O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


-rasm. Jiyda daraxtining umumiy ko’rinishi


Download 1.37 Mb.
bet5/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016

3-rasm. Jiyda daraxtining umumiy ko’rinishi
Cho’l va adir mintaqasida jiydalarning keng tarqalganligiga asosiy sabab quyidagilardan iborat. Birinchidan, tuproq strukturasining jiydalar uchun mosligi, ya’ni qumli allyuvial tuproqning bo’lishi. Bunday tuproqlarda vegetativ yo’l bilan oson ko’payadi. Ikkinchidan, yorug’lik va issiqlik optimal miqdorda bo’ladi. Uchinchidan, bahor va kuzda toshqinlar va sellar kamroq bo’ladi. To’rtinchidan, jiydalarning umumiy biologik xususiyati aynan shu mintaqalar uchun optimal hisoblanadi.
Ilmiy asarlardagi jiyda turlari mintaqalar bo’yicha taqqoslab ko’rilganda E. spinosa va E. songarica turlarining cho’lda ko’proq uchrashi, E. angustifolia, E. oxycarpa, va E. iliensis larning adirda ko’p tarqalganligi ma’lum bo’ldi. Shunday qilib turkum doirasida turlarning aniq bir mintaqaga moslashmaganligi, ya’ni tik mintaqalarga qarab turlar har xil tarqalishga ega.
Kutra Apocynum cannabinum – Kendir Kutrlilar oilasidan, tarkibida 7 turlari bor. G’arbiy yevropadan tashqari mo’tadil mamlakatlarda o’sadi.
Ayrim turlari:

  • Apocynum androsaemifolium L.

  • Apocynum cannabinum L. — Кутра коноплёвая,

  • Apocynum sibiricum - Sibir kutrasi

  • Apocynum pictum (Sharqiy Osiyo)

  • Apocynum henderson

  • Apocynum sarmatiense

  • Apocynum venetum L.- Ko’kimtir kendir yoki oddiy kendir (Sharqiy Osiyo, Osiyo)

Ko’pgina mamlakatlarda amerikali o’tsimon turi Кутра коноплёвая (Apocynum cannabinum) madaniylashtirilgan, undan yurak glikozidlari olingan. Shimoliy Amerika mahalliy aholisi undan to’qimalar, iplar olgan. Xitoyda Apocynum venetum dorivor o’simlik choylar tarkibiga qo’shilgan. Bu o’simliklarda  tsimarin glikozidi bo’ladi u kardiotonik ta’sirga ega, shu sababli Kutra qabul qilgan kishilarda aritmiya sodir bo’ladi. Zimarin hozirgi zamon tibbiyotida orixolga qarshi preparat sifatida qo’llaniladi. Ayrim navlarining barglari tangaqanotlilar uchun ozuqa hisoblanadi.
Kendir kanopleviy -(Apocynum cannabinum) L.
Ko’p yillik o’tsimon o’simlik, balandligi 1-1,5 m, gorizontal tomirli, atrofiga ebli tomirlari tarqaladi. Poyasi - qizg’ish-qo’ngir rangli, tik o’suvchi, shoxlangan poya. Barglari qarama-qarshi joylashgan, kichik ilgakli. Gullari mayda, yashil-oq, poya ustida to’plangan. Iyun – iyul oylarida gullaydi.
Tarqalishi: o’simlik vatani – Shimoliy Amerika. O’tsimon dalalarda va butalar orasida daryo bo’ylarida tarqalgan. Terish va saqlash. Tomir, ildiz tomirlari ko’proq uch yillik o’simliklarniki teriladi. Kuzda tomir va ildiz tomir kovlab olinadi, yer, tuproqdan tozalanadi, yupqa, kichik bo’laklar kesiladi. Tomir 10-15 sm uzunlikda kesiladi va quritgichlarda 50-60 ºC haroratda quritiladi.
O’stirish. Kendir talabchan emas, namlik yaxshi tuproqda quyoshda yoki soyada ham o’saveradi. Bahor yoki kuzda shoxini bo’lib ko’paytiriladi.
Qo’llanilishi. Birlamchi kendir damlamasi siydik haydovchi sifatida ishlatilgan, keyinchalik uni yurakka ta’sir qilishi aniqlangan.
Farmatsevtika sanoatida “Kenbazid” va “Zimarin” preparatlari chiqariladi, ularda tomirdagi boshqa ballast moddalardan ajratilgan glyukozid summasi mavjud. Ikkla dorivor moddalar yurak yetishmovchiligida, aritmiyada va yurak-qon aylanishini II va III darajasida tavsiya etiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling