O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


Download 1.37 Mb.
bet2/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016

Tadqiqotning maqsadi: Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi, nomi zikr etilgan o’simliklarni qiyosiy taqqoslash, ularni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy usullarini optimallash, hamda ba’zi bir muhim xossalari, suvda eruvchanligi, qovushqoqligini o’rganish va sanoat tarmoqlarida qo’llash bo’yicha takliflar berishdan iborat. Bu o’simlilardan foydalanish yo’llarini aniqlash va foydalanish tarmoqlarini oshirish.
Tadqiqotning asosiy vazifalari:
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- jiyda va kendir o’simliklariga doir adabiyotlarni jamlash va xulosalarni qiyosiy o’rganish;
- jiyda va kendir o’simliklari organlaridan ekstraktlar olish;
- ekstrakt tarkibidagi biologik faol moddalarni ajratish va taxlil qilish;
- jiyda butasining tanasidan yig’ib olingan yelimni har xil aralashmalardan tozalash;
- tozalab olingan jiyda yelimini quritish (8% namlikkacha), tegirmonda maydalash va har xil o’lchamdagi elakdan o’tkazish;
- maydalab olingan jiyda yelimini yuvib tozalash uchun erituvchi tanlash va yuvish jarayonining optimal sharoitlarini aniqlash;
- tozalab olingan jiyda yelimini suvda eruvchanligini hamda suvli eritmasining qovushqoqligini aniqlash.
Muammoning ishlab chiqilish darajasi
Manbalarda yozilishicha O’zbekistonda tarqalgan jiyda butasi yelimi ilmiy jihatidan to’liq yoritilmagan. Jiyda yelimining xossalari va boshqa xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar muammoligicha qolmoqda.
Keyingi paytlar farmatsevtik preparatlar tarkibida tabiiy bog’lovchi komponentlarni qo’llash o’ta muhim bo’lib borayotganligi ham jiyda yelimini tadqiq etish zaruriyatini ta’kidlaydi.

Tadqiqotlarning ilmiy yangiliklari – O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklari birinchi marta qiyosiy tekshirilishidir. Bundan tashqari O’zbekiston va Xitoyda o’sadigan jiyda (Elaeagnus angustica)dan olinadigan yelimni ajratib olish, uni tozalashning optimal variantlarini aniqlash va qo’llash sohalarini yanada kengaytirish bo’yicha ayrim takliflar berish ishning ilmiy yangiligini belgilaydi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling