O`zbekiston vohalaridagi geoekologik vaziyatlar. R e j a


O`zbekiston vohalaridagi hozirgi geoekologik vaziyat va muammolar


Download 455.53 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi455.53 Kb.
#1278083
1   2   3
Bog'liq
O`ZBEKISTON VOHALARIDAGI GEOEKOLOGIK VAZIYATLAR.

4. O`zbekiston vohalaridagi hozirgi geoekologik vaziyat va muammolar.
Inson va tabiat o‘rtasidagi ta’sirlar ko‘p qirrali bo‘lganligi va murakkablashib borayotganligi sababli ekologik muammolarning globallashuvi sodir bo‘ldi va ko‘p omilli tahlilni kuchayishiga olib keldi. Hozirgi paytda inson ta’siri tufayli tabiatda ro‘y bergan o‘zgarishlar aks ta’sir ko‘rsatib organizmlarga jiddiy zarar yetkazmoqda va hatto inson geniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Muayyan vaqtda va huddudda atrof muhitning ifloslanishi va o‘z-o‘zini tozalash imkoniyatlari orasidagi muvozanatning buzilishi (yomon tomonga o‘zgarishi) natijasida vujudga kelgan va ayni paytda sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan vaziat geoekologik muammo deyiladi. Shu sababli har qanday ekologik muammo hududiy jihatdan qaralanda geoekologik muammodir. Geoekolgik mummoning vujudga kelishiga geosistemalarda komponentlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanishning buzilishi, kimyoviy parametrlarning o‘zgarishi, tabiiy resurslarning qashoqlashuvi, tabiiy va antropogen geosistemalar o‘rtasidagi nisbatlarning o‘zgarishi va boshqa omillar sabab bo‘ladi. Shu sababli ekologik muvozanatni yuqori darajada saqlab qolish uchun tabiiy salohiyati maksimal darajada foydalaniladigan va inson manfaatlaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni optimal tashkil etish lozim.
Shu sababi ekologik vaziyat tobora murakkablashib borayotgan hozirgi paytda geoekologik tadqiqotlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoda. Zero sayyoramizning turli hududlari va akvatoriyalarida ekologik vaziyatning murakkablashib borayotganligi ularning tarkib topishi sabablarini o‘rganishning ahamiyatini oshiradi. Geoekologik muammo - bu lanshaft xususiyatlarining aholining hayoti va saomatligi sharoitlarining yomonlashuviga olib keladigan, tabiiy resurslarning qasshoqlashuviga yoki yo‘qotilishiga, genofondning, landshaftlarning unikalligi va estetik qiymatining buzilishiga sabab bo‘ladigan salbiy o‘zgarishlaridir. Geoekologik muammo tushunchasiga tabiatning inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar kiradi Ekologik muammolar fanlarning yanada yirikroq tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy bloklarini yanada chambarchas bog‘liklikda bo‘lishini taqoza etadi. Geoekologiya esa ana shu bilim sohalari orasida tarkib topgan yangi integral ilmiy yo‘nalish (fan)dir.
Geoekologik muammo qotib qolgan, o‘zgarmas holat bo‘lmay, balki muntazam ravishda tadrijiy o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‘p tizimli, ko‘p sonli oddiy muammolarning majmuasidir (Rafiqov, 1997).
Geokologik muammolar uchun ko‘plab ta’sirlar, o‘zgarishlar va oqibatlarning ekologik, sotsial, iqtisodiy tiplarining chatishib (qo‘shilib perepletenie) ketishi xos. Shu sababli geoekologik muammolar alohidalik emas, balki bir butun majmuiylik sajiyasiga ega.
Geoekologik muammolarning fundamental geografik vazifalaridan biri landshaftning, bir tomondan, rivojlanish, saqlanish va mavjudligi mexanizmi, ikkinchi tomondan esa, uning unumdorligini ta’minlaydigan mexaniizmi orasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun geografiyada nomuvozanatli jarayonlar temodinamikasi va ekosistemalarning biologik kontsepsiyasi sohasidagi ishlanmalaning ta’siri ostida tarkib topgan geosistemali kontseptsiya jalb qilinadi.. Bu nuqtai nazardan landshaftning mavjudligi uning o‘z - o‘zini tartibga solishning natijasi sifatida qaraladi.
Geoekologik muammolar yechimimning tabiiy asosini geografik qobiq evolyutsiyasi, geografik qobiq va biosfera o‘zaro aloqalariga doir fundamental tadqiqotlarni kuchaytirish lozim. Ekologik muammolar geoekologiya oldiga muayyan hududlarda jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirining salbiy va ijobiy natijalarini baholash, tabiiy-antropogen geosistemalarning o‘zgarishlarinng bashoratlarini ishlab chiqish va ularni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar taklif qilish, yirik xo‘jalik loyihalarining oqibqtlarini o‘rganib oldindan aytib berish, geosistemalarnng resurslarini va muhitni qayta hosil qilish imkoniyatlarini saqlab qolish muammolarini hal etish kabi bir qator dolzarb vaifalar turadi.
Geoekologik muammoni ilmiy o‘rganish ekologiya va geografiya fanlari tadqiqot usullari va tamoyillarini birga qo‘llagan holda amalga oshirilishi lozim.

ADABIYOTLAR



1.Qurbоniyozоv G. O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi. T., 1997.
2.O’zbеkistоn Qizil kitоbi 1996 yil
3.O’zbеkistоn Rеspublikаsi «Yer kоdеksi», «Dаvlаt yеr kаdаstri» to’g’risidа qоnun. T:, «Аdоlаt», 1998.
4.Bаrаtоv P. O’zbеkistоn tаbiiy gеоgrаfiyasi
5.Аbdullаеv Х. А. O’zbеkistоn tuprоqlаri. T:, 1973.
Download 455.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling