O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi


 O`zbekiston Respublikasining ekoturizm imkoniyatlari


Download 99.62 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi99.62 Kb.
#1137295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xamroqulova Nozimaxonim

3. O`zbekiston Respublikasining ekoturizm imkoniyatlari
(Loyiha)
Ekoturizm o’zbekistonda katta patensialga ega sohalardan biri hisoblanadi. Lekin bugungi kunda boshqa turizm turlari bilan solishtirganda ekoturizmning turizm sohasidadi ulushi juda kam. O’zbekiston nafaqat o’zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki o’zining betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o’ziga jalb qilish imkoniga ega. Cho’llar bo’ylab turlar,tog’larga chiqish, qo’riqxonalarga borish va boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirshga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Oliy Majlisda ”Ekologik harakat” tashkil etilgan bo’lib, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish bo’yicha ishlarni amalga oshiryapti. Misol uchun Qizilqum cho’lida to’rtta yurtali lagerlar mavjud bo’lib, ularda vaqtni juda mazmunli o’tkazish mumkin. Suv bo’yida piknik uyushtirish ,Haydarko’lda katerda sayohat qilish ,teleskop orqali yulduzlarni kuzatish,gulxan atrofida qo’shiq aytish, jipda qizilqum bo’ylab sayohat, tuyalarga minish va sayr qilish va yana bir qancha qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin. Ekologik turlar alohida tur yoki aralash tipdagi tur sifatida olib borilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,aralash tipidagi turlar, madaniy turizm va ekoturizm birgalikda, umumiy hajmda 15-23% ni tashkil etadi. Misol uchun turistlar Toshkentga kelgach 1 kunga Ugоm-CHоtqоl tаbiiy milliy pаrki borishlari mumkin. Keyin mashhur 3 tarixiy shahar –Samarqand,Buxoro,Xiva-bo’ylab o’z sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Bir shahardan ikkinchi shaharga borish paytida qishloqlar va o’tovli lagerlarga kirib o’tishlari mumkin. Albatta,bu sohada ham o’ziga xos muammolar va qiyinchiliklar mavjud va bular quyidagilar:
- Infrastrukturaning talab darajasiga javob bermasligi
- Ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini
- Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmaganligi
- Ekologik turizmni rivojlantirishda ekologik turizm maskanlaridagi mahalliy aholini ish bilan band bo’lishidagi ta`lim – targ’ibot, qiziqtirish ishlarining yaxshi olib borilmayotganligi.
- Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozorida ham tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmaganligi
- Kishilarda ekologik bilimning pastligi
Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Uni ommalashtirish kerak. Birinchi navbatda ekoturizm nafaqat iqtisodiyotga balki mahalliy aholi uchun ham foydali ekanligini, shuningdek ekoturizm tabiatni saqlashning eng oqilona ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib boorish kerak. O’sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish lozim ya’ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim. Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida fuqarolarda ekologik madaniyatni, ta`lim-tarbiyani shakllantirish talab etiladi. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to`g’risida to`laqonli ma’lumot bera oladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish lozim. Shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guest houselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Va asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga, keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo’qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi. Mamlakatda Ekoturizmni rivojlantirish orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz:
-Aholining ekologik savodxonlik darajasining oshishiga ;
- Mahalliy aholining Qo’riqlanadigan joylarga estetik va iqtisodiy qiymatga ega joy sifatida qarashlariga va ekoturizmni rivojlanishi hamkorlikda ishlashga turtki bo’ladi ;
- Hududlarga ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning yaxshilanishiga shuningdek, mahalliy aholi uchun yangi ish joylarining yaralishiga ;
- Moliyaviy jihatdan qo’llab- quvatlovchi qo’shimcha fondlarning paydo bo’lishiga .
O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish
Brend o’zida mahsulotning nomi ,timsoli,dizayni va boshqa xususiyatlarini o’zida mujassam etadi. Brend orqali xaridor mahsulotni bir biridan ajrata oladi.Shuningdek brend inson xotirasida tez muxrlanib qoladi va iste’molchiga mahsulot haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Brend quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
-nom (kompaniya mahsuloti,xizmatini ifodalovchi so’z yoki so’zlar)
-rang
-tovush
-hid
-shakllar va boshqalar.
O’zbekistonning eko brendini yaratish orqali biz hududda mavjud bo’lgan barcha ekologik destinatsiyalarni bir brend ostida xorijiy sayyohlarga va mahalliy aholiga yetkazish imkoniga ega bo’lamiz. Biz yuqorida O’zbekistonning ekoturistik brendini ko’rib chiqdik.Maskur brendda O’zbekiston so’zi yashil rangda yozilgan.Yashil tabiat rangi bo’lganligi uchun shu rang tanlandi. Gul orqali O’zbekiston florasiga ,uchayotgan laylak orqali esa O’zbekistonning faunasiga urg’u berilgan. To’q sariq rangda cho’llar,och sariq rangda serquyosh o’lkamiz tasvirlangan. Moviy rang orqali esa mamlakatimizning sarvqomat tog’lari aks ettirilgan. Shuningdek brend shiori ( tabiat bilan birga bo’l)ga muvofiq ravishda ’a’ harfining ichiga inson va uni o’rab turgan tabiat aksi tushirilgan. Kamalak orqali tabiat mo’jilaridan bahramand bo’lish imkonini yoritilgan. Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi.
Hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Buxoro viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etish zarur. Ayni paytda, mamlakatimizga va viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi yildan yilga oshib borayaotib, mahalliy turizm jami turizm oqimida 60% atrofida hissaga ega bo'lmoqda. Mahalliy turistlarni Buxoro viloyatida uzoqroq saqlab qolishda milliy park, xiyobonlarni ko'paytirish va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muhimdir. Biz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, Buxoroda yirik hayvonot bog'i tashkil etishni taklif qilamiz. Ushbu hayvonot bog'ida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar saqlanishi nazarda tutiladi. Albatta, mazkur jarayon juda katta mehnat, mablag' va vaqtni talab etadi. Ammo quyidagi qo'shimcha afzalliklarni beradi:
- hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish,sayyohlarga O'zbekistonning o'ziga xos hayvonot olami haqida ma'lummot berish;
- ushbu bog'da ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, mazkur soha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga amaliyot maskani sifatida xizmat qilishi;
- qo'shimcha ishchi o'rinlari(zootexnik,veterinar,melioratsiya xodimlari, haydovchi va hokazo) tashkil etiladi.Ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kadrlarga talab shakllanadi;
- qo'shimcha daromad hajmlari oshadi;
- ushbu bog'da elektr-energiyasi va issiq suv ta'minotida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir; - xushmanzara joylarda alohida dam olish joylari, tamaddixonalar tashkil etish, qo'shimcha xizmat sifatida yosh bolalar uchun velosiped, aravachalarni hayvonot bog'i hududida ijaraga berish,ular uchun batut kabi ko'ngilochar xizmatlar,suratga tushish xizmatini taklif qilish, xullas sayohat, sport,san'at va madaniyat sohalari bir-biri bilan ma'lum bog'liqlik asosida ish olib borish imkoniyati paydo bo'ladi. Biz mazkur hayvonot bogini shaharning chekka qismida, masalan ''Boqiy Buxoro'' majmuasining foydalanilmayotgan qismida tashkil qilishni tavsiya etamiz.Biz bejizga hayvonot bog'ini tashkil etish taklifini kiritmayapmiz; xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, ekoturizmga qilingan xarajat 4-5 martagacha ko'p daromad keltiradi. Xushmanzara sun’iy daraxtlar Bizga ma’lumki yoz faslida ob- havo bizning mamalakatimizda juda issiq bo’ladi.Shu sababli bizning yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar uchun tarixiy obidalar atrofida sun’iy daraxtlar qurishni taklif etamiz. Bu sun’iy daraxtlarning balandligi tarixiy obidalarning tashqi ko’rinishini to’sib qo’ymasligini inobatga olgan holda 20-30 metr atrofida qilib quriladi. Daraxtlarning ustida quyosh batarelari qo’yiladi. Daraxt osti kunduz kunlari salqin bo’lishini daraxtlarda maxsus suv purkagichlarning qo’yilishi bilan ta’minlash mumkin. Kechqurun esa maskur daraxtlar o’z barglarini yig’gan holda atrofga nur taratadilar. Bunga ularga o’rnatilgan kichik yoritgichlar sabab bo’ladi. Shuningdek daraxtlar ostida dam oluvchilar uchun o’rindiqlar ham tashkil etiladi. Bu turdagi daraxtlar Ark atrofida,Chor minor ,Chashgmi Ayub, Somoniylar maqbarasi kabi obidalar atrofida qurilsa ayni muddao bo’lar edi.
Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish. Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik. Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:
• Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak
• Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak
• Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim
• Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.
Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.
Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun:
• Ekologik bilimni oshirish;
• Ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ;
• Tabiatni asrashga katta etibor berish;
• Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi; Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni,balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi,keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi. Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi. 1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda. Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi. Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat, botanika, zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin. Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak. Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki «Turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi», Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan. Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim. Xulosa o`rnida shuni takidlash mumkinki, mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir.Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi. Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda ,tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuningdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda. O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari xaritasining ishlab chiqilishi ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi jiddiy tadqiqotlardan hisoblanadi. Shu bilan birga bu ekoturistik rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishda quyidagi muammo va masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi:
- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslaridan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanishning huquqiy-me’yorlarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda turizmda foydalanish mumkin bo‘lgan barcha resurslarning ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash
- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslarining ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini, imkoniyatlarini, ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatlardan ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonning ekoturistik resurslari reklamalarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslariga ekoturistik ekskursiya va ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy, ekologik va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda aholini ekoturizm sohasiga tayyorlashda bepul o‘qitish va ekoturizm tadbirkorligi markazlarini tashkil qilish.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning hududiy dasturlari va strategik rejalarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonlardagi ekoturizm resurlarida (obyektlarida) ekturistik infratuzilmalar yaratishga kirishish.
- Respublikamizdagi viloyatlar o‘zlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini ham qo‘shishi.
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlarida ekoturizmni rivojlantirishni turizmda qisqa muddatlarda hal qilinadigan masalalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalar mukammal ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni va tashkiliyiqtisodiy tizimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ham ekoturizm mutaxassislari dastlabki bosqichda mamlakatimizning viloyatlarida ekoturizmni rivojlantirish muammolarini o‘rganishni boshlashlari lozim bo‘ladi. Bu yo‘nalishda dastlabki natijalar yuzaga (Navoiy viloyati bo‘yicha) chiqdi.
Bu holatning asosiy sababi birinchidan, O‘zbekistonda hali majmuali turni, majmuali turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchimalakali turoperatorlarning juda kamligi hisoblanadi. Ikkinchidan, turoperatorlarimiz respublikamizning tabiiy geografiyasini, tabiiy mintaqalarning biologik xilma-xillik resurslarini yaxshi
bilishmaydi. Uchinchidan, viloyatlardagi turistik resurslarning rayonlashtirilmaganligidir. Shu sababli turoperatorlar turistik resurslarning umumiy ro‘yxati bilangina ishlashadi, yoki viloyatlarda faqat ancha ommaviylashgan turistik obyektlargagina turmahsulot, turistik marshrutlar ishlab chiqishmoqda. Ichki turizmda ham, ayniqsa xalqaro turizmda bunday,
ya’ni har bir turistik obyektdan individual usulda foydalanish davridan o‘tdik. Bu davrning turistik mahsuloti eskirdi. Hozir xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yangi va faqat yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda.
Turistik resurslardan majmuali foydalanishning mazmuni shundaki, tajribali turoperator bir turistik obyektni ko‘rishga kelgan turist yoki turistlarni qo‘shni turistik obyekt yoki turistik hududga qiziqtirishning uddasidan chiqishi lozim. Yevropa, Amerika va Xitoy davlatlaridagi turoperatorlar shu usulda ishlashadi. Shuning uchun ham biz viloyatdagi ekoturistik-rekreatsion resurslardan
turizmda foydalanish uchun bu resurslarni viloyat bo‘yicha rayonlashtirish bugungi turizm rivojining dolzarb talablaridan deb hisoblaymiz. Turistik rayonlashtirishda ko‘plab tadqiqotchilar hududlarning turizmga yaroqliligi, turistik resurslarning jozibadorligini asos qilib turizm tizimini hududiy va mintaqaviy loyihalashtirishni taklif qilishgan. Turistik hududiy birliklarda rayonlashtirilganda tahlil
obyekti qilib (asos qilib) geografik joylashishni, tabiiy sharoitini, biologic resurslarini, etnik, madaniy, tarixiy va tarixiy-madaniy resurslarini (arxitektura obidalari, o‘ziga xos an’anaviy madaniyati, muzeylari, madaniy markazlari), turizm industriyasining madaniytexnik resurslarini, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va zamonaviy ekologik holatiga bahoni, ekologik ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarni
asos qilib oladi. Yana bir muhimi ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlar bir-biriga chegaradoshligi, bir ekoturistik hududdan ikkinchi bir ekoturistik hududga o‘tishi mumkinligi ham hisobga olindi. Shuning uchun ham, bizning xulosalarimiz bo‘yicha bir ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlardan majmuali foydalanish imkoniyatlari yuqori darajada bo‘ladi (masalan, o‘rmonlardan suv havzalariga, ulardan ijtimoiy-madaniy resurslarga va boshq.). Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda xalqaro turizm sohasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan hisoblanadi. Yildan-yilga xalqaro turizmning obro‘yi oshib bormoqda. Uning iqtisodiy smaradorligi ortib yildan-yilga ko‘plab davlatlarni qamrab olmoqda. Xalqaro turizm ma’lumotlaridan ma’lum
bo‘lmoqdaki, turistlar ko‘proq qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy davlatlarga intilmoqdalar. Bunday, ko‘p tarmoqli imkoniyatlardan kirish turizmida foydalanish, jahon turizmida dunyo xalqlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari va istiqbolli iqtisodiy yuksalishlardagi ulug‘ maqsadlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kirish turizmini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarorida «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-
son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng
targ‘ib qilish maqsadi qo‘yilgan. O‘zbekiston turizmining muammolarini iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajratib, alohida rivojlantirish mumkin emas. Chunki, hozirning o‘zida turizm sohasi iqtisodiyotimizning 32 dan ortiq tarmoqlari
bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini belgilaganda juda ko‘plab
fikr-mulohazalarni keltirish mumkin. Dastlab qayd qilish lozimki, xalqaro ekoturistlar oqimining kuchayishi mamlakatimizdagi tinch-osoyishta hayotning barqarorligidan, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyati ta’minlanganligidan, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning mehmondo‘stlik talablari asosida tashkil qilinganligidan hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda
xalqaro ekoturizm faoliyatining huquqiy me’yorlari yaratilganligi, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyatda bo‘lishliklarining xalqaro qonuniy aktlari yaratilganligi ham xalqaro ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnini aniqlashdan oldin vatanimizda xalqaro turizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olish talab qilinadi. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida, iqtisodiy yoki tabiiy mintaqalarida xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari ham O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish masalalari bilan uzviy holatlarda va
talablarda ko‘riladi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi:
1. Davlatimizning xalqaro miqyoslardagi obro‘sini oshirish.
2. Xalqaro darajalardagi, mo‘jizali turistik resurslarimizni, obyektlarimizni dunyo xalqlariga tanishtirish.
3. O‘zbekiston xalqlarini ko‘plab chet elliklar bilan tanishtirish, o‘zaro hamdo‘stlik, hamkorlik aloqalar kelib chiqishiga sharoitlar yaratish.
4. O‘zbekistonliklarning milliy merosi, boyliklari, milliy madaniyati, sanoati va milliy an’analarini jahondagi xalqlarga ko‘rsatishda hududiy hamda mintaqaviy turizmning xalqaro turistik markazlarni tashkil qilish.
5. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan yangi xalqaro turistik hududlarni, mintaqalarni tashkil qilish, bu hududlar va mintaqalarda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning yangi xalqaro turistik rejalarini, strategiyalarini ishlab chiqish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning vazifalari:
1. Xalqaro ekoturizmni tashkil qilishning huquqiy me’yorlarini, ijtimoiy-iqtisodiy-tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish.
2. Xalqaro ekoturizmda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan turizm tarmog‘i va unga xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun
davlat ahamiyatidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Xorijiy davlatlarning xalqaro ekoturizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro loyihalarida ishlash, hamkorlik qilish imkoniyatlarini, sharoitlarini yaratish.
4. Xalqaro ekoturizm infratuzilmalarining komfortlilik darajalarini, jahon andozalari va talablari darajalarida yaratish, tayyorlash.
5. Xalqaro ekoturizm xizmatlarini jahon andozalari va talablari darajalarida yaratish, tayyorlash.
6. Transport-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini xalqaro ekoturizmda transport kommunikatsiya xizmatlari talablari darajalariga yetkazish.


Download 99.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling