O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi


Download 0.74 Mb.
bet1/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1347644
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa

O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

Marosim Samarqanddagi samarali muzokaralar yakunida bo‘lib o‘tdi.


Mavzu: O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi aloqalar.

Mazkur deklaratsiya O‘zbekiston va Rossiyaning ko‘p qirrali hamkorligi rivojida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Unda o‘zaro aloqalarga alohida e’tiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralishi qayd etilgan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, atom energetikasi, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni aniq yo‘nalishlar asosida rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Umuman, O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini 350 dan ziyod hujjat tashkil qiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon 2022-yilning iyul oyida qabul qilingan edi. Prezidentimiz mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun O‘zbekiston xalqining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi deb bilishini ta’kidladi. Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishda xizmat ko‘rsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.

  • Poytaxtimizda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari biznes forumi tashkil etildi.
  • Chelyabinsk viloyati kunlari doirasida uyushtirilgan ushbu forumda ikki mamlakatning iqtisodiyot, investitsiya, savdo-sanoat, neft-gaz, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, mashinasozlik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik hamda idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari qatnashdi.
  • Respublikamizda Rossiya investitsiyalari ishtirokidagi 960 dan ortiq, o‘z navbatida, Rossiya hududida O‘zbekiston Respublikasi sarmoyadorlari ishtirokidagi 570 ga yaqin korxonalar faoliyat yuritmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ham yildan-yilga oshib borayotir.
  • — O‘zbekiston Rossiyaning eng ishonchli savdo hamkorlaridan biri, — deydi Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori B. Dubrovskiy. — Agar o‘zaro transport-kommunikatsiya va tranzit imkoniyatlaridan to‘la foydalanilsa, natija bundan-da yaxshi bo‘ladi. O‘zaro savdo aylanmasi hajmi ko‘payib, tadbirkorlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi. Buning uchun ikki mamlakatning ham kuch-qudrati, salohiyati yetarli.
  • Tadbirda mamlakatlarimizda investorlar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar, soliq hamda bojxona imtiyozlari, investitsiya kiritish, shuningdek, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar taqdimoti ham o‘tkazildi.
  • Yakunda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirishga oid kelishuvlar imzolandi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling