O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Download 99.62 Kb.
|
Xamroqulova Nozimaxonim
Kirish Dunyo xo‘jaligi tarkibida eng jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizmdir. Turizm industriyasi ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi, u muhim makroiqtisodiy tarmoqlardan biri sifatida jadal rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi ko‘pgina davlatlarning asosiy daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek u tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga, yaxshi qo‘shnichilikka, turli mamlakatlarning tabiati, xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, an’analari bilan keng ko‘lamda tanishishga imkoniyat yaratmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabdagi PF-5278- son “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3509-son “Kirish turizmini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi mamlakatimizda turizm, jumladan, ekoturizm faoliyatini dasturiy asosda yo‘lga qo‘yishda mustahkam asos bo‘ldi. Ekoturizmning ilmiy-nazariy asoslarini va uning tabiiy geografik jihatlarini ochib berish, O‘zbekiston tabiatini ekoturistik imkoniyatlarini aniqlash, tahlil qilish, ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish shu kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Download 99.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling