O’zbekiston yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxirlanadi bu yerda Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan


Download 407.5 Kb.
bet4/15
Sana20.06.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1629111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS RAMKA

II. JARAYONNING NAZARIY ASOSLARI


2.1. Mis xom ashyolarini yallig‘qaytaruvchi pechda qayta ishlash
Misni ishlab chiqarish XXI asrni ikkinchi yarmida keng rivojlangan. 1999 yilda dunyoda taxminan 8,5 - 9,0 mln. tonna. Mis ishlab chiqildi. Eng ko‘p ishlab chiqqan davlat - Chili, 2 mln tonnaga yaqin mis ishlab chiqildi. Chilidan tashqari asosiy mis ishlab chiqaradigan davlatlar: AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Olmoniya, Ispaniya, Meksika, Portugaliya, Rossiya, Polsha, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqalardir.
Iste’mol bo‘yicha rangli metallar bo‘yicha mis alyuminiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mis va uni birikmalarini asosiy iste’molchi sohalar:
elektrotexnika va elektronika;
mashinasozlik;
transport vositalari;
kimyo sanoati;
qishloq xo‘jaligi va boshqalardir.
Og‘ir davrlarda misni elektrotexnikada iste’moli, optika rivojlanishi sababli, biroz kamayib bormoqda. Lekin uni har xil quymalar iste’moli tobora oshib borayapti. Toza misni, mis kukunlarni iste’moli ham oshib borayapti.
1999 yilda AQSH, Olmoniya, Yaponiya va Fransiya davlatlari misni dunyoda iste’molini 75 % o‘zlashtirishdi. Rivojlanayotgan davlatlar esa misni yarmini ishlab chiqarib, faqat uni 5 - 7 % iste’mol qilishadi xolos. Rivojlanayotgan davlatlarda bir kishi boshiga 8-12 kg mis iste’mol qilinadi, rivojlanayotgan davlatlarda esa faqat 0,2 - 2,0 kg.
Zaxiralarni qiymati geologiya, iqtisodiyot va transportga bog‘liqdir. AQSH da zaxiralarni yer qatlamini chuqurligidan kelib chiqiladi, qaysidan foydali qazilmalarni olib chiqish samaradorli bo‘ladi.
Mis metallurgiyasi oxirgi davrlarda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanayapti:
Mineral zaxiradan to‘laroq foydalanish;
Atrof muhitni ximoya qilish;
Avtogen jarayonlarini keng qo‘llash;
Shlak bilan misni isrofgarchiligini kamaytirish;
Pirometallurgiyada kisloroddan keng foydalanish;
Uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash va boshqalardir.
Bir vaqtlar dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan misning 80-90 % aynan yallig‘ qaytaruvchi eritish pechlarida qayta ishlanib, bu usul yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, hozirgi kunda bu usulga talab ancha kamaygan yoki deyarli yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham, AQSH, Kanada, Finlandiya, va MDH davlatlarida haligacha ishlab turibdi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechlarining mis ishlab chiqarish sanoatida hali hamon qo‘llanilayotganligining asosiy sabablari – har qanday namlikdagi, yiriklikdagi, tarkibdagi ashyolarni qayta ishlab iqtisodiy samara berish imkoniyatidir. Shuningdek bunday pechlarda suyuq holdagi konvertor shlaklariga qayta ishlov berish imkoni ham mavjud.

1-rasm: Xomashyo kontsentratlarning Ya.Q.E. pechida eritish sxemasi
1- shixta yuklash;2 -yonayotgan yoqilg'ining mash'ali;3- shixta qiyaligi,4-mash'aldan issiqlik oqimining yo'nalishi;5- eritilgan aralashmaning oqadigan sirt qatlami;6-eritmaning kvarts bilan boyitilgan yengil qismi;7- temir oksidi va sulfidida boyitilgan eritmaning og'ir qismi; 8- shteyn faza.
1-rasmda Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechlarining yon tomondan ko‘rinishi sistematik tasvirlangan.
Rasmda ko‘rinadiki, pechning har ikkala yon tomonining tepasidan, aynan qiyalikka, xom ashyo yuklanadi. Shuningdek, yuklash xampa yonida , asosan, texnologik kislorod yoki goh siqilgan havo (yoki aralashma) ham qiyalikni qizitish uchun purkaladi. O‘rtacha 200-240 m2 maydondagi pechlarga har ikala tomondan o‘rtacha 16 tadan 32 tagacha yuklatish xampalari hamda ularga gaz va kislorod purkash uchun yondirgich qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining minorali pechni biroz bo‘lsa-da, texnologiyadan siqib chiqarishining asosiy sabablaridan biri mis rudalarini flotatsiya usuli bilan boyitishning har tomonlama taraqqiyotidir.
Minorali pechlarda, yallig‘ kaytaruvchi pechlardan farqli ravishda, mis boyitmalarini qayta ishlash imkoni yo‘q.
XX asrning 80—90 yillariga kelib yallig‘ qaytaruvchi pechda umumiy mis eritish ko‘rsatkichi dunyo miqyosida 80% dan 50—60%ga tushib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri avtogen jarayonlarining keng ko‘lamda sanoatda ishlatilishidir.
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati boshqa zavodlardan o‘zining ikki xil jarayon bilan ishlayotganligi, ikkita eritish agregatining mavjudligi bilan farq qiladi. Bular yallig‘ qaytaruvchi eritish va kislorodli-mash’alli eritish pechlaridir.

Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling