4. Buyuruvchi belgilar
Raqam belgisi
|
Rasm
|
Ism
|
Tushuntirish
|
4.1.1
|
|
Harakatlanish toʻgʻriga
|
Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).
4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi.
4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
|
4.1.2
|
|
Harakatlanish oʻngga
|
4.1.3
|
|
Harakatlanish chapga
|
4.1.4
|
|
Harakatlanish toʻgʻriga yoki oʻngga
|
4.1.5
|
|
Harakatlanish toʻgʻriga yoki chapga
|
4.1.6
|
|
Harakatlanish oʻngga yoki chapga
|
4.2.1
|
|
Toʻsiqni oʻngdan aylanib oʻtish
|
Faqat koʻrsatkich koʻrsatgan tomondan aylanib oʻtish ruxsat etiladi.
|
4.2.2
|
|
Toʻsiqni chapdan aylanib oʻtish
|
4.2.3
|
|
Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan aylanib oʻtish
|
Har tomonidan aylanib oʻtish ruxsat etiladi.
|
4.3
|
|
Aylanma harakatlanish
|
Koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.
|
4.4
|
|
Yengil avtomobillar harakati
|
Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.
Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
|
4.5
|
|
Velosiped yoʻlkasi
|
Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmasa, velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
|
4.6
|
|
Piyodalar yoʻlkasi
|
Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
|
4.6.1
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlak
|
|
4.6.2
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlakning oxiri
|
|
4.6.3
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak
|
1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizigʻi yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.
|
4.6.4
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oxiri
|
|
4.6.5
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak
|
1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizigʻi yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.
|
4.6.6
|
|
Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oxiri
|
|
4.7
|
|
Eng kam tezlik
|
Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
|
4.8
|
|
Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oxiri
|
|
4.9.1
|
|
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yoʻnalishi
|
"Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yoʻl belgisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — toʻgʻriga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — oʻngga.
|
4.9.2
|
|
4.9.3
|
|