O’zbekiston xududidagi yer osti gaz omborlari xaqida ma’lumot
-Rasm. Gaz oqishinig gipotetik jarayoni
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
7- ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-Rasm. Er osti gaz omborining er osti qismini takomillashtirish konsepsiyasi
31-Rasm. Gaz oqishinig gipotetik jarayoni
Tadqiqot natijalari gaz haydashning texnologik rejimlarini tartibga solish va barcha quduqlarni haydash jarayoniga jalb qilish quduqlar tubiga yaqin zonalarda gazning yuqori konsentratsiyasini ta’minlash, Gazli er osti gaz saqlash ombori holatida esa, har bir alohida quduqni alohida ajratilgan gaz saqlash ob’ekti sifatida taqdim etish imkonini berishini ko‘rsatdi. SHuningdek quduqlardan gorizontal shaxtalar sifatida foydalanish, qisqa muddatli davrlarda nisbatan yuqori qatlam bosimlarida, quduq ostiga yaqin zonada gaz pufagining butunligini ta’minlaydi. “X – XIII gorizontlardan gaz qazib chiqarishni tiklagan holda Gazli er osti gaz omborlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli-optimizatsion vazifalar amalga oshirildi. 32-Rasm. Er osti gaz omborining er osti qismini takomillashtirish konsepsiyasi 3 IX gorizontda tabiiy gaz saqlash hajmlarini oshirish va X – XIII gorizontlarni oxirigacha qazish uchun ekspluatatsion ustunlari katta diametrli (178 mm gacha) gorizontal va vertikal quduqlarni amalda qo‘llash imkoniyatlari tadqiq qilindi. Ko‘p variantli tadqiqotlar asosida, X – XIII gorizontlarda qo‘shimcha 25 ta quduq burg‘ulanganida, yillik tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari, gaz saqlash hajmlarini 10,0 mlrd.kubometrgacha oshirish (IX gorizontda 117 tagacha yangi quduq burg‘ulanganida) bilan birgalikda, yiliga kamida 890,0 mln.kubometr darajasida ta’minlanishi mumkinligi aniqlandi (31-rasm). Er osti qismini loyihalashtirish sifatini ta’minlash maqsadlarida VII – XIII gorizontlarning mahsuldor yotqiziqlarini vertikal pilot va gorizontal quduqlarga ega baholash-ekspluatatsion quduqlarni burg‘ulash va ularni intervallar bilan sinash orqali oxirigacha razvedka qilishning ko‘p bosqichli tizimini o‘z ichiga oluvchi Gazli konini gazga boylik qavatlari bo‘yicha oxirigacha razvedka qilish ishlarining texnologik asosi ishlab chiqildi. 40-50 yildan ortiq ishlatilgan eski fondga kiruvchi quduqlarning ekspluatatsion ishonchliligini tiklash bo‘yicha imkoniyatlarni izlash maqsadlarida mavjud quduqlarni tadqiq qilindi va ustun orti makonining germetikligini tiklash yo‘li bilan ularni kapital ta’mirlash texnologiyasi ishlab chiqildi. Texnologik echim quduqlarning tubiga yaqin zonaga bosim ostida sement asosidagi elimshak-qayishqoq tizimlarni haydash yo‘li bilan qatlamlararo tutashish joylarini takror germetizatsiyalashni, quduqlarga diametri 101 mm bo‘lgan qo‘shimcha ekspluatatsion ustunlarni tushirishni, ustunlararo maydonni gel- sementli eritma bilan germetizatsiya qilishni va quduqlarni nasos-kompressor quvurlarini tushirmasdan foydalanishga tushirishni ko‘zda tutadi. IX gorizontdagi gaz quduqlaridan siklik rejimda foydalanishning gidrodinamik xarakteristikalari asosida har bir quduq gaz olish jarayonida o‘zining drenajlash sohasiga egaligi aniqlandi. Quduqqa haydalayotgan gaz qatlamning uzoq zonalariga oqishi natijasida qatlam energiyasi yo‘qolishi yuz beradi. Mazkur holat ularning bir taqvim yilida 192 sutkadan oshmaydigan foydalanish muddatida quduqlarning qazib chiqarish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (2011 yilgi faktlarga asoslangan ma’lumotlar). Bundan tashqari, agar gazni bitta quduqqa haydash ishlari yoz 4 mavsumida quduqlar og‘ziga yuboriladigan 1,5 – 1,7 MPa bosim bilan 207 sutka davomida amalga oshirilishi haqidagi band qabul qilinadigan bo‘lsa, unda haydalgan gaz hajmi quduq og‘ziga yuborilgan 1,0 – 1,2 MPa bosimlarda 192 sutka davomida ushbu quduqdan olinishi mumkin emas. Ko‘rsatilganlarni inobatga olgan va er osti gaz omborlarini loyihalashtirishning metodologik asoslaridan kelib chiqqan holda, haydalgan gaz hajmiga teng bo‘lgan gaz olish hajmiga erishish yoz davrida gaz haydaladigan bitta quduqqa qish davrida kamida uchta foydalaniladiganqazib chiqaruvchi quduq bo‘lishi zaruratini belgilaydi. Bunda quduqlar bir- biridan gaz haydalgan quduq bo‘yicha drenajlashning solishtirma hajmini aniqlash bilan hisoblanadigan masofada bo‘lishi kerak. YUqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar gaz olish davrining boshida quduq joylashgan zonadagi qatlam bosimi qanchalik yuqori bo‘lsa, belgilangan davrda gaz olish jarayonida uni drenajlashning solishtirma hajmi shunchalik katta bo‘lishi haqida xulosa qilish imkonini beradi. SHu bilan birga, quduqqa haydash paytida mavjud gaz oqib ketishi jarayoni quduq joylashgan zonada qatlam bosimini sezilarli darajada oshirish imkonini bermaydi. SHu munosabat bilan gaz omborining er osti qismidagi faoliyatini optimallashtirish masalalari istiqbolda shu sohada maksimal yuqori qatlam bosimiga erishish mezoni bo‘yicha quduqlarni drenajlashning solishtirma hajmi doirasida gaz pufagini yaratishni ta’minlovchi texnologik echimlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ushbu masalani hal etish quyidagi ikkita yo‘nalish bo‘yicha ta’minlanishi mumkin: 1-Yo‘nalish – bitta kon zonasida omborga haydalgan gaz hajmlarining konsentratsiyasi bilan yagona drenajlash sohasi (yagona gaz pufagi)ni hosil qilish orqali mazkur zonada quduqlarning lokal tizimini yaratish. Ushbu echim er osti gaz saqlash omboridan siklik foydalanganda elastik suv tazyiqli rejim namoyon bo‘lganida samarali hisoblanadi. Biroq, agar qatlam suvi haydalgan konturlarda gaz tambasi yo‘qligi natijasida suvning yuqori faolligi namoyon bo‘lmasa (ayniqsa, g‘ovakli maydonning o‘lchab bo‘lmaydigan katta hajmlarida), ushbu echimning 5 samaradorligi energetik yo‘qotishlar hisobidan sezilarli darajada pasayadi, bu global repression tepalikni yaratishda gaz oqishining oldini olib bo‘lmaslik bilan bog‘liq. 2-Yo‘nalish – mavjud quduqlarning solishtirma drenajlash hajmi zonasida ko‘pikli to‘siqlarni qo‘llagan holda gaz bo‘yicha fazali o‘tishni pasaytirish texnologiyasidan foydalanish orqali gazni haydaganda uning oqib ketishini kamaytirish bo‘yicha sharoitlarni yaratish. Ushbu texnologik echim gazni yaratiladigan gaz pufagida ushlab qolgan holda gaz haydaladigan radial-sferik zona doirasida gaz bo‘yicha fazali o‘tishni tartibga solish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Gazli konini takomillashtirishning to‘liq va o‘zaro bog‘langan kompleks tizimini loyihalashtirish zaruratini hisobga olgan holda er ustida jihozlash tizimlarini loyihalashtirishning texnologik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur konsepsiya ichki va tashqi bozor iste’molchilariga gazning tovar sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishonchli ta’minlash, konlarni ishlash jarayonida IX – XIII gorizontlar rezervuarlarida cho‘kib qolgan gaz kondensati va propan-butan fraksiyalarining qoldiq zaxiralarini oxirigacha chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Ko‘p variantli tadqiqotlar asosida “quduqlar – SYAKS – gaz quritish qurilmalari” yagona ishlash tizimining gidrodinamik modelini yaratish orqali “Uchqir” OTQ gazni qayta ishlash tizimlari bilan yagona kompleksda Gazlidagi bosh inshootlarni takomillashtirishning samaraliroq sxemasi asoslab berildi. Xozirgi vaqda yer osti gaz omborining faol xajmi 2,1-2,3 mlrd. m 3 , ishchi quduqlar soni 183tani tashkil etadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling