O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boysun yuman xalq ta’limi bo’limi boysun tumani 34-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi hamdamova dilfuzaning ona tili fanidan


Download 0.76 Mb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1224669
1   2   3   4
Bog'liq
5-sinf ona tili 2022 uyushiq.doc

Yangi mavzuni tushuntirish

1-topshiriq. Berilgan gap juftlaklaridan nechtadan aniqlovchi va to’ldiruvchi borligini aniqlang.
1. Sa’dullaning katta xonasiga kirdik. Sa’dulla va Jo’rabekning katta va yorug’ xonasigakirdik. 2. Kitoblarni ukam uchun oldim. Kitoblarni, daftarlarni ukam va singlim uchun oldim.
Kadaskopda berilgan ma’lumotlar orqali mavzu tushuntiriladi.
Doskada yozilgan gaplar orqali yangimavzu yana bir bor izohlanadi.



Karim, Salim va Ahmad keldilar.
U allaqachon yozib, chizib bo’ldi.
Shahar va qishloqlarda qurilish avjiga chiqqan.
O’quvchilar bilib oling ruknida berilgan matnni o’qib chiqadilar. So’ngra 2-topshiriq xat taxtaga bajartiriladi.
2-topshiriq
So’roqlar o’rniga ularga javob bo’ladigan so’zlar qo’ying.
Kamola, Behzod 8-sinfning a’lochi o’quvchilaridir. Ular tarix, adabiyot, fizika fanlariga qiziqadilar. Oldingi yillarda bu ikki sinfdoshim olimpiada go’libi bo’ldilar. Topshiriqlar bajarilgach, o’quvchilar mavzuni qay darajada tushunganliklarini sinash uchun ularga gap tuzish va uni uyushiq bo’laklar bilan kengaytirish topshiriladi.

Tog’da lola ochildi. Tog’da lola, binavsha ochildi.
1-topshiriqqa ko’ra o’quvchilar quyidagicha gap tuzishlari mumkin: O’zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Buxoro kabi yirik slutharlar bor.
2-topshiriqqa javoban esa Menga palto, telpak, jemper va qo’lqop kabi qishki kiyimlar zarur deb gap tuzishlarini tasavvur qilsa bo’ladi.
Nazariy bilimlar berilgach, o’qituvchi yana shu gaplarga qaytib, qoidalarga muvofiq ravishda ularni o’zgartiradi:
O 'zbekistonda yirik shaharlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro bor.
gaplardagi uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zga so’roq beriladi, ular bog'langan so’z aniqlanadi. Fikrlar xulosalanib, o’quvchilarga yana bir bor qoida havola qilinadi: uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi bo’lak bir xil so’roqqa javob bo’ladi hamda bitta gap bo’lagiga bog'lanadi.

167-mashqda berilgan matn o’qiladi, bir necha o’quvchiga mazmuni so’zlatiladi va unga mos sarlavha topiladi. Matnning uch yerida umumlashtiruvchi bo’lak va uyushiq bo’laklari keltirilgan, ularni topib, tinish belgilari qo’yiladi. Sarlavha «Maqtanma g'oz, hunaring oz» bo’lishi mumkin.

Keyingi mashqlarda berilgan gaplarning aksariyati milliy-diniy qadriyatlar, insoniy fazilatlar talqiniga bag'ishlangan, 169-mashqdagi diyonat, jaholat so’zlar mazmunini tushunmasligi mumkin. O’qituvchi ularning ma'nosini izohlab berishi kerak. Insof diyonat so’zining, jaholat esa nodonlik so’zining ma'nodoshi hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling