O’zbekiston yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxirlanadi bu yerda Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan
Shixta materiallarini yallig’qaytaruvchi pechlarda eritish
Download 407.5 Kb.
|
KURS RAMKA
2.4. Shixta materiallarini yallig’qaytaruvchi pechlarda eritish.Yallig‘ qaytaruvchi pech shixtasiga boyitma, flyus va aylanuvchi materiallar kiradi. Boyitma tarkibida Cu %, Fe %, S %, SiO2 %, Al2O3 % CaO %. Flyus sifatida oxak, tarkibida oltin bo‘lgan kvarsli ruda va kremniy (II) oksidi ishlatiladi. Aylanuvchi materiallar sifatida konvertor shlaki, turli xil chiqindilar, chang va temir tersaklar ishlatiladi. Shixta tayyorlash lentali konveyerlarda amalga oshiriladi. Maxsus bunkerlardan boyitma flyus va aylanuvchi moddalar tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konveyerlarga yuklanadi. Konveyrlarda xarakatlanish, qayta yuklanish paytida va yallig‘ pech bunkeriga joylanish davrida shixta yaxshi aralashadi. Bu sistema oson va kam xarajat talab qiladi, lekin shixtani bir xil tarkibda ushlab turish qiyin. Yallig‘ qaytaruvchi pech – olovbardosh g‘ishtlardan yasalgan fazali eritish agregatidir. Pech fundamentdan, yon devorlardan, tubi (leshad) dan, svod (tom) dan, gaz chiqarish tuynugi (apteyk) dan, metall karkasdan, shixtani yuklash va eritish maxsulotlarini chiqarish qurilmalaridan, yoqilg‘ini yoqish uchun gorelka (forsunka) lardan tuzilgan. Fundament (pech asosi) tarkibida shlak, beton bo‘lgan g‘ishtlardan tayyorlanadi. Fundament tagi zichlanadi va yer osti suvlaridan xoli bo‘lishi kerak. Eritmalarni tashishni osonlashtirish maqsadida fundament 3-4 m balandlikda quriladi. Pech devorlari xromomagnezitli, magnezitli va magnezitoxromitli g‘ishtlardan pech fundamentini ustidan ko‘tariladi. Pechni pastki qismidagi devorlarini qalinligi 0,75 –1 m eng ustki qismi 0,5 – 0,6 m ni tashkil qiladi. Bu devorlarni ishlash muddati shixtani yuklash usuliga va uni sifatiga bog‘liq. Yuklangan shixta pech devorlarini yuzasida qatlam hosil qiladi, bu olovbardosh g‘ishtlarni tez yemirilishdan saqlaydi. Bundan tashqari pech devorlariga tashqi kessonlar ham o‘rnatish mumkin. Pech tubi kvarsli qumdan yoki maxsus g‘ishtlardan 0,6-1,5 m qalinlikda tayyorlanadi. Pech tubi quyidagicha quriladi: pech fundamentiga dastlab bir necha qator qurilish so‘ngra olovbardosh g‘ishtlar taxlanadi, so‘ngra 100 mm qalinlikda qaynoq kvars qumni 10-15 % olovbardosh loy va 5 % gacha suyuq oyna (stekla) aralashmasi zichlanadi. Zichlangan leshedni umumiy qalinligi 800 mm atrofida bo‘ladi. Leshedni monolit ko‘rinishiga keltirish uchun, u dastlab quritiladi, so‘ngra qism-qism qilib payvandlanadi, so‘ngra 10-15 sutka davomida 1500-15500C xaroratgacha sekinlik bilan qizitiladi va xuddi shunday sekinlikda sovutiladi. Bunday ishlov berilgan pech tubidagi kvarslar kristallanadi, va monolit ko‘rinishiga keladi. Leshedni g‘ovakligini yo‘qotish uchun pechda dastlab tez eruvchi aylanma materiallar eritiladi va astalik bilan sovutiladi. Natijada shlak g‘ovaklarni to‘ldiradi va shteynni ushlash uchun kerakli zichlikka ega bo‘ladi. Pech kerakli mexanik mustaxkamlikga va qattiqlikka ega bo‘lishi uchun olovbardosh g‘ishtlar usti metall karkas bilan qoplanadi. Bundan tashqari pech shveller, payvandlash va qoqiluvchi kolonnalar kerakli pech qismidan beton fundament va tom (svod) bilan po‘lat tyagalar bilan bog‘lanadi. Buning sababi pech qiziganda issiqlik ta’sirida kengayishiga qarshilik qilishdir. Pechni eng kerakli joyi svod (tub) dir. U yoysimon, osiluvchan va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Gorelka (forsunka) lar yoqilg‘ini yoqish uchun ishlatilib, (4-8 dona) pechni oldingi devoridagi darchalarga 3-5 qiyalikda o‘rnatiladi, chetdagi gorelkalar pech markaziga to‘g‘irlanadi. Gorelkalar iloji boricha mustaqil tayanchlarga o‘rnatilishi kerak, chunki pechni issiqlik ta’sirida kengayishi gorelka olovini yo‘nalishini o‘zgartirmasligi kerak. Chiqindi gazlar pechni orqa tomonidan gazoxoddan chiqarilib, kotel utelizatorga issiqlikni ishlatish uchun jo‘natiladi. Pechdan chiqayotgan gazlar xarorati 1200-12500C bo‘lib, o‘zi bilan yoqilg‘ini yonishidan ajraladigan issiqlikni 70 % ini olib chiqib ketadi. Bu issiqlikni pechga qaytarish pechni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Pechga yuklash pech yon tomonlaridagi uzunasi bo‘yicha joylashgan teshikchalarda amalga oshiriladi. Bu teshikchalar 200x200 mm yoki 250x250 mm o‘lchamda bo‘lib bir-biridan 1-1,2 m masofada joylashgan. Shixta teshikchalarga yuklash yuklash voronkasi (patrubka) da taqsimlanadi. Shixtani yuklashni kuzatish va voronkalarni tozalash kuzatish derazalarida amalga oshiriladi. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling