O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


Download 1.37 Mb.
bet1/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


Qo’lyozma huquqida
UDK: 55555555
NURITDINOV AZIMJON QAYUM O’G’LI

O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ”


5A 140501Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan




D I S S E R T A T S I YA


Ilmiy rahbar:
k.f.d.prof. Abdullayev Sh.V.
Namangan - 2016
MUNDARIJA

KIRISH

3

I ADABIYOTLAR SHARHI

8

I.1. Jiyda va kendir o’simliklarining tarqalishi va ahamiyati




I.2. Jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibi




I.3. Jiyda butasi shirasiga o’xshash moddalar




II USLUBIY QISM




II.1. Jiyda va kendir o’simliklarini yig’ish,
quritish va maydalash tartibi




II.2.O’simliklarning sifat analizini o’tkazish tartibi




II.3 Jiyda yelimini tozalash usullari




II.3.1. Mexanik usullar (maydalash, elash)




II.3.2. Fizik-kimyoviy usullar (eritish, cho’ktirish, sedimentatsiya, quritish)




II.4 Jiyda yelimini identifikatsiya qilish




II.4.1.IQ spektroskopiyasi




II.4.2.UB spektroskopiyasi




II.4.3 Qovushqoqlikni aniqlash




III. NATIJALAR TAHLILI




III.1. Olingan modda xossalarini tahlil qilish




III.1.1. Yelimning IQ spektri tahlili




III.1.2. Yelimning UB spektri tahlili




III.2. Jiyda yelimi olish va uni tayyor mahsulot shakliga keltirish uchun erituvchining ahamiyati




III.3. Yelimni oqartirishda vodorod peroksidni qo’llash




III.4. Kendir o’simligining fitokimyoviy taxlili




XULOSA




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik ilmu-fanimizning rivojlanishiga, tabiat sirlarini puxta o’rganishga, undan oqilona va ehtiyotkorona foydalanishga juda keng imkoniyatlar yaratdi.
O’zbekiston o’simliklar dunyosi juda turli tumandir. Ular cho’l mintaqasidan tortib, tog’ cho’qqilarigacha tarqalgan. Ularning juda ko’pchiligi faqat yovvoyi holda o’sib, ilmiy jihatidan hali kam o’rganilgan. Bularning ichida shunday o’simliklar borki, ularni xalq xo’jaligida ko’p tomonlama ishlatish mumkin (masalan, oziq-ovqat, tibbiyot, parfyumeriya, to’qimachilik sanoatlarida, asallarichilikda, manzarali o’simlik sifatida va boshqa sohalarda).
Darhaqiqat mana shunday o’simlik oilalaridan biri jiydadoshlar (Elaeagnaceae Juss.) hisoblanadi. Bu oilaga jiyda - Elaeagnus L.turkumi ham kiradi. Ular O’rta Osiyo xalqlarining sevimli o’simliklaridan biri bo’lib, ko’pgina foydali xususiyatlari mavjud.
Jiyda mevasi o’zining xushta’mligi bilan boshqa mevalarga o’xshab alohida o’rinni egallaydi. Uning mevalaridan oziq-ovqat sanoatida, un tayyorlashda, spirt olishda va kisel, kompot, kvas kabi xushta’m sharbatlar tayyorlashda keng foydalanish mumkin.
Jiyda mevalarini uzoq vaqt yangi uzilgandek saqlash va turli joylarga olib borish mumkin. Bundan tashqari uning mevasi parranda va to’qay hayvonlarining sevimli ozuqasi ham hisoblanadi.
Jiyda-dorivor o’simlik sifatida juda qadimdan xalq tabobatida foydalanib kelinganligi ma’lum. Abu Ali Ibn Sino qonni tozalash, ich ketish, ruhni tetik qilish, ishtaha ochishda jiydadan keng foydalangan. Jiyda mevasi servitamin bo’lgani tufayli ilmiy meditsinada kamqonlik, teri qazg’oqlanishi, bo’y o’smasligida, organizmda tuz-suv mutanosibligini saqlashda, fikrlash qobiliyatini oshirishda va yurak faoliyatini kuchaytirish maqsadida iste’mol qilish tavsiya etilgan. Shuningdek, xalq tabobatida jiyda mevasining xususiyatlaridan yana biri bolalarda uchraydigan ich ketish kasalligiga qarshi yaxshi davo hisoblangan. Uning damlamasi nafas yo’llari shamollaganda, oshqozon-ichak va radikulit kasalliklarini davolashda foyda beradi.
Jiyda asal shirasiga ham juda boy o’simlik. U ko’p tarqalgan tumanlarda aholi asalarichilik bilan shug’ullanadi. Jiyda gulidan olingan asal juda sifatli, xushbo’y hisoblanadi. Gulidan 0,3% efir moylari olinadi. Bular konditer mahsulotlarida, ichimlik va parfyumeriyada ishlatiladi.
Daraxt yog’ochi mustahkam, qattiq bo’lganligi tufayli undan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi. Jiyda daraxtining yelimi noyob hisoblanuvchi arab yelimining (gumiarabik) o’rnini bosa oladi. U lak, sifatli yelim, rangli mahsulotlar olishda va to’qimachilik sanoatida ishlatiladi.
Jiyda o’rmon melioratsiyasi uchun ham juda qimmatli o’simlikdir chunki, uning ildizlari oqimlar va yemirilish jarayonidan saqlaydi, uni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, O’rta Osiyoning issiq (55-60 oC) va quruq iqlim sharoitida jiydazorlar atrofga go’zal manzara berib turish va sanitariya-gigiyena jihatidan ham katta ahamiyatga ega.
Jiydaning foydali tomonlari haqida so’z yuritar ekanmiz, afsuski keyingi yillarda bu o’simliklarga yetarlicha e’tibor berilmayapti, buning natijasida ko’pgina joylarda ular ayovsiz kesib tashlangan, qolganlari esa qarovsiz holda qoldirilgan. Bu esa jiydazorlarning nihoyatda kamayib ketishiga olib keldi.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish davrimizning eng dolzarb muammolaridan biridir. Tabiatning bitmas-tuganmas boyliklaridan oqilona, uning mutanosiblik qonuniyatlarini buzmay, zarar yetkazmay foydalanish uchun tabiat yaratgan o’simliklar dunyosini har tomonlama chuqur o’rganish talab qilinadi.
Hozirga qadar jiydaning biologiyasi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyatlari va ishlatilishi yaxshi o’rganilgan. Lekin, jiyda daraxtining yelimi noyob hisoblanuvchi arab yelimining (gumiarabik) o’rnini bosa olishi va samarali foydalanish kabi masalalar o’z yechimini to’liq topgani yo’q. Bu ishlar nazariy va amaliy tomondan katta ahamiyat kasb etadi.
Jiydadoshlar- Elaeagnaceae oilasiga xos xususiyayatlar to’liq o’rganilmagan, faqat ayrim chet elda nashr etilgan ayrim manbalarda bu to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. O’zbekiston sharoitida bu ishlar ilk bajarilishi ko’zda tutilgan.
Dunyo miqyosida ekologik vaziyatni tobora yomonlashib borishi, o’simliklarni o’sishini, rivojlanishiga ta’siri oshmoqda.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling