O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi


 O`zbekistonda ekoturizm sohasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari


Download 99.62 Kb.
bet6/7
Sana28.01.2023
Hajmi99.62 Kb.
#1137295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xamroqulova Nozimaxonim

4. O`zbekistonda ekoturizm sohasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari
Ekoturizmni rivojlantirishda «O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» dasturlari bo‘yicha katta ishlar bajarilmoqda. Shu bilan birga respublikamizda ekoturizmni rivojlantirishda yechimlari ancha og‘ir, jiddiy bo‘lgan muammolar ham to‘planib qolgan. Bu muammolarning birinchi navbatda
o‘z yechimini kutib turgani, ekoturizmni rivojlantirishdagi bosh ekoturizm resurslarining davlat muhofazasida turganligidir. Mavjud ma’lumotlar
bilan tanishib chiqib respublikamizda ekoturizm rivojlanishi kerak bo‘lgan
birinchi navbatdagi ekoturizm resurslari davlat muhofazasida ekanligi ma’lum
bo‘ladi. Bu holat juda to‘g‘ri qaror qilingan. Dunyoning barcha davlatlarida
ham tabiiy hududlar o‘zining o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi
bilan qattiq qo‘riqlanadi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, juda ko‘plab davlatlarda, ayniqsa tabiatda noyob o‘simlik yoki hayvon turlari muhofaza
qilinadigan qo‘riqxonalardan ham ekoturizm maqsadlarida samarali foydalanishadi. Bunga misol qilib Afrika, Kanada, Amerika, Avstraliyadagi qo‘riqxonalar, rezervatlar va milliy parklar haqidagi kino seriallarning tobora ommaviylashib borayotganligini keltirish mumkin.Bu holatning eng muhim sababi, bu muhofazadag manzillardan ekoturizmda foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlari yaratilganligidir va bu qonunlarga «mehmonlar» ham, «mezbonlar» ham qattiq rioya qilishadi. Respublikamizdagi tabiat qo‘riqxonalariga faqat ilmiy xodimlar kirishga ruxsat beriladi. Bu qo‘riqxonalarga hatto maxsus ilmiy ekspeditsiyalar ham O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasini olishi kerak.
Shuningdek, respublikamizning daryo va suv havzalari, suv omborlariga kirish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqiqlangan. Tabiatimizning diltortar tog‘ va cho‘l landshaftlari haqida ham qayd qilingan cheklovlarni keltirish mumkin. Mamlakatimizda xalqaro ekologik turizmni rivojlantirish uchun birinchi navbatda tabiat qo‘riqxonalarimizdan xalqaro ekologik turizmni rivojlantirishda foydalanishning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratishimiz kerak. Chunki, xalqaro ekologik turizmning asosiy resurslari milliy parklar, tabiat va biosfera qo‘riqxonalari, alohida muhofazadagi hududlar
hisoblanadi. Ekoturizmni rivojlantirish uchun ekoturizmning asosiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilib ekoturizmdagi muammolar quyidagilar ekanligi ma’lum bo‘ldi:
1. Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqish qoniqarsiz holatdaligini alohida ta’kidlash zarur.
2. Qo‘riqxonalar, zakazniklar va milliy parklarda ekoturizm so‘qmoqlari, marshrutlari va bu marshrutlarda turistlarga xizmatlar ko‘rsatish, dam olish va tunash manzillarini yaratishga haligacha kirishilgan emas.
3. Respublikamizda ekoturizm resurslaridan foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlari hozirgacha ishlab chiqilmagan.
4. Ekoturizmni rivojlantirishda ekoturizm maskanlaridagi tadbirkorlik, tashabbuskorlik, turizm-biznes mahalliy mehnat resurslarining ish bilan band bilishidagi ta’lim-targ‘ibot, qiziqtirish shlari qoniqarsiz ahvolda.
5. Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozoriga ham, tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmagan. Mamlakatimizda turizm ta’limining 5 yo‘nalishi uchun 5 ta mukammal o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlagan taniqli olim N.To‘xliyev va T.Abdullayevalar ekologik turizmni rivojlantirishdagi muammolarga Markaziy Osiyo davlatlari
chegaralarida qaraydi
• Davlatning ekoturizmni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmaganligi. Shuning uchun viloyatlar va hududlar ekoturizmini rivojlantirishda davlatning moliyaviy quvvatlashi juda kam miqdorlarda;
• Ekoturizm obyektlari va ekoturistik tashriflar haqida statistic hisobotlar yuritilmaydi;
• Ekoturizmni tashkil qilish usullari va ekologik turizmni tashkil qilishning ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlari ishlab chiqilmagan;
• Ekoturizmni rivojlantirishda tegishli idoralar va korxonalarning bir-biri bilan bog‘lanmaganligi, shuningdek, ekoturizm infratuzilmalari boshqaruvining tashkil qilinmaganligi;
• Ekoturizm xizmatlarining xalqaro darajalarda emasligi;
• Ekoturizmda moddiy-texnika zaxiralarining rivojlanmaganligi;
• Alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ekoturizm marshrutlarini rivojlantirishga moliyaviy kuchsizligi, ekoturizm mutaxassislarining yo‘qligi;
• Ekoturistik obyektlarga transport vositalari bilan borishning chegaralanganligi va asosiy magistrallardan uzoqligi;
• Ekoturizmda o‘zaro aloqalarning va xalqaro tajribalar almashishning yo‘qligi. O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va tadbirlar «Ekoturizm Konsepsiyasida» mukammal holatda berilgan. Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda O‘zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishini e’tiborga
olgan holda «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi» Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan quyidagi asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi75:
1. Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, jahon talablariga javob beraoladigan yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxassislarni ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSH, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun
o‘qishga, ishga yuborish lozim.
2. Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va iqtisodiy asoslangan katta-kichik, qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga oshirish lozim (imtiyozli kredit asosida).
3. O‘zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy-texnik, axborot tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish zarur.
4. Vatanimizning tarixiy yodgorliklari, go‘zal va betakror tabiati, landshafti, nabotot va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, turistik atlas va xaritalar yordamida dunyo ekoturizm bozorida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish lozim.
5. Baday-to‘qay va «Jayronxona» ekomarkaziga qo‘shni hududlarda Markaziy Osiyoda qirilib ketishi xavfli bo‘lgan noyob hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun milliy bog‘lar tashkil qilish lozim.
6. O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo‘nalishlar va xaritalar tuzish kerak.
7. Ekoturizm sohasi bilan bog‘liq tashkilotlarga ko‘proq huquqlar, imtiyozli kreditlar berish, “Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” tomonidan ishlab chiqilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunga ekoturistlarga nisbatan huquqiy nazorat ishlarini yengillashtirish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim. Vatanimiz ekoturizmining taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga
tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim. Qayd qilingan muammolar ham mamlakatimizda turizmni va ekoturizmni rivojlantirishga kirishganimizdan keyingina aniqlanmoqda. O‘z rivojlanishini boshlagan har qanday soha taraqqiyotiga, istiqboliga bosqichma-bosqich yetib boradi. Birinchi navbatda ana shu bosqichlardagi muammolarning bajarilish darajalari va ketmaketligini aniqlash talab qilinadi. Ikkinchidan, muammolarning yechimini topishda albatta mukammal tajriba va mukammal tadqiqot natijalariga asoslanish lozim. Ikkinchidan, ekologik turizm faoliyati tabiat muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lganligidan ekoturizmni tashkil qilishdagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘ta
darajadagi diqqat-e’tiborni talab qiladi

XULOSA
Umumiy qilib aytganda, yurtimizning har bir mintaqalarida ekoturizmni yuksak darajada yaratish uchun ekoturistik resurslar bo`lsada, ayni vaqtda ekoturizmni rivojlantirish qisman nazardan chetta qolayotganini ko`rishimiz mumkin. Chunki yurtimizda mavjud ekoturistik rayonlar jumladan milliy qo`riqxonalar, milliy parklarga haligacha ma`sul shaxslar ya`ni ishchilargina kirishi mumkin kam hollarda ekspiditsiya xodimlari qator ruxsatnomalar bilan. Shuningdek boshqa ekoturistik hududlar tog`li hududlar, suv havzalari, qor sporti maskanlariga mashrutlarning yetarlicha yo`lga qo`yilmagani va u hududlarda turistik tadbirkorlarlarning faoliyati mavjud emasligi, tunash uchun mexmonxonalar yo`qligi ekoturizm rivojining sustligi yetaklamoqda. Ekoturizm sohasidagi istiqbollarimiz Respublikamiz ekoturizm resurslaridan foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlarini qayta ko`rib chiqish, aynan ekoturizm rivojiga hissa qo`shishga yo`naltirilgan tadbirkorlik firmalariga imtiyozlar, kreditlar berish, O`zbekiston bo`ylab qaytadan ekoturistik xaritalar tuzish, mashrutlarni tashkil qilish va yuqori malakali mutaxasislar ko`magi orqali qo`lga kiritilishi mumkin


Download 99.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling