O’zbekiston xududidagi yer osti gaz omborlari xaqida ma’lumot


 Shimoliy sox yer osti gaz ombori


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1713157
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- ma\'ruza

 
7.2. Shimoliy sox yer osti gaz ombori
(II gorizont) 
Shimoliy cox gaz-neft koni Farg’ona vodiysi markaziy qismining janubida, 
Qo’qon shaxridan 36 km. va Ursatov-Farg’ona magistral gaz quvuridan 7 km. 
uzoqlikda joylashgan. 1955 yilda V va VII gorizondlardagi gaz uyumi, 1956 yilda 
esa IV va VIII gorizondlardagi neft uyumlari ochilgan. Bo’r (mel) qatlamidagi 
gaz uyumlari 1958 yilda, yura qatlamida esa 1965yilda aniqlangan.
Shimoliy sox koni kup qatlamli bo’lib, 1360 metrli qalinlikka ega bolgan 
mezo-kaynazoy qatlamida 10ta maxsuldor gorizont mavjud. Jumladan paliogenda 
5ta (II, IV, V, VI, VIII), bo’r (mel)da 4ta (XIV, XIVa, XV, XVIII) va yurada 1ta 
(XXV) gorizontlar.
Yer osti gaz omborini tashkil etish uchun paleogenning summar yarusi 
qopqog’ida joylashgan 1100 metr chuqurlikdagi II – gorizonti tanlangan. Bu 
qirqimda qalinligi 0,5 dan 11,5 metrgacha bo’lgan 5ta g’ovakli qatlamchalar 
mavjud bo’lib, ular bir-biridan utkazmas yoki kam utkazuvchi gilli va gil-
alevrolitli qatlamlar bilan ajratilgan.
II- gorizontning boshlang’ich uyum zaxirasi 1200 mln. m
3
ni, qatlam 
bosimi esa 125 kg k/sm
2
ni tashkil etgan. Yer osti gaz omborini tashkil etish 



boshida qoldiq gaz zaxirasi 101 mln. m
3
ni, qatlam bosimi esa 27 kg k/sm
2
bo’lgan. Gorizont kon rejimida 1958-1978 yillarda ishlatilgan.
II- gorizontning umumiy quvvati – 24,5 m. Effektiv quvvat – 14 m. 
G′ovaklilik koeffiitsenti tajribalar asosida 9 % dan 38 % gacha o′zgaradi va 
o′rtacha 20 % tashkil etadi. O′tkazuvchanlik qobiliyati kern bo′yicha va 
quduqlarni kon tadqiqitlari bo′yicha aniqlanadi. Kern bo′yicha o′tkazuvchanlik 
o′rtacha 80 mdarsi tashkil etadi; quduqlarni gazodinamik tadqiqot natijalari
bo′yicha o′tkazuvchanlik keng ko′lamda o′zgarib – 28 mdarsidan 482 
mdarsigacha tashkil etadi. Gorizont kon rejimi sifatida 1958 dan 1978 
yillargachha ishlatilgan. 
II-bo′shagan gaz gorizontiga gaz haydash 1978 yil bosglangan bo′lib №№ 
9g, 10g, 13 g, 14g, 53n haydovchi quduqlardan amalga oshirilgan. 
Hozirgi paytda gaz-suv kontakti Sharqiy ko′tarilish janub tomondan –
izogips «-340 m» ga, sharqdan – izogips «-360 m» ga, shimolda –izogips «-340 
m»ga. Garbdan ko′tarilish: sharqdan – izogips bo′yicha «-340 m», shimolda – 
izogips bo′yicha «-380 m», g′arbdan – izogips bo′yicha «-390 m». GSK holatini 
ishonchli baholash janubdan murakkabdir (maydonning uzunligi 6 km), chunki 
ko′zatish faqat bitta (№ 21) quduqda amalga oshirilgan. 
Yer osti gaz omborining II-gorizonti quyidagi texnologik ko’rsatgichlarga 
ega: 
8-jadval 


Umumiy gaz xajmi , mln. m
3
- 994 
-faol gaz xajmi, mln. m
3
- 500 
8-jadval davomi. 
-Bufer gaz xajmi, mln. m
3
- 494 
- shu jumladan qoldiq zaxira gaz, mln. m
3
- 101 
Gaz omborining ishlab chiqarish qobiliyati mln. m
3
/ sutka: 



- gazni olish boshida 
- 7,0 
- gazni olish oxirida
- 2,5 
- gazni xaydash bosida
- 4,5 
- gazni xaydash oxirida 
- 2,1 
Qatlam bosimi, kg k/sm
2

- xaydash oxiriga kelib
- 111,5 
- olish oxiriga kelib 
- 44,3 
Islab chiqarish quduqlari soni
- 72 
shu jumladan burg’ulash kerak 
- 18 
Kuzatuv quduqlari soni (eski fond)
- 3 
P’ezometrik quduqlar soni 
- 11 
shu jumladan burg’ulash kerak
- 6 
Gaz olish muddati, sutka 
-120 
II-gorizontning umumiy qalinligi – 24,5 m.
Samarador qalinlik - 14 m. 
G’ovaklilik koeffisienti – 9 - 38 % gacha, o’rtacha – 20% 
II – qurigan gaz gorizontiga gaz xaydash 1978 yil amalga oshirilgan. Xozirgi 
vaqtda ishlab chiqarish quduqlari soni 77tani tashkil etadi. Ombordagi gaz xajmi 
777,4 mln. m
3
ni tashkil etadi. 
Shimoliy sox yer osti gaz omborining XIV-XIVa-XV gorizontlarining 
yotish chuqurligi 1650-1740 metrgacha. Qatlamlarning umumiy qalinligi 
qatlamlar bo’yicha XIV - 44m, XIVa – 38m, XV-52m, samarador qalinlik esa
14,13,5 va 20 metrga teng. Gorizontlar bo’yicha o’rtacha g’ovaklilik 16-17% 
tashkil etadi.
XIV-XIVa-XV gorizontlarni ishlatish 1984 yilda boshlangan. Shimoliy sox 
yer osti gaz omborini tashkil etilishining o’ziga xosligi bu 3ta gorizontlar turli 
filtrasion va xajmiy ko’rsatgichlarga ega bo’lishidan taq’iy nazar ular bir-biri 
bilan tutashtilib ishlatilishidadir. 



- XIV-XIVa-XV gorizontlardagi qoldiq gaz zaxirasi – 182 mln. m
3

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling