O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


-rasm. Jiyda turlarining O’rta Osiyo xududida tarqalishi


Download 1.37 Mb.
bet4/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016

1-rasm. Jiyda turlarining O’rta Osiyo xududida tarqalishi.
N.N. Svelyov O’rta Osiyo hududi uchun jiydaning 7 ta turini keltirgan va ularning tarqalishini quyidagicha izohlagan: E. oxycarpa, O’rta Osiyoning shimoliy hududlarida, Kavkaz oldida va Xitoyning Jung’oristonida, E. iliensis O’rta Osiyoning Ili va Norin daryolari atrofida, E. angustifolia, O’rta Osiyoda ko’proq madaniy sharoitda, E. littoralis O’rta Osiyoda faqat madaniy sharoitda, E. spinosa O’rta Osiyoning ko’pgina rayonlarida, E. songarica - Zarafshonda, Amudaryoda (Nukus atrofida), Sirdaryoda (Qizil O’rda atrofida), Chirchiq daryosi bo’ylarida va E. igda O’rta Osiyoda faqat madaniy sharoitda o’sadi va u O’rta Osiyoning barcha respublikalarida, hatto Turkiya, Eron, Afg’oniston, Pokiston va Kavkaz ortida uchrashi qayd etilgan.
Xaritadan (rasm. 1.) ko’rinib turibdiki, jiyda turlari O’rta Osiyo hududida bir tekisda tarqalmagan. Ularning areallari aralashib ketgan. Ma’lum bir maydonda masalan Amudaryoda, Sirdaryoda, Zarafshonda jiydaning 5 ta turi (Elaeagnus orientalis, E. angustifolia, E. spinosa, E. oxycarpa, E. songarica), Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryoda jiydining 3 ta turi (Elaeagnus orientalis, E. angustifolia, E. spinosa) ning birga o’sishi xaritada keltirilgan.
O’zbekistonda va unga yaqin hududlardagi jiydalarning K.Z. Zokirov tavsiya etgan tik mintaqalar - “Cho’l” (dengiz sathidan 100-500 m balandlikda), “Adir” (500-1500 m), “Tog’” (1500-2800 m), “Yaylov” (2800 m dan yuqori) bo’yicha tarqalishi ularning asosan uchta (cho’l, adir, tog’) mintaqada tarqalganligini ko’rsatdi. Lekin, ilmiy asarlarda hamda “Botanika” IIChM gerbariysida saqlanayotgan gerbariylarning yorliqlarida keltirilishicha jiydalar asosan cho’l va adir mintaqalarida keng tarqalgan. Haqiqatda ham tog’ mintaqasida jiydalar juda kam uchraydi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryoda olib borilgan kuzatishlar natijasida ularning dengiz sathidan 1 500-2000 m balandlikda uchrashini ko’rsatdi.

2-rasm. Daryo atrofidagi jiydazorlar


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling