O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


I.2. Jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibi


Download 1.37 Mb.
bet6/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016

I.2. Jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibi
O’zbekiston va unga yaqin hududlarda o’sadigan jiydalarning kimyoviy tarkibi va uchraydigan moddalar bilan shug’ullangan deyarli barcha tadqiqotchilarni o’ziga jalb etib keladi. Shundan ko’rinib turibdiki, jiyda tarkibini aniqlashda mutaxassislar uchun qanday ilmiy izlanishlar olib borish kerak degan masalalarga to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq.
Jiyda- guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.
Jiydaning har xil qismlarida flavonoidlar, kumarinlar, alkaloidlar, kamed (elim), siklitollar, katexinlar, vitamin C, fenolkarbon kislotalar, efir moylari, uglevodlar, oshlovchi moddalar va steroidlar aniqlangan. Mevalarida saxaroza (40% dan yuqori), fruktoza( 10% dan yuqori), glyukoza (20% ga yaqin), yog’lar, organik kislotalar, oshlovchi moddalar, bo’yoqlar, shilimshiq va azotli moddalar, oqsillar, fosfor va kaliy tuzlari, 40% gacha bog’langan va erkin tannin, vitamin C aniqlangan. Gullarida aromatik efir moylari, po’stlog’ida alkaloidlar (0,1-0,3%) va bo’yoqli moddalar, barglarida askorbin kislota miqdori mo’lroqdir. Jiyda shoxlari va daraxtida katta miqdorda yelim (kamed), aniqlangan, eng ahamiyatlisi ular ko’proq 5-12 yilda hosil bo’ladi. Guldon tarkibida ko’pgina mikroelementov – mis, rux, xrom, alyuminiy, nikel; shoxchalarida - efir moyi (0,3 %) ajratilgan .
Jiyda preparatlari kamzaharli, xolinolitik ta’sirga ega, nafas olish organlariga va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi, arterial bosimni pasaytiradi. Ichakni davolashda, qorin, me’da kasallarida, oshqozon osti bezi, buyrak va yurak kasallarida foydalidir. Jiyda mevalari shamollash oldini oluvchi, og’riqsizlovchi, siydik haydovchi, sedativ, ichak qurtlarini haydovchi, uyqu dorilar ta’sirini kuchaytiruvchi, jahl va urushqoqlikni pasaytiruvchi hisoblanadi.
Mevalaridan kolloid va oshlovchi moddalar bo’lgan konsentrat - pshatin olinadi. Pshatin oziq ovqat hazmi buzilganda qotiruvchi xossaga ega. Og’iz bo’shlig’i shamollaganda u bilan g’ar-g’ara qilish kerak. Ilmiy tibbiyotda yana Loxtan, Loxpektan kabi preparatlar qo’llaniladi.
Kumarinlar, flavonoidlar va alkaloidlar antibakterial tif- paratif chaqiruvchilarga nisbatan ta’sir ko’rsatadi. O’simlikning yangi uzilgan barglari yiringlagan yaralar ustiga yopishtirilib shamollash asoratini va tezroq tuzilishiga sababchi bo’ladi. Quritilgan barglari shamollash kasallarida va og’ir isitmada qaynatmasi buyuriladi. Radikulit, revmatik va podagrik og’riqlarda u bilan dimlanadi yoki matolarga shimdirilib yopishtiriladi. Gastrit va enteritlarda qaynatmasi ichiladi. Gullari damlama va qaynatma shaklida yuqori nafas olish yo’llari kasallarida, yurak mushaklari harakatini kuchaytirishda, gipertoniyada va issiq tushiruvchi sifatida qo’llaniladi. Yangi ezibolingansharbati bezgak kasalida va arterialbosim oshganda ta’siri kuchlidir. Qaynatmasi ich ketganda, ichakdagi shamollash jarayonida, tish og’rig’ida ijobiy natijalar beradi.
Bavosil kasalida jiyda mevasi xokasi va bagizub barglari xokasi davolovchi hisoblanadi. Qonni to’xtatishda po’stlog’ning qaynatmasi qo’llaniladi.
Mevasi unsimon, sepiluvchan, shirin, lekin quruqdir. Tarkibi to’yimli, unda 60 % gacha shakarlar, 10 % gacha oqsil, 45 mg/100 g vitamina C, kaliy va fosfor tuzlari aniqlangan. Jiyda daraxtidan 6-8 kg mevalar olish mumkin. O’simlik changli va gazli atmosferaga chidamli, fitontsid xususiyatga ega bo’lgani uchun shaharni ko’kalamlashtirish uchun qo’llaniladi. Eng muhimi issiqga va sovuqga chidamliligidir. Gullagan vaqtida asalarilar undan qahrabo rangli o’ziga xos aromatga ega asal 200kg/ga olinadi.
Kendir o’simligi ko’pgina mamlakatlarda dorivor o’simlik sifatida madaniylashtirilgan. Tomirida yurak glikozidlari (zimarin, aranozid, zinokanozid, ksantrofanbin-β), to’yingan kislotalar (linol, olein, palmitin, stearin), tannin, kraxmal, efir moylari, kauchuk va alkaloidlar uchraydi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling