O’zbekiston va yevropa davlatlari o’rtasidagi har tomonlama hamkorlik. Reja: Kirish Asosiy qism
Download 47.96 Kb.
|
O\'zbekiston реферат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa O‘zbekiston va MDH davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi
O’ZBEKISTON VA YEVROPA DAVLATLARI O’RTASIDAGI HAR TOMONLAMA HAMKORLIK. Reja: Kirish Asosiy qism O‘zbekiston va MDH davlatlari O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar O‘zbekiston va Turkmaniston O‘rta Osiyodagi suv-energetika sohasidagi muammolarga oid masalalar Xulosa O‘zbekiston va MDH davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston va MDH davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi. Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi. 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar. MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish; umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish; iqtisodiy islohot o‘tkazish; bojxona siyosatini birga olib borish; transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash. uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi. Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi. Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi. 1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi. 1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi. Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. 2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar. Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi. Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi. 2002 yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010 yil 10 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010 yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi. 2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta’kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada rivojlanishini ko‘p jihatdan barcha a’zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal qilishi hamda manfaatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani bayon etildi. O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganligi muhimdir. 1991 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti B.Yelsin bilan ikki davlat o‘rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar. 1992 yil may oyida B.Yelsin O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahdlashdi. 1992 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgach, elchixonalar ochildi. Islom Karimov 1994 yil mart oyidagi Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi. Shuningdek, 1998 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 1998-2007 yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida shartnoma ham imzolandi. 1990 yillarning oxiri 2000 yilning boshlarida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. RF Prezidenti V.Putin qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta – 1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etib, ikki mamlakat o‘rtasida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda – 520 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo‘shma korxona mavjud edi. O‘zbekiston Rossiyadan mashina va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qilayotgan edi. 2004 yil 16 iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi, OAJ hamda “O‘zbekneftigaz” milliy xolding kompaniyasi bilan, “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i-energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo yo‘nalishidagi hamkorlik hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bordi. 2005 yil 14 may kuni davlatimiz rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida “Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi. Shuningdek, ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Narkotiklar aylanishini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamda prekursorlarni nazorat qilishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ma’lumki, Islom Karimov va Vladimir Putinning oktyabr oyida Sankt-Peterbergda bo‘lgan uchrushuvida mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini va bunday munosabatlar ikki tomon manfaatlariga mos ekanligini ta’kidlagan edi. Prezidentimizning bu taklifi qisqa muddatda hayotda o‘z int’ikosini topdi. Bu O‘zbekiston va Rossiyaning maqsad va intilishlari mushtarakligiga yaqqol tasdiqdir. O‘zaro munosabatlarga bunday maqom berilishi O‘zbekiston bilan Rossiyaning hamkorligi strategik sherikchilikdan yuqori darajaga ko‘tarilganidan nishonadir. Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning mantiqiy davomi bo‘lgan mazkur hujjat ikki mamlakat hamkorligining huquqiy asosini ittifoqchilik tamoyillari bilan mustahkamladi. Shu tariqa O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari o‘z tarixining mutlaq yangi davriga qadam qo‘ydi. Moskva uchrashuvi mamlakatlarimizni yangi, yanada mustahkam rishtalar bilan bog‘ladi. O‘zbekistonning RF bilan har tomonlama hamkorligi bugungi kunda yana ham kengaymoqda. 2010 yil 31 mart kuni Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Majlisda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi ahvoli va istiqbollari, xususan, yoqilg‘i-energetika majmui, aviasanoat, mashinasozlik, transport va telekommunikatsiyalar kabi sohalardagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tovar ayriboshlash hajmini oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari o‘rtasidagi muloqot va maslahatlashuvlar ham izchil davom etmoqda. O‘zbekiston va Rossiya BMT, SHHT, MDH kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. Bu aloqalar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz Afg‘oniston hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga yordam ko‘rsatish borasida ham hamkorlik qilib kelmoqda. 2010 yil 19-20 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning RF Prezidenti Dmitriy Medvedev taklifiga binoan RFga tashrifi va tashrif chog‘idagi kelishuvlar ikki o‘rtadagi munosabatlarning yanada chuqurlashuviga sabab bo‘ldi. Islom Karimov va Dmitriy Medvedev savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Rossiya O‘zbekistonning ishonchli siyosiy, iqtisodiy va sarmoyaviy sherigidir. O‘zbekiston tashqi savdosining beshdan bir qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Gumanitar hamkorlik borasida ham aloqalar ko‘lami keng ekanini ta’kidlash joiz. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sayyohlik kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan. Ikki davlat rahbarlari uchrashuvida yana bir masala ya’ni Markaziy Osiyodagi suv-energetika zahiralaridan oqilona foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Umuman aytganda, davlat rahbarlarining o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga doir masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari o‘xshash va yaqinligi, xalqlarimizning do‘stligi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zaro munosabatlar turli darajalarda imzolangan 276 hujjatga asoslanadi. Uchrashuvda mintaqaning transchegaraviy daryolarida gidrotexnika inshootlari qurishda qo‘shni mamlakatlar bilan maslahatlashish, bunday loyihalarni mustaqil xalqaro ekspertizadan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukm surayotganiga qaramay, 2009 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi qariyb 4,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda 6688,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti tabiiy gaz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport va kommunikatsiya xizmatlari, transport vositalari, to‘qimachilik buyumlaridan iborat. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar Rossiyada eng xaridorgir transport vositalaridan ekanini alohida ta’kidlamoq joiz. Rossiyadan O‘zbekistonga rangli va qora metallar, mexanik va elektr uskunalar, yog‘och va undan ishlangan buyumlar kabi mahsulotlar keltiriladi. Sarmoyaviy hamkorlik rivoji qo‘shma korxonalar sonining oshganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 944 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Rossiyaning 135 ta firma va kompaniyasi mamlakatimizda o‘z vakolatxonasini ochgan. Rossiyada esa o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida tuzilgan 458 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Muzokarada ta’lim, sog‘liqni-saqlash, ilm-fan va texnika sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida Harbiy-texnika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga oid o‘zaro anglashuv memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati o‘rtasida Oldindan xabardor etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi protokol, Madaniy-gumanitar sohada 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. O‘zbekiston va RF o‘rtasidagi kelishuvlar bugun o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ishga solinmayotgan imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishga xizmat qila boshladi. 2012 yilning 4 iyulida Prezident I.A.Karimov taklifiga binoan RF Prezidenti Vladimir Putinning rasmiy tashrifi ikki o‘rtadagi munosabatlar rivojida yana bir bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha qabul qilingan “Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi deklaratsiyada hamkorlikni yangi bosqichidagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Rossiya bilan munosabatlarni yuksak qadrlab kelmoqda. Bu munosabatlar ikki mamlakat manfaatlarigagina emas, ayni bir paytda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. O‘zbekistonning MDH davlatlaridan – Ukraina bilan o‘zaro munosabat va hamkorliklari ham kengayib bormoqda. O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi qariyb 150 hujjat bilan tartibga solinadi. Prezidentimiz Islom Karimovning 1998 yil fevral oyida Ukrainaga rasmiy tashrifi asnosida ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan Do‘stlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni izchil taraqqiy ettirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Erkin savdo tartibi o‘rnatilganining samarasi o‘laroq, yurtimizda ukrainalik sarmoyadorlar ishtirokida kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi ellikdan ziyod korxona tashkil etilgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Ukrainadagi 15 yetakchi firma va kompaniyaning vakolatxonalari ro‘yxatga olingan. O‘zbekistonning Ukraina va bir qator Kavkazorti davlatlari bilan aloqalarining mustahkamlanishiga 1996 yili Venada tuzilgan GUUAM tashkiloti ham muhim o‘rin tutdi. O‘zbekiston ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan bu tuzilmaga 1999 yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM, deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning Yaltada uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning Kavkazorti respublikalari bilan bugungi aloqalari ham qadimiy aloqalar bilan mushtarakdir. 1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi E.Shevarnadzening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Gruziya qo‘shma axboroti asosida ikki tomonlama aloqalar chuqurlashib, Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqalari xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo aloqalar ham yo‘lga qo‘yilib, rivojlanib bormoqda. 1996 yilning mayida I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasining Ozarbayjonda bo‘lib, ikki davlat rahbarlari kelishuvi asosida xalqaro “Trans Kavkaz yo‘li” barpo etildi, uning Ozarbayjondan o‘tadigan qismi shakllantirilib, O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarishga yo‘l ochildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, qo‘shnichilik tamoyillariga amal qildi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan qardoshlarcha do‘stlik aloqalarini mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruhan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil iyunda Almati shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda besh davlatning iqtisodiy tanglikdan chiqishi uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga kelingan edi. Besh respublika rahbarlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga murojaatnoma hamda respublika rahbarlarining Bayonotini imzolagan edilar. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgustda Toshkent shahrida bo‘lib, uchrashuv yakunlari xususida Axborot qabul qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida muntazam ravishda mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvol, ko‘p tomonlama xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorliklar, kredit-hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, bank va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makon tashkil etish masalalari muhokama etib borildi. 1994 yil 10 yanvarda Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevor qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo‘lida imzolangan hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston, keyinchalik Tojikistonning ham qo‘shilishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kengashda qatnashgan mamlakatlar vakillarining Davlatlararo ijroiya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi. 1995 yilning 15 dekabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari Davlatlararo kegashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi. 1997 yil yanvarida Bishkekda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda O‘zbek, Qozoq, Qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. Ulardan birining hududiy xavfsizligiga biror mamlakat xavf solsa, ular birgalikda xalqaro hamjamiyatni bundan ogoh etib, mudofaa uchun chora tadbirlar ko‘radi. Download 47.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling