tgan yili bu ko'rsatkich 2014 yilga nisbatan 40 foiz o'sgan. O'zbekiston ham, Rossiya ham yoqilg'i-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yo'nalishdagi hamkorlik rivojida muhim o'rin tutmoqda. Rossiyaning «Lukoyl» va «Gazprom» neft-gaz kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va o'zlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Shu yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi. O'zbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. “Matiz”, “Neksiya” kabi mashinalarimiz bu erda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. Joriy yilning birinchi choragida ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi “Ravon Gentra” savdosi 7 foiz o'sgan. Rossiyada qishloq xo'jaligi mahsulotlariga talab yuqori. O'zbekiston bu sohada ulkan salohiyatga ega. Muzokarada mamlakatimizda etishtirilgan meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko'paytirish va turini kengaytirishga kelishib olindi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Islom Karimov va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiq va o'zaro ishonch ruhida o'tganini, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilganini ta'kidladilar. Bu o'zaro munosabatlarning bugungi holatini baholash, ko'p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash imkonini berdi. Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi bir xilligi yoki yaqinligi qayd etildi. Shu bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi yakuniga etdi. Oliy darajadagi muloqotlarning uzviy davomi bo'lgan ushbu muzokaralarda mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishning muhim yo'nalishlari va istiqbollari belgilab olindi. Bu O'zbekiston va Rossiya xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling