O’zbekiston va yevropa davlatlari o’rtasidagi har tomonlama hamkorlik. Reja: Kirish Asosiy qism
O’zbekiston va Yevropa davlatlari o’rtasidagi hamkorliklar
Download 47.96 Kb.
|
O\'zbekiston реферат
O’zbekiston va Yevropa davlatlari o’rtasidagi hamkorliklar.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan bo`lib, bu yerda mintaqa aholisining 45%ti yashaydi. O`zbekiston mintaqaning boshqa mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston) bilan umumiy chegaralarga ega bo`lgan yagona mamlakat, shuningdek u Yevropa bilan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi va shuningdek, Janubiy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarini transport va telekommunikatsiya bo`yicha birlashtiruvchi muhim koridor hisoblanadi. O`zbekiston hozirgi kunda bir qator obro`li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o`nlab davlatlari bilan do`stona aloqalarini bog`lagan, yirik bank va moliyaviy tashkilotlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan. O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotida turli darajadagi - global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo`lmasligi kerak degan tamoyilga amal qiladi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati davlatlari bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko`p tarmoqli aloqalarni o`rnatayotganligidir. Bu o`rinda Yevropa Ittifoqi (YeI) muhim o`rinni egallaydi. O`zbekiston Respublikasi va YeI o`rtasidagi hamkorlik 1992 yilning 15 aprelida O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI Qo`mitasi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risida Memorandumning imzolanishi bilan boshlandi. 1994 yilning 24 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida YeI qo`mitasining O`zbekistondagi texnik aloqalar hamkorligi bo`yicha byurosini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu tashkilotlarning maqsadi iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o`tishda texnik yordam ko`rsatish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI qo`mitasining harakatlarining hamkorligini kuchaytirishdan iborat edi. O`zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yilning 21 iyunidagi sammitda YeIga a’zo davlatlarning rahbarlari bilan “O`zbekiston va Yevropa hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o`rtasida hamkorlik va sheriklik” to`g`risida bitim imzolandi. O`zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlat bo`ldi. Хullas, “Sheriklik va hamkorlik” haqidagi bitim O`zbekistonning YeI a’zo davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarining huquqiy asosini tashkil qilgan bo`lib, ushbu bitim siyosiy, iqtisodiy, fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochgan edi. 1990 yilning mayida Yevroparlament va YeI a’zo davlatlari bilan sherikchilik va hamkorlik haqida bitimning ratifikatsiyasi bo`yicha barcha tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999 yilning 1 iyulida “Sherikchilik va hamkorlik haqidagi bitim” kuchga kirdi va “YeI-O`zbekiston” qo`shma qo`mitasi o`rniga O`zbekiston-YeI hamkorlik qo`mitasi tuzildi. 1999 yilning 14 dekabrida 1993 yilning iyunidagi shartnoma muddatini uzaytirgan va o`zbek ishlab chiqaruvchilarining to`qimachilik mahsulotlarini YeI bozorida sotish sharoitlarini yaxshilovchi “Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida to`qimachilik mahsulotlari savdosi haqida bitim” tasdiqlandi. Ushbu bitim 2000 yilning 1 yanvaridan “de-fakto” nomi bilan kuchga kirdi va 2004 yilning 31 dekabrigacha amalda bo`ldi. YeI O`zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi va YeI mamlakatlari o`rtasidagi tovar ayirboshlashning o`sishi ko`rsatkichlari savdo-iqtisodiy munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligidan guvohlik beradi. 2002 yil yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasining YeI mamlakatlari bilan ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 065,8 mln. AQSh dollarinini tashkil etgan, undan 520,6 mln. AQSh dollari eksport, import esa 545,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. 2002 yil davomida tovar ayirboshlash hajmi bo`yicha YeI mamlakatlari ichida respublikamizning eng yirik savdo sheriklari: Buyuk Britaniya (302,0 mln. AQSh dollari), GFR (250,8 mln. AQSh dollari), Italiya (123,8 mln. AQSh dollari), Belgiya (95,5 mln. AQSh dollari), Frantsiya (91,5 mln. AQSh dollari), Niderlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) davlati bo`ldi. YeI mamlakatlari bizning yetakchi investorlarimiz bo`lib, hozirgi kunda O`zbekistonda YeIga a’zo davlatlarning 147 firma va kompaniyalarini akkreditatsiya qilingan. Respublika hududida YeI mamlakatlarining firma va kompaniyalari kapitali ishtiroki bilan 480 ta korxona o`z faoliyatini olib bormoqda, ularning 114 tasi-100% lik Yevropa kapitali bilan, 1995-2002 yillar davomida YeIning firma va kompaniyalari, shuningdek bank tuzilmalari O`zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSh dollari atrofida bo`lgan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Oxirgi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa bir qator YeI davlatlari bilan to`g`ridan-to`g`ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanib bormoqda. Bu munosabatlarni boshqaruvchi asosiy huquqiy hujjat 2002 yil martda imzolangan edi. Jahon iqtisodiyotida yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega bo`lgan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri - AQSh bilan ko`p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish O`zbekiston uchun ustivor ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to`g`risida Deklaratsiya” ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston AQShning kompaniya va firmalari bilan qo`shma investitsion loyihalarni amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli o`zaro foydali sheriklik munosabatlarini o`rnatishga, bozorimizda Amerika kapitali mavjudligining kamayishiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 323 korxona ro`yxatga olingan bo`lib, ularning 233 tasi qo`shma korxonalarni 90 tasi esa 100% chet el kapitali hisobiga qurilgan. Amerika kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar asosan tog`-kon va neft-gaz komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo`lga kiritgandan buyon Amerika kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida amalga oshirilgan investitsion loyihalarning umumiy summasi 2,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo`lib, uning 1,4 mlrd. AQSh dollarilik loyihalar Amerika moliyaviy institutlari tomonidan sug`urtalangan. Jahon iqtisodiyotida AQSh O`zbekistonning muhim savdo hamkori bo`lib qolmoqda. 2002 yil natijasiga ko`ra ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 400 ming AQSh dollarini tashkil etgan edi. Yaponiya O`zbekiston Respublikasini mustaqilligini 1991 yilning 28 dekabrida tan olgan yetakchi sanoati rivojlangan davlatlardan biridir. Ikki davlat o`rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 26 yanvarida o`rnatildi. Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Yaponiyaga 1994 yilning may va 2002 yilning iyulida amalga oshirgan rasmiy tashriflari muhim rol o`ynadi. Tashriflar chog`ida O`zbek-Yapon davlatlararo munosabatlariga oid bir qator xujjatlar, jumladan “O`zbekiston Respublikasi va Yaponiya qo`shma bayonoti”, “O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan Yaponiya hukumati o`rtasida imzolangan bitimlarga O`zbekistonning xuquqiy vorisligi haqida maktublar almashinuvi”, shuningdek, “O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida do`stona, strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risida qo`shma bayonot”lar imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanib borishida 1994 yilda tuzilgan iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek qo`mitalari muhim rol o`ynamoqda. Respublikaga muntazam ravishda Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari, ishbilarmon doiralari va siyosiy partiyalarning rahbarlari tashrif buyurmoqda. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish uchun moliyaviy hamkorlik to`g`risida, neft-gaz va to`qimachilik sanoat tarmoqlarini, mineral xom-ashyo bazalarini rivojlantirish bo`yicha investitsion seminarlar, konferentsiyalar, prezentatsiyalarni tashkillashtirmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat, hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy ravishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari bo`yicha konsultativ yig`ilish va davra suxbatlari o`tkazilmoqda. Хullas, O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xalqaro hamkorlik bo`yicha Yaponiya agentligi va tashqi savdo tashkilotlarining vakolatxonalari ochildi. Toshkent shaxrida esa O`zbek-Yapon markazi o`z faoliyatini olib bormoqda. Yapon bog`i ochilgan. Toshkentda hozirgi kunda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 19 ta yirik Yapon kompaniyalar akkreditatsiya qilingan, 8ta qo`shma korxona ishlab turibdi. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik rejalarini amalga oshirishda muhim rol o`ynovchi Yaponiyaning moliyaviy-iqtisodiy yordamiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. O`z navbatida Yaponiya ham O`zbekistonga Markaziy Osiyodagi vaziyatga katta ta’sir ko`rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida qaraydi. Hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida savdo soxasida mumkin qadar qulaylik berish rejimi o`rnatilgan. 2002 yilda ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash 31,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Undan 11,6 mln. AQSh dollari eksport, 20,3 mln. AQSh dollari importga to`g`ri keladi. Respublika eksportida asosan yigirilgan ip va materiallar, alyuminiy va uning mahsulotlari, shuningdek xizmatlar turgan bo`lsa, importida kauchuk va rezina mahsulotlari, zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiya, kimyoviy tolalar, oltin asbob va apparatlar, mebel, transport vositalari va xizmatlar turgan. 2003 yilning yanvaridan sentyabrigacha bo`lgan davrda ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 46,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 10,1 mln. AQSh dollari eksportga, 36,8 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan edi. O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda barqaror rivojlanib bormoqda. O`tgan yillar davomida respublikaga keltirilgan moliyaviy vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Хalqaro hamkorlik sohasida Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublikaning yoqilg`i-energetika va to`qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 8 ta investitsion loyihalarni moliyalashtirdi. Bundan tashqari JBIC orqali “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi orqali O`zbekistonga telekommunikatsiya, transport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari bo`yicha umumiy summasi 721,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 7ta loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli shartlar bilan davlatning yena kreditlari berildi. Beg`araz va insonparvarlik yordamlari bo`yicha esa sog`liqni saqlash, maorif, transport va madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi. 1993-2003 yillarda Yaponiya xukumati O`zbekistondagi tashkilot va muassasalarda (iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasini va boshqa sohalarda) ishlashi uchun 150dan ortiq ekspertlar jo`natdi. Bundan tashqari respublikaning turli vazirlik va muassasalaridan 500 ga yaqin mutaxassislar Yaponiyaning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni o`tab qaytishdi. Хitoy Хalq Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasidagi o`zaro foydali hamkorlikning asosiy yo`nalishlari 1992 yil mart, 1994 yil oktyabr, 1999 yilning noyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Хitoyga, shuningdek, 1994 yilda ХХR Bosh Vaziri Li Penning, 1996 yilning iyulida ХХR rahbari Цzyan Цzeminning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida aniqlab olindi. 1992 yil yanvarda O`zbekiston va ХХR o`rtasida imzolangan savdo iqtisodiy bitimlarga muvofiq mamlakatlar o`rtasida bir qator qulaylik yaratildi. 2002 yilda ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 130 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 17,3 mln. AQSh dollari eksportga, 112,7 mln. AQSh dollari importga to`g`ri kelgan edi. Respublika eksportida asosan xizmatlar, elektr va mexanik asbob-uskunalar, ipak, to`qimachilik materiallar, maxsulotlari mineral yoqilg`i, neft va qayta ishlangan mahsulotlar, paxta tolasi, ho`l meva va yong`oqlar, mato, kalava ip va boshqalar turgan bo`lsa, importida asosan - mexanik anjomlar, optik apparatlar va priborlar, plastmassa va undan tayyorlangan maxsulotlar, kofe, choy va qandolat mahsulotlar, transport vositalari, anorganik ximiyaviy mahsulotlar, to`qimachilik kiyimlar, poyafzal, organik ximiyaviy qo`shilmalar, kauchuk va rezina mahsulotlari, qora metall va undan tayyorlangan mahsulotlar, trikotaj kiyimlar va boshqalar turgan. Xulosa: Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston qisqa fursatda xalqaro hamkorlik va aloqalarda, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvda muhim yutuqlarga erishdi va bu borada katta tajriba to‘pladi. Respublikamizning BMTga, YEXHTga, Parlamentlararo ittifoqiga, Shanxay hamkorlik tashkilotiga, Xalqaro valyuta fondiga, Butunjahon banki, Xalqaro moliya Korporatsiyasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyo va Tinch okean mamlakatlari uchun BMTning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga a’zo bo‘lib kirishi yurtimiz taraqqiyoti ufqlarini ochdi. YUNЕSKO bilan aloqalar esa Vatanimizning dunyo miqyosida yanada tarannum etilishiga turtki berdi. Respublikamizning nufuzli davlatlar: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron va Pokiston kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutdi. Ikki davlat o‘rtasidagi, ya’ni O‘zbekiston boshqa bir mamlakatlar bilan davlatlararo aloqalarning yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish jarayonlari kuchaydi. Ayniqsa Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarning chuqurlashuvi ikki davlat o‘rtasida “ittifoqchilik shartnomasi”ning tuzilishiga olib keldi. O‘zbekistonning AQSH bilan aloqalari kengaydi. Prezident I.Karimovning Amerika jamoatchiligi tomonidan Xalqaro miqyosdagi “Lider” mukofotiga sazovor bo‘lishi Amerika xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tibori ramzidir. O‘zbekiston qisqa davr, yigirma bir yillik mustaqil taraqqiyot yillarida mustaqillik g‘oyalarini hayotga tadbiq etish asosida milliy davlatchilikni tiklashda quyidagi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi: istiqlol va suverenitetni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston o‘z taqdirini o‘zi mustaqil belgilash, barcha tabiiy, mineral-xom ashyo boyliklari, o‘z mamlakatining butun salohiyatidan xalqimizning manfaatlari va uning istiqboli yo‘lida foydalanish huquqiga ega bo‘ldi; sobiq Ittifoqning ilgari mafkuralashtirilgan, mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, erkin bozor iqtisodi prinsiplariga asoslanuvchi demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy negizlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi; mamlakatning jahon hamjamiyatidagi manfaatlari, nufuzi va mavqeining ortishiga muvofiq keluvchi tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarning mustaqil yo‘lini shakllantirishga erishdi; jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosi bo‘lib va ko‘p qirrali tashqi iqtisodiy faoliyat yuritib, O‘zbekiston dunyo integratsion jarayoniga ishonch bilan kirib bordi. Bu yutuqlar xususida so‘z yuritganda, qayta tiklanayotgan o‘zbek davlatchiligining milliy rahnamosi bo‘lmish O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan g‘oyalari yotishini va u kishi ishlab chiqib, amalga oshirgan O‘zbekiston yo‘lining dunyo miqyosida tan olinganini ochiq-oydin e’tirof etmoq kerak. Download 47.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling