O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining tasnifi va tiplari
Download 0.54 Mb.
|
O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining
O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining tasnifi va tiplariO‘zbekiston va unga tutash davlatlar hududida bugingi kunda to‘rtta neftgazli provinsiyalar ajratilgan bo‘lib (Shimoliy Ustyurt, Turon, Tyan-Shan-Kunlun, Tyan-Shan) neftgazlilikning stratigrafik diapazoni mezozoy va paleozoy-mezozoy yotqiziqlarini o‘z ichiga oladi. Bu neftgazli provinsiyalarning geostrukturalari turli geodinamik sharoitlada rivojlangan.Bu geodinamik sharoitlar Yer turli bo'laklarining bir-biridan ajralishi va qaytadan birikishi oqibatida ro'y berar ekan. Ajralish va birikish harakatlarini yuqorida izohlab chiqqanligimiz sababli qaytadan bu haqda to'xtalib o'tmasdan, shuni qayd etish lozimki neftgazgeologik rayonlashtirish natijasida ajratilgan xar bir NGP ni tashkil etuvchi va uning regional neftgazliligini nazorat qiluvchi geotuzilmalarning shakllanishi aynan shu geodinamik vaziyatlarga bog'likdir.Demak, har bir NGPni neftgazliligi uning tarkibidagi geotuzilmalar geodinamikasi va stratigrafik kengligi bilan bir-biridan farqlanib turadi. Нeftgazgeologik rayonlashtirishning klassik prinsiplari va geotuzilmalar shakllanishining zamonaviy geodinamik prinsiplarining uyg'unlashgan yo'nalishi асосида dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifi ishlab chiqildi.O‘zbekiston va unga tutash bo‘lgan davlatlar hududidagi neftgazli provinsiyalarning geotuzilmalari asosan epiriftogen va Kollizion ko'rinishdagi sharoitda shakillanganEpiriftogen neftgazli provinsiyalar geostruktura elementlari avlakogen, ba'zilari inversion geodinamik ko'rinishga ega bo'lib, bular asosan ko'rilayotgan provinsiyalar tarkibiga kiruvchi neftgazli oblastlar mahsuldorligini nazorat qiladi. Epiriftogen neftgazli provinsiyalarga MDXda Volga—Ural, Leno—Tunguse, Timan—Pechora, Ustyurt, Turon, G'arbiy Sibir va boshqalar, Arabiston plitasida — Sharqiy Arabiston, Afrikada - Saxroi Kabir, Sharqiy O'rtaer dengizi va shu kabilar kiradi.Bu provinsiyalar stratigrafik kengligi jihatidan turlichadir. Epiriftogen neftgazli provinsiyalardan Turon va Ustyurt provinsiyalarining bir qismi O'zbekiston hududini egallaydi. Turon neftgazli provinsiyasining Amudaryo subprovinsiyasi tarkibida O'zbekistonning Buxoro (Buxoro tektonik pog'onasida joylashgan) va Chorjuy (shu nomli tektonik pog'onada) hamda Shimoliy Qizilqum subprovinsiyasida Sharqiy Orol (Qoraqalpog'istonda) neftgazli oblastlari joylashgan. Shuningdek, Ustyurt neftgazli provinsiyasining janubiy qismi O'zbekistonning Qoraqalpog'iston hududini egallaydi. Qoraqalpog'istonning Janubiy qismi (Shoxpaxti tektonik pog'onasi va Assaksudan egikliligi) Mangishloq-Janubiy Ustyurt neftgazli provinsiyam tarkibiga kiradi.Kollizion ko'rinishdagi neftgazli provinsiyalar litosfera plitalarining kaledon. tersin, kimmeriy va alpiy burmachanliklaridagi geostrukturalar bilan bog'liq. Masalan, kaledon burmachanligidagi provinsiyalarga -Tyan-Shan, Kuznesk—Shimoliy Mongoliya, Kanadaning janubiy-sharqiy, tersin burmachanligidagi provinsiyalarga -Urol oldi, Uochito-Uoshito, Appalachi tog'oldi, Tyan-Shan—Kunlun, kimmeriy burmachanligidagi provinsiyalarga — Verxoyanoldi, alpiy burmachanligidagi provinsiyalarga — Alp—Himolay, Kavkaz—Kopetdog'oldi kabi provinsiyalar kiradi. Ular stratigrafik kengligi bo'yicha paleozoy, paleozoy-mezozoy, mezozoy, mezozoy-kaynozoy va paleozoy-mezozoy-kaynozoy turlarga bo'linadi.Kollizion ko'rinishdagi neftgazli provinsiyalardan gersin burmachanligidagi mezozoy-kaynozoyli Tyan-Shan—Kunlun provinsiyada O'zbekistonning Farg'ona neftgazli oblasti hamda Afg'on-Tojik neftgazli oblasti tarkibiga kiruvchi Surxondaryo va Janubiy-g'arbiy Hisor neftgazli rayonlari joylashgan.Demak, dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifida O'zbekistonning regional neftgazli to'plamlari quyidagicha tavsiflanadi:1. Geodinamik nuqtai nazardan yettita ko'rinishdan (rift vodiysi, protookean, sust chekka, epiriftogen, orolli yoylar, faol chekka, kollizion) O'zbekistonda ikki xili —epiriftogen (Turon va Ustyurt provinsiyalari) va kollizion (Tyan-Shan-Kunlun neftgazli provinsiyasi) geodinamik ko'rinishdagi regional neftgazli to'plamlar mavjud.2. Neftgazlilikning stratigrafik kengligi jihatidan provinsiyalarning ettita turidan (yuqori proterozoy-paleozoy, paleozoy, paleozoy-mezozoy, mezozoy, mezozoy-kaynozoy, kaynozoy va paleozoy-mezozoy-kaynozoy). O'zbekistonda uchta turi mavjud: bular asosan mezozoy (Turon) va paleozoy-mezozoy (Ustyurt), epiriftogen va asosan mezozoy-kaynozoy (Tyan-Shan-Kunlun) kollizion neftgazli provinsiyalar.Bunday tasniflash o'z navbatida regional neftgazli to'plamlarni yer qobig'ida joylashish qonuniyatlarini yagona metodologik prinsip asosida o'rganish imkonini berib, bu qonuniyatlarni kam tadqiq etilgan neftgazli provinsiyalar istiqbolini belgilashga zamin yaratadi.Dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifi asosida geologiya fanidagi analogiya (muqobillik) usulini neftgazli provinsiyalarning yangi neftgaz to'plamlarini bashoratlashda qo'llash uchun keng imkoniyat yaratadi.O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori potensialga ega yer osti bo‘yliklari mavjud bo‘lib, uning hududining 60 % neftgaz potensialiga ega. Respublikada beshta asosiy neftgazli region ajratilgan bo‘lib, bular – Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisoroldi, Surxondaryo va Farg‘ona neftgazli regionlar. Bu regionlarda xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlikda jadal ishlar olib borilmoqda.Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling