O’zbekiston va Xitoyda o’suvchi jiyda va kendir o’simliklarining kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlili ” 5A 140501


I.3. Jiyda butasi shirasiga o’xshash moddalar


Download 1.37 Mb.
bet7/13
Sana26.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1724986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Nuritdinov Azimjon magistrlik dissertatsiyasi 25.05.2016

I.3. Jiyda butasi shirasiga o’xshash moddalar
Dunyoda mahalliy xomashyolar resurslari bilan qiziqishning kuchayishi Armanistondagi tabiiy xomashyo manbalarini o’rganishiga sabab bo’lmoqda. Bu sohada, mahalliy polisaxarid tabiiy hosil bo’ladigan o’simliklar kelib chiqishi, ahamiyati va maqsadli qo’llash ilmiy adabiyotlarda keltirilmoqda. Polisaxaridlar qadimdan dorivor formalar ishlab chiqishda yordamchi maxsulot hisoblangan bo’lsa [1], hozirgi vaqtda ularni biologik faol modda sifatida qaralmoqda [2]. Har xil etiologiyali kasallarni davolashda va oldini olishda meditsina amaliyotida biologik faol o’simlik polisaxaridlar keng qo’llanilmoqda. Polisaxaridlar biokimyoviy reaksiyalarning potensial modifikatorlari hisoblanadilar, rak shishlarga qarshi, yaralarni davolovchi, ustini yopuvchi, muloyimlashtiruvchi va aksa, balg’am ko’chiruvchi xarakterga ega. Ular asosida chet elda qator polisaxarid preparatlar olinmoqda [3] Shu nuqtai nazarda eng muhim bu ayrim atirguldoshlar oilasi o’simliklar daraxtlaridan ajratilgan kamedlar ajralib turadi (o’rik, shoftoli, olxo’ri va hakazo).
Armanistonda kamedlar quyidagi daraxtlar oilasidan ajratilgan atirguldoshlar, dukkaklilar va jiydalilar, bular hozirgi kunda xomashyo sifatida deyarli qo’llanilmaydi [4].
Agar bu xomashyoni fizik-kimyoviy tahlil qilinsa unda ayrim sanoatning sohalarida qo’llashga yo’l ochilishi mumkindir. Taklif etilayotgan maqolada o’rik kamedini Armanistonda o’sgan daraxtlarda yig’ib kimyoviy tarkibini tekshirish oldingi fizik-kimyoviy tahlillar davomi hisoblanadi. [5,6,7]
Bajarilgan ishning maqsadi o’rik kamedidan polisaxarid kompleksini ajratish, uni neytral va kislotali monosaxaridlarga miqdorli ajratish, monosaxaridlarni xromatografik usullarda sifat va miqdor tarkibini aniqlash hisoblanadi.
Xomashyo sifatida 2009-2011 yillarda Armenian vulgaris Lam. O’rik daraxtlaridan yig’ilgan kamedlar bo’lgan. Ular asosan Armanistonning har xil regionlarida o’sgan ( Armavir tumani Tandzut qishlog’i, Egegnadzor tumani Chiva qishlog’i, Kotayskiy tumani Zovuni , Arzni). Tekshirish uchun qo’l bilan o’tkir pichoq bilan daraxtlardagi tabiiy kamedlar kesilib olingan, daraxt yoshi kamida 10 yillikdir. Terilgandan so’ng kamedlar organik va mineral qo’shimchalardan tozalangan, yuvilgan, quritilgan va dispergirlangan [7].
Kamedni tozalash kolonka usulida o’tqazilgan. 10g o’rik kamedi 50 ml distillangan subda eritilgan. Bir kun qoldirilganda shishgan, undan keyin sekin qizdirib to’la eritilgan. Olingan suspenziya preparativ usulda to’la Al2O3 (IV faol daraja) 1:3 nisbatda yuttirilgan. Olingan xoka poroshok 3,0g poliamid (WOELM) to’ldirilgan kolonkaga o’tqazilgan. Yuvishni distillangan suv bilan boshlangan. Olingan suvli ekstraktlar vakuum rotatsion apparatda quruq holatgacha bug’latilgan va amorf och-qizil rangli amorf kunun olingan.
Kamedning geteropolisaxarid PMR spektri Varian-merkuri-300VX asbobida deyterovodda НЦМС НАН РА laboratoriyasida olingan. Kimyoviy siljishlar tetrametilsilanga nisbatan m.d. (δ-shkala) berilgan.
Kimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida tozalangan nkamed 2M sulfat kislota (1:50) gidrolizlangan 30 minutdan 24 soatgacha, gidroliz jarayoni xromatogtrafik tahlil etilgan. Gidrolizatlar neytrallangan, cho’kmalar filtrlangan, filtratlardan monosaxaridlar 95% spirt (1:3) cho’kma tushirilgan. Polisaxaridlarning miqdori gravimetric usul bilan cho’kma quritilgach aniqlangan. Kislotali monosaxaridlar (uron kislotalari) filtrlangach, filtratlar quruq holatgacha bug’latilgan, 70% spirtda eritilgan va neytral monosaxaridlar aniqlashda xromatografiyada qo’llanilgan.
Polisaxarid komplekslari fraksiyalarinin sifat tarkibini identifikasiyalashda yupqa qavatli xromatografiya Silufolda (SIL G/UV 254) erituvchilar sistemasida: benzol-metanol-sirka kislota (1:3:1) ishlatilgan. Standart guvoh sifatida ksiloza, arabinoza, mannoza, galaktoza ishlatilgan. Monosaxaridlarning miqdor nisbati tekshirilayotgan polisaxarid komplekslarda Afanasyev-Zayzeva uslubida anilinftalat reaktivi bilan reaksiyaga kiritib spectral usulda yupqa qavatli Silufol sorbentida monossaxaridlarni xromotografik usulda ajratib aniqlangan. Umumiy kislotali monosaxaridlar miqdori kislotali muhitda karbazol bilan rangli reaksiya orqali aniqlangan.[8,9,10]
Olingan ma’lumotlar va ularni muhokamasi. Tekshirishlar ko’rsatdiki polisaxarid kompleks o’rik kamedidan asosan uron kislotalari va neytral monosaxaridlardan iborat. Har xil region ko’rsatkichlarida uron kislotasi va neyteal monosaxaridlar miqdori har xil bo’lsa ham, lekin umumiylik uron kislotaso hamma namunalarda o’rtacha 84,32±0,45(%), o’rtacha neytral monosaxaridlarda esa 15,69±0,2(%) bo’lgan. Uron kislotalarning eng kata miqdori Egegnadzordagi o’rik kamedi kompleksidan aniqlandi (92,28%), neytral monosaxaridlar yuqori miqdori (yaqin miqdorda) polisaxarid komplekslar Arzni 16,68% va Tandzut 16,60% aniqlangan.
Adabiyotlar bo’yicha uron kislotalari tabiatda keng tarqalgan, polisaxaridlarda ularning miqdori ko’p bo’lishi terapevtik effektini yani shamollash oldini olish va antimikrob faolligini oshiradi[9]. Ko’proq D-glyukuron kislota uchraydi,ular ko’pchilik mo’simlik glikozidlari va npolisaxaqridlarda uchraydi (kamedlarda, gemisellyulozada, oxirgi holamda 4-0-metil-0-glyukuron kislota bilan birgalikda) [3,8]. Demak tekshirilayotgan namunalarda polisaxarid komplekslarda uron kislotalar miqdorini miqdoriy aniqlash o’rik kamedining shamollashni oldini olish, antimikrob va dezintoksikazion faolligi belgisi bo’ladi. O’rik kamedini gidrolizlash maxsulotlarida neytral monosaxaqridlarni namuna standart monosaxaridlasr bilan solishtirib aniqlanganda ularda quyidagi neytral monosaxaridlar aniqlangan: galaktoza, arabinoza, ksil;oza va mannoza.
Teksiruvlar natijasida (PMR spektr ko’rsatkichlari asosida) ko’rsatildiki kimyoviy siljishlar piranozil va furanozil monosaxaridlarda murakkab spin-spin o’zaro ta’sirdadir, chunki 5,18 c. O-CH-O guruxga tegishli 5,05d monosaxarid piranozil xalqa H-1 , 4,10dd monosaxaridning piranozil xalqasiga, 3,5-4,0 m. O-CH va O-CH2 guruxga, 3,42c.-*, 3,2-* chgo’qilar aniqlanmagan.
Xulosa. Armanistonda o’suvchi o’rik daraxtining har xil rsayonlaridagi kamedining polisaxarid kompleksi ajratilib uning sifat va miqdoriy miqdori aniqlangan. Xromatoigrafik usullar orqali kamed polisaxaridi gidrolizatida galaktoza, arabinoza, ksiloza, mannoza va yron kislotalar aniqlangan. Uron kislotaning ko’proq bo’lishi bu majmuaning shamollashga qarshi va antimikrob ta’siri borligiga sababdir. Monosaxaridlardagi piranozil va furanozil xalqa kimyoviy siljishlari aniqlangan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling