O’zbekiston xududidagi yer osti gaz omborlari xaqida ma’lumot
-Rasm. Gazli konida gaz zaxiralarining baholash
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
7- ma\'ruza
30-Rasm. Gazli konida gaz zaxiralarining baholash.
11 Tadqiqotlar asosida umuman X – XIII gorizontlar bo′yicha kamida 14,7 mlrd. m 3 hajmda qoldiq ko′chma tabiiy gaz zaxiralari mavjudligi aniqlandi. (30- rasm). Yer osti gaz saqlash ombori sifatida foydalanadigan IX gorizont bo′yicha 1988-2015 yillar oralig′idagi davrda tabiiy gaz haydash va olish siklllarini tadqiq qilish bo′yicha statistika ma′lumotlari bo′yicha 1963 yildan 1987 yilgacha bo′lgan davrdagi kon qazish ko′rsatkichlari bo′yicha moslashtirish bilan tabiiy gazning saqlashning texnologik modeli yaratildi. IX goizont rezervuaridagi drenaj qilinadigan gaz zaxiralarini har bir quduq bo′yicha baholash natijalari, gaz olish sikllarida quduqlarning unumdorligini oshirish maqsadida, haydalayotgan gaz energiyasidan samarali foydalanish bo′yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Ushbu echimlar gazning quduqlar joylashgan zonada ushlab turilishini ta′minlovchi gaz haydashning radial sferik zonasi doirasida gaz bo′yicha fazali o′tishini boshqarishga yo′naltirilgan. IX gorizont qatlam rezervuarining germetikligini va ushbu ob’ektda gaz saqlash hajmlari oshirilganida ehtimoliy xavf-xatarlarni baholash maqsadlarida gazning gorizontlar bo‘ylab ehtimoliy oqishi tadqiq qilindi.Tadqiqot ishlari quduqlardagi ekspluatatsion ustunlar germetik emasligi tufayli gaz haydash va olish jarayonida IX va X gorizontlar orasida gaz oqib o‘tishlari mavjudligini ko‘rsatdi. Gazning IX gorizontdan X gorizontga oqib o‘tishi IX gorizontda gaz saqlash hajmlarining oshishi bilan, gazning X gorizontdan IX gorizontga oqib o‘tishi esa, IX gorizontda gaz saqlash hajmlarining kamayishi bilan belgilanishi aniqlandi. Ehtimoliy oqib o‘tish qiymatlarining miqdoriy hisob-kitoblari er osti gaz saqlash omborini takomillashtirish tizimini loyihalashtirish uchun ta’mirlash- tiklash ishlarini o‘tkazishga yaroqsiz bo‘lgan uzoq vaqt foydalaniladigan fond o‘rniga yangi quduqlarni qazishni tavsiya etishga asos beradi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar, qish mavsumining eng avj nuqtaga etgan sovuq kunlarida qatlam rezervuarining qisilgan zonalaridan gaz chiqarib olish 12 hisobidan sutkalik gaz olishlarni kamida 10-15% ga oshirishni ta’minlovchi optimal texnologik rejimlarni o‘rnatish metodikasini ishlab chiqish imkonini berdi. Ishlab chiqilgan metodika foydalanish-haydash quduqlari fondidan to‘liq foydalangan holda tabiiy gazni er osti rezervuariga (butun gaz haydash sikli davomida) bir tekis haydash rejimini tashkillashtirishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodika quduqlar osti doirasida yuqori bosimli lokal zonalarni yaratish uchun gazni haydash orqali rezervuarning to‘liq gazga boy hajmini maksimal qamrab olish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan, bu bizning tadqiqotlarimizga ko‘ra, umuman er osti gaz saqlash omboridan tabiiy gaz olishning nisbatan yuqori darajasini ta’minlaydi (31-rasm). а – haydalayotgan gazning quduqdan qatlam ichkarisiga oqishi (qatlam izotrop bo′lib, barcha traektoriyalar bo′ylab g′ovaklik bir xil, oqish jarayoni gidrodinamik bosim bilan nazorat qilinadi) б – gaz haydash frontini boshqarganda gazning oqishi (qatlam izotrop bo′lib, barcha traektoriyalar bo′ylab g′ovaklilik bir xil, oqish jarayoni gaz bo′yicha (haydalganda) va suv bo′yicha (gaz olganda) fazali singishning kamayishi bilan nazorat qilinadi) 2 1 – gaz pufagi; 2 – gazga boylik darajasining tashqi konturi; 3 – gazga boylik darajasining ichki konturi; 4 – haydash-foydalanish qudug′i; 5 – gazli suv; 6 – suv. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling