5-Mavzu: Tuproqlar tasnifi. Tuproqlarning rivojlanishi va geografik tarqalishning umumiy qonuniyatlari. Tuproqlar tasnifi (klassifikatsiyasi). Tuproqlarning zonal tiplari va ularning xususiyatlari
Download 104.97 Kb.
|
5-ma\'ruza
5-Mavzu: Tuproqlar tasnifi. Tuproqlarning rivojlanishi va geografik tarqalishning umumiy qonuniyatlari. Tuproqlar tasnifi (klassifikatsiyasi). Tuproqlarning zonal tiplari va ularning xususiyatlari Reja:1. Klassifikatsiyaning mazmun mohiyati va ahamiyati. 2. Tuproqlarni klassifikatsiyalash bo’yicha bajarilgan dastlabki izlanishlar. 3. Tuproqlarni klassifikatsiyalashda O’rta Osiyolik olimlarning xizmatlari. 4.Tuproqlarning rivojlanish tarixi. 5.Yer sharining asosiy mintaqalarida tuproqlarning xususiyatlari. 6.Tuproq zonalari va tuproqlarning hududiy tarkibi 7. Tuproqlarning zonal qonuniyati. 8. Tuproqlarning zonal tiplari va ularning xususiyatlari. 9. Tog’ zonasi tuproqlari Klassifikatsiya yoki turkumlash juda munozarali mavzu. Klassifikatsiya odatda 2 xil usulda bo’ladi, ya’ni miqdoriy va sifatiy. Birinchi usulda, tuproqlar ya’ni ular egallab turgan maydonning katta-kichikligiga ko’ra turkumlanadi. Bu miqdoriy klassifikatsiyalash hisoblanadi. Ikkinchi usulda esa maydon asosiy o’rin tutmaydi va asosiy e’tibor tuproqning sifatiga qaratiladi. Bu usul sifatiy usul deb nomlanadi. «Klassifikatsiya» atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «klasits»- daraja, klass va «fatsio» - bajaralayapman, joylashtiryapman, ma’nosiga ega. Klassifikatsiya so’zining mag’zida ayni komponentning sifati va miqdorini ma’lum tartib asosida ko’rsatish namoyish qilish yotadi. Yer yuzida tuproqlarning rang barangligi ularni guruhlash, turkumlashni taqozo qiladi, ya’ni ularni kelib chiqishining umumiyligi, tuproq kesmasining o’xshashligi, xossalari va hosildorligiga ko’ra ularni tartibga solish kerak bo’ladi. Tuproqlarga to’g’ri ta’rif berish uchun ham ularni klassifikatsiyalash zarur. Dastlab XIX asr boshlarida A.Berg tuproqlarni qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan klassifikatsiya qiladi: bug’doy eqiladigan va arpa eqiladigan yerlarga ajaratadi. 1871 yilda V.Knop tuproqlarni silikatli, karbonatli va sulfatli guruhlarga bo’ladi. V.V.Dokuchaev asosan tuproq kesmasining xususiy belgilariga e’tibor beradi. U 1900 yilda geografik-genetik tamoyil bo’yicha tuproqlarni klassifikatsiya qiladi hamda 3 ta genetik tipini ajratadi: Download 104.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling